• Auditorlik tavakkalchiligi kamayishi holatlari
  • Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari 
    Kompyuter muhiti markazlashtirilmagan 
    Kompyuter uskunalarining geografik tarqoqligi mavjud 
    Buxgalteriya xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bitim darajalari etarli emas 
    KIM muhitining amal qilishida ichki nazorat mavjud emas 
    KIM tizimiga ruxsat etilmagan kirishni cheklash bo’yicha zaruriy choralar mavjud emas 


    275 
    Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda pasayadi: 
    Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarishning ichki vositalari ichki 
    nazorat maqsadlariga erishishga yordam beradi. U qo’l ishlarini, shuningdek 
    mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Qo’l va 
    kompyuter vositalari ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitiga ta’sir etuvchi 
    boshqaruvning umumiy vositalari va amaliy dasturlarni boshqarishning maxsus 
    vositalarini, jumladan buxgalteriya hisobi dasturlarini boshqarishdan iborat 
    bo’ladi. 
    Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish umumiy vosi-talarining 
    maqsadi ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini nazorat qilish chegaralarini 
    aniqlash va ichki nazoratga erishilganda ishonchning qulay darajasini 
    ta’minlashdan iborat. 
    Auditorlik tavakkalchiligi kamayishi holatlari  
    Avtomatlashtirish tizimlari litsenziyalangan 
    Auditorlar uchun maxsus ishlangan dasturiy ta’minot tufayli nazoratning ayrim turlarini chuqurlashtirish 
    imkoniyati mavjud 
    Dasturiy ta’minotning maxsus nazorati mavjud 
    Barcha bo’linmalar, filiallar va boshqa alohida bo’linmalar, shu’ba korxonalar KIMning yagona muhitida ishlaydi, 
    yagona zamonaviy dasturiy ta’minoti qo’llaydi 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axborot siyosati KIM tizimining asosiy foydalanuvchilari bilan kelishilgan 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektning KIM tizimi rivojining uzoq muddatli rejasi mavjud 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektning axboriy siyosati uning rahbariyati tomonidan omilkorlik bilan belgilanadi 


    276 
    Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    – boshqaruv xizmatiga oid kafolatlar va tadbirlar; 
    – amaliy dasturlar tizimini ishlab chiqish va uni to’g’ri holatda bo’lishini 
    ta’minlash; 
    – yangi yoki qayta qurilgan tizimlarni testdan o’tkazish, o’zgartirish, sotish va 
    hujjatlashtirish; 
    – ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimi tomonidan faqat shu maqsadlar 
    uchun mo’ljallangan harakatlarni bajarishning kafolati, shuningdek ulardagi 
    xatolarni aniqlash va tuzatish; 
    – operatsiyalarga faqat vakolatli xodimlarning kirishini ta’minlash. 
    Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish ichki vositalarining 
    maqsadi faqat vakolat berilgan qismlar bo’yicha amaliy dasturlarni boshqarishning 
    o’ziga xos xususiyatli tadbirlarni va keyingisini ro’yxatga olish, shuningdek 
    ularning o’z vaqtidaligini va to’liqligini o’rnatishdan iboratdir. 
    Ma’lumotlarga kompyuterda ishlov berishni boshqarishning ichki vositalari 
    quyidagilardan iborat: 
    1. Ishga solishni nazorat qilish: 
    – operatsiyalarni kompyuter bajarishidan oldin tekshirilgani; 
    – operatsiyalar mashina o’qish shakliga o’tkazilgani va kompyuter fayllari 
    ma’lumotlariga yozilgani; 
    – yo’qotilmagan, qo’shilmagan, nusxa ko’chirilmagan va o’zgartirilmagan 
    operatsiyalarni; 
    – noto’g’ri operatsiyalar bartaraf etilganini qayta tasdiqlanish vaqtida 
    tuzatilgani. 
    2. Ma’lumotlarning kompyuter fayllari va kompyuterning ishlashini nazorat 
    qilish: 
    – operatsiyalar kompyuter tomonidan to’g’ri bajarilayotgani; 
    – operatsiyalarning yo’qotilmagani, qo’shilmaganligi, nusxa ko’chi-rilmagani 
    va o’zgartirilmagani; 
    – xatolar o’z vaqtida tuzatilgani va bartaraf etilgani. 


    277 
    3. Axborotni kiritishni nazorat qilish: 
    – bajarilish natijalarining aniqligini; 
    – axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligi; 
    – axborotni uni olishda ruxsati bilan tegishli shaxsga o’z vaqtida berilgani. 
    Kompyuterni asosiy suiste’mol qilish quyidagi shartlar bo’lgandagina bo’lishi 
    mumkin: 
    – kompyuterga yoki terminalga bevosita kirilganda; 
    – ma’lumotlar fayllariga kirilganida; 
    – vositalarni shaxsiy manfaatlar maqsadida ishlatish imkoniyatining 
    borligida; 
    – tizimli axborotining tushunarliligida; 
    – kompyuter dasturlariga kirilganida. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Auditorlik tavakkalchiligi ortishi holatlari

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish