292
Masalan, boshqa auditor qo’yilgan talablarga muvofiq bajara olmaydigan boshqa
auditorning har qanday ish jabhalariga asosiy auditorning diqqatini jalb qilishi
lozim. Huddi shunga o’xshash, huquqiy va kasbiy mulohazalarga muvofiq, boshqa
auditor asosiy auditorning e’tibori uchun etib borgan va boshqa auditorning ishiga
muhim ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday jabhalar bo’yicha maslahatga
muhtoj bo’ladi.
Asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan
xulosaga kelganda va asosiy auditor boshqa auditor tomonidan sub’ektning
tarkibiy qismi audit qilinganligi yuzasidan etarli bo’lgan qo’shimcha muolajalarni
bajara olmagan taqdirda, audit qo’lami cheklanganligi sababli, asosiy auditor o’z
fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki fikr bildirishni rad etishi lozim.
Agar boshqa auditor modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti taqdim
etsa yoki taqdim etishni mo’ljallasa, asosiy auditor hisobot beradigan sub’ektning
moliyaviy hisoboti yuzasidan bunday tavsif va ahamiyatga ega bo’lgan
modifikatsiya jabhasi ishonchliligi shunchalikki, asosiy auditorning hisoboti
modifikatsiyalashtirishni talab qilishgacha olib kelishini ko’rib chiqishi lozim.
Ayrim mamlakatlarning me’yoriy hujjatlari asosiy auditorga umuman
moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosani boshqa auditorning sub’ektning bir
yoki ko’proq tarkibiy qismlari auditi bo’yicha hisobotiga asosan shakllantirishga
imkoniyat beradi. Asosiy auditor bunday qilgan taqdirda, asosiy auditorning
hisobotida ushbu holat aniq belgilanishi va boshqa auditor moliyaviy hisobotning
bir qismi yuzasidan amalga oshirgan auditining muhimligi aks etilishi lozim.