|
Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar
|
bet | 3/7 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 85,23 Kb. | | #158425 |
Bog'liq Компания стратегиясини яратишнинг 3 вазифаси3. Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar.
Maqsadlarni qo‘yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning xar bir bo‘linmasini kerakli tomonga yo‘naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o‘sishini, bozorning o‘lchamlarini, sifatli maxsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro‘sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni, qiymat bo‘yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Mashxur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz:
Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi bo‘lish
Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lish.
General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo‘lish, kompaniya biznesining har bir soxasida bozordagi ulush bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi o‘rinni egallash.
Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o‘rtacha ishlab chiqaruvchi bo‘lish va oltin ishlab chiqarish xajmini yiliga 125000 unsiyaga yetkazib, 1500000 unsiyaga teng oltin zaxirasiga ega bo‘lish.
Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni globallashtrishni davom ettirish
Bu yerda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo‘ladi: birinchidan, ular uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko‘rsatadi, ikkinchidan bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni uzoq muddatli istiqbolni xisobga olgan xolda bugungi qarorlarni qabul qilishga undaydi.
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini ko‘rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan yo‘ldan borish uchun kerak bo‘lgan tezlikni xam, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning talab qilingan darajasini xam (qachon va qanchalik ko‘p ish qilish kerakligini) ko‘rsatadilar.
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq‑oydin bo‘lishi lozim. Ba’zi kompaniyalarning menejerlari xar bir xal qiluvchi natija uchun maqsadlar belgilaydilar va so‘ngra erishish lozim bo‘lgan maqsadlar sari qat’iy xarakat qiladilar. Odatda ular menejerlari umidga, iltimosga va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g‘oliblikka yaxshiroq nomzod bo‘ladilar. Bu yerda «daromadni maksimallashtirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo xajmini oshirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi (bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi).
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini xisobga olish.
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o‘z investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo‘lga kiritadilar. Kompaniyaning aksionerlari uning qonuniy mulk egalari xisoblanadilar. Binobarin, ko‘pchilik korporatsiyalarning maqsadi aksionerlarning daromadlarini imkon qadar ko‘paytirishdan iboratdir. Paychilar o‘z kapitallaridan ikki xil yo‘l bilan foyda oladilar:
- dividendlardan;
- bozorning ko‘lami kengayganda (aksiyalarning bozor narxi ortganda) kapitalning qiymati ortishidan
Kompaniya uchun aksionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yo‘li investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir, bu esa kompaniya samaradorligini ko‘rsatuvchi juda yaxshi indikatordir, ya’ni uning samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, dividend to‘lash qobiliyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aksiyalariga bo‘lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.
|
| |