|
Strategik ko‘rishni shakllantirish. Kompaniya maqsadlarini o‘rnatish. Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar
|
bet | 1/7 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 85,23 Kb. | | #158425 |
Bog'liq Компания стратегиясини яратишнинг 3 вазифаси
Компания стратегиясини яратишнинг 3 вазифаси
Reja:
Strategik ko‘rishni shakllantirish.
Kompaniya maqsadlarini o‘rnatish.
Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar.
Strategiyani ishlab chiqish.
Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar.
Falaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon.
1. Strategik ko‘rishni shakllantirish.
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo‘lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko‘rish deyiladi. Strategik ko‘rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o‘zining vazifasini noto‘gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir‑biridan farqlash imkonini yo‘qotadi. Vaxolanki, xar bir kompaniya o‘zining qiyofasiga - imidjiga ega bo‘lishi kerak.
Yaxshi o‘ylab ko‘rilgan strategik ko‘rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jixatdan iborat:
kompaniya biznesning qaysi soxasida ishlayotganligini tushunish;
kompaniyaning strategik ko‘rishi va missiyasini aniq, lo‘nda va ilxom bilan tushuntirib berish;
kompaniya strategik ko‘rishi va missiyasini o‘zgartirish xaqida o‘z vaqtida qaror qabul qilish;
Faoliyat doirasini to‘g‘ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim:
axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak
xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz
texnik va funksional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz
Shunday qilib, birinchi masalani to‘g‘ri xal kilish uchun «nimaga bo‘lgan extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob topish lozim.
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo‘ladi:
umumiy
detallashtirilgan
Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo‘natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida plyaj tashkil etish va xokazo.
|
| |