|
AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURIBog'liq FIZIKA NAMUNAVIY O`QUV DASTURAKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
12
Yarimo’tkazgichlarda elektr toki. Ularning elektr o’tkazuvchanligini
temperaturaga va yoritilganlikka bog’liqligi. Yarimo’tkazgichli rezistorlarning VAX.
Yarimo’tkazgichlarda xususiy va aralashmali o’tkazuvchanlik. Elektron-kovakli (n-
p) o’tish. Yarimo’tkazgichli diod va uni elektron lampa-diod bilan taqqoslash.
Tranzistor va uning ishlash prinsipi. Uni triod bilan taqqoslash. Termistor va
fotoqarshiliklar. Nanotexnologiya haqida tushuncha.
Magnit maydon (16 soat)
Toklarning magnit maydoni. Magnit maydonida tokli kontur. Magnit maydon
induksiya vektori, uning yo’nalishi, birligi. Amper kuchi. Tokning magnit momenti.
Magnit maydon uchun superpozitsiya prinsipi. Magnit maydon induksiya
chiziqlari (kuch chiziqlari). Bio-Savar-
Laplas qonuni. Tokli o’tkazgichning magnit
maydonida ko’chirilishida bajarilgan ish. Harakatlanayotgan zaryadli
zarrachalarga magnit maydonining ta’siri (Lorens kuchi). Zaryadlangan
zarrachalarning bir jinsli e
lektr va magnit maydonlaridagi harakati. Elektr o’lchov
asboblari. Tezlatgichlar haqida tushuncha.
Elektromagnit induksiya (12 soat)
Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYuK. Elektromagnit induksiya
qonuni. Lens qoidasi. Magnit maydon oqimi. Magnit maydon oqimi birliklari.
Uyurmaviy elektr maydon. Harakatlanayotgan o’tkazgichlarda induksiya EYuK.
O’zinduksiya. O’zaroinduksiya. Induktivlik. Magnit maydon energiyasi va
energiya zichligi. Elektr va magnit maydonlarning nisbiyligi. Elektromagnit
maydon haqida tushuncha.
Moddalarning magnit xossalari (4 soat)
Amperning molekulyar toklar nazariyasi. Moddalarning magnit xossalariga
ko’ra turlari: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklar. Magnit
singdiruvchanlik. Dia-, para va ferromagnit moddalarning xarakteristiklari.
Paramagnetizm va diamagnetizmni tushuntirishning elementar nazariyasi.
Ferromagnetizmning tabiati va uni tushuntirishning hozirgi zamon nazariyasi
elementlari. Kyuri temperaturasi, magnit gisterezisi.
|
| |