• Lokal tarmoq turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • 2-tajriba ishi. Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish. Kabelni tayyorlash va kommutator yordamida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish. Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari




    Download 90.72 Kb.
    bet1/5
    Sana24.04.2023
    Hajmi90.72 Kb.
    #53358
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-тажриба
    Reja Graflar haqida tushuncha, XTO\'MMSH majmua 3-kurs, Amaliyot kundalik, 25, Taraqqiyot strategiyasi testlar

    2-tajriba ishi.


    Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish. Kabelni tayyorlash va kommutator yordamida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish.


    Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari.

    Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishdir.


    Kompyuterlarning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Masalan kollejda kompyuter xonalari lokal tarmog‘i orqali ulangan. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa-20 km. Ko‘p hollarda o‘zining lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko‘rsatayotgan lokal kompyuter tarmog‘i boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto xududiy va global tarmoqlar bilan bog‘langandir. Xar qanday xisoblash tarmog‘ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.

    Lokal tarmoq turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

    Lokal tarmog‘ini uchta sxema orqali ulashimiz mumkin. Shinali ulanish-chiziqli ma’lumotlarni ishlatish kanalini ishlatadi, unga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bo‘yicha ikkita tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya(olib ko‘rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha qabul qiladi.


    Shinali ulanish eng oddiy tarmoqlardan biridir. Bunday tarmoqni yengil kuchaytiriladi va konfiguratsiyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bo‘lgan nozozliklariga nisbatan turg‘indir. Shinali tarmoq keng ma’lum bo‘lgan Ethernet tarmog‘i va uning bazasida tashkil etilgan, ofislarda ishlatiladi. 
    Halqali tarmog‘ida (aylanma ulanish) hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopiq halqaga ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi bilan ulanadi. Halqa bo‘yicha ma’lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan axborotni retranslyatsiya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda ma’lumotlarning o‘tishini boshqarish imkonini beradigan o‘zining interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa bo‘yicha qiymatlarni uzatish, ko‘pincha, faqat bir yo‘nalishda bajariladi. Qabul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.
    O‘zining moslashuvchanligi va ishonchliligi bilan amaliyotda keng tarqalgandir. 
    Yulduzsimon tarmog‘i tarmoqning asosini server tashkil qiladi, unga ishchi stansiyalarning har biri o‘zining aloqa liniyasi bo‘yicha ulanadi. Barcha ma’lumot markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini retranslyatsiya qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.
    Bunday tarmoq o‘zining tuzilishi bo‘yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga o‘xshash bo‘ladi, unda hamma abonent punktlari intelektual bo‘ladi.


    Download 90.72 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 90.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-tajriba ishi. Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish. Kabelni tayyorlash va kommutator yordamida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish. Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari

    Download 90.72 Kb.