|
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar
|
bet | 6/7 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 85,23 Kb. | | #158425 |
Bog'liq Компания стратегиясини яратишнинг 3 вазифасиStrategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar
Strategiya tuzishga yondoshuvlar quyidagicha bo‘ladi:
Bosh strategik yondoshuv ‑ bunda strategiyani boshliqning o‘zi ishlab chiqadi. Bunday xolda boshkaruvchi axvolni baxolashga, mukobil strategiyalarga va strategiya detallariga kuchli ta’sir kiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chikadi.
2)Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday xolda mas’ul boshkaruvchi strategiyani ishlab chikishni boshkalarga,asosan,strategik rejalashtirish buyicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardan tuzilgan maxsus komissiyaga topshiradi.
3)Qo‘shma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv urtasidagi oralik variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab chikish kimlarga topshirilgan bulsa, uni ushalarning uzlari bajarishlari kerak buladi.
4)Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshkaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chikish uchun strategiya detallarini ishlab chikishdan xam, «goyalar generatorlari» guruxini boshkarishdan xam manfaatdor emas. Bilaks, boshkaruvchi okilona strategiyani ishlab chikish, ximoya kilish va xayotga tadbik etish uchun menejerlarni uzlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chikish uchun boshkaruvchilar foydalanishlari mumkin bulgan turt asosiy yondoshuvning birortasi xam eng yaxshi yondoshuv sifatida yuzaga chikmaydi. Ularning xar birini kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.
Kompaniya va boshkaruvchilar strategiyani ishlab chikish buyicha variantlarni turlicha bajaradilar.Kompaniya egasi tomonidan boshkariladigan kichik kompaniyalarda strategiyani ishlab chikish norasmiy kechadi. Yirik firmalar strategiyani xar yili rejalashtirish ishlab chikishga moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy jarayonida boshkaruvchilar shaxsan katnashadilar.
Strategiya ma’naviy jixatdan sog‘lom bo‘lishi kerak. Kompaniyaning xar bir xarakati axloq‑odob, ma’naviyat doirasida bo‘lishi lozim. Kompaniya mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir. Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga quriladi. Kompaniya bilan yetkazib beruvchi xam sherik xam o‘zaro raqibdir. Shuning uchun ular o‘rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
Jamiyat nazarida xar bir kompaniya «yaxshi fuqaro» tushunchasiga mos bo‘lishi, o‘z vazifalarini xalollik bilan bajarishi, ya’ni soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi lozim.
|
| |