• Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar
  • Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati
  • Professional xizmat uchun haq to’lash




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/183
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #246338
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Professional xizmat uchun haq to’lash
    . Professional xizmat uchun haq 
    miqdori ko’rsatilgan xizmatning murakkabligi, auditorning malakasi, tajribasi, 
    professional nufuzi va malakaviy darajasiga bog’liqdir. Xizmat haqi erishilgan 
    aniq bir natija, yutuqqa bog’liq bo’lmasligi lozim. Auditor mamlakatda o’rnatilgan 
    hisob-kitoblar me’yoridan ortiq ravishda ko’rsatilgan xizmat uchun naqd pul 
    ko’rinishida haq olishi mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish uchun oladigan 
    haqning tartibi va shartlari to’g’risida yozma ravishda oldindan mijozni xabardor 
    qilib qo’yishi lozim. 
    10.
    Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar
    . Auditorlar bir-birlariga nisbatan 
    samimiy bo’lishi lozim. Hamkablari ustidan kasbiy mahorat bo’yicha tanqid qilishi 
    mumkin emas. 


    159 
    Agar auditorlarning mijozi o’zaro almashsa, 1-auditor 2-auditorga yozma 
    ravishda uning axborotini berishi lozim. Agar bir auditor 2-auditorga mijoz haqida 
    axborot bermasa, u holda 2-auditor ijobiy javob olishga haqqi bor. Auditorlar 
    boshqa auditorni yordamga chaqirsa, ular o’rtasidagi munosabat ish yuzasidan 
    bo’lishi lozim. 
    11.
    Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati
    . Auditorlik 
    tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish 
    bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni 
    qo’llab-quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha 
    usullarni amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish 
    bo’yicha doimo qayg’urishi lozim. 
    Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning 
    o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga zid holat 
    hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga 
    tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim. 
    12.

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish