• Auditorning mustaqilligi.
  • Auditorning kasbiy mahorati
  • Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi)




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/183
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #246338
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi)
    . Professional xizmat ko’rsatish 
    davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi 
    lozim. Auditorlar o’z ishiga ziyraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik 
    standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l 
    ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarur. 
    5.
    Auditorning mustaqilligi.
    Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida tuzilgan 
    xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi 
    lozim. Hisobot tuzish bo’yicha topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil 
    bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi 
    mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi shart. 
    Quyidagi holatlar auditorlarning mustaqilligiga rahna solishi mumkin: 
    -
    mijoz tashkilotning ishi sudda bo’lsa; 
    -
    mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa; 
    -
    auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog’liqligi bo’lsa; 
    -
    mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo’yicha bilvosita 
    moliyaviy jihatdan qatnashsa; 
    -
    mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan qarindosh 
    yoki shaxsiy do’stona munosabatda bo’lsa; 
    -
    mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo’lsa. 


    157 
    Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi. 
    6.
    Auditorning kasbiy mahorati
    . Auditor mijozga kerak bo’lgan auditorlik 
    xizmatining etarli professional darajasini ta’minlashi lozim. Auditor ma’suliyatni 
    o’z zimmasiga olishda ma’lum sohada o’zining mahorati borligiga ishonishi lozim. 
    Auditor o’zining kasbiy mahoratiga to’g’ri kelmaydigan professional xizmatdan 
    voz kechishi mumkin. Auditorlik tashkiloti muayyan vazifalarni hal qilishda 
    mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Auditorning professional malakasi 
    qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Auditor buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, 
    fuqarolik huquqi, auditni tashkil qilish, xalqaro va milliy standartlar bo’yicha 
    bilimini oshirib borishi lozim. 
    Kasbiy mahorat ikkita bosqichga bo’linishi mumkin: 
    A) kasbiy layoqatlilik darajasiga erishish. Kasbiy layoqatlilikni o’zlashtirish 
    dastlab umumiy ta’limning yuqori darajada bo’lishini talab etadi, undan keyin 
    maxsus ta’lim, tegishli o’quv fanlari bo’yicha bilimlarga tayyorlash va tekshirish 
    hamda tegishli kasbiy fanlar bo’yicha imtihonlar o’tkazish, shuningdek, ish 
    stajining mavjudligi; 
    B) kasbiy layoqatlilikni tegishli darajada saqlab turish. Kasbiy layoqatlilikni 
    tegishli darajada saqlab turish bilimlarni muntazam yangilab borishni talab etadi. 
    Auditor tekshiruv sifatining nazoratini ta’minlovchi dastur bo’yicha ishlashi lozim. 
    7.

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish