|
Strategik ko‘rishni shakllantirish. Kompaniya maqsadlarini o‘rnatish. Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar
|
bet | 4/7 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 85,23 Kb. | | #158425 |
Bog'liq Компания стратегиясини яратишнинг 3 вазифаси4. Strategiyani ishlab chiqish.
Tashkilot strategiyasi ‑ bu kompaniyaning turgan joyidan erishmoqchi bo‘lgan joyiga qanday qilib o‘tkazish mumkin, degan masalani yechish xaqidagi yo‘riqnomadir. Odatda strategiya 4 ta darajada ishlab chiqiladi:
korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy strategiya);
ishbop strategiya (kompaniyaning xar bir yo‘nalishi uchun strategiya);
funksional strategiya (kompaniyaning xar bir funksional tuzilmasi uchun strategiya);
amaliy strategiya (asosiy tuzilmalar: zavodlar, savdo shaxobchalari va bo‘limlar uchun );
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog‘onalari.
Strategiya faqat oliy raxbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi mumkin emas. Uni ishlab chiqishning quyidagi to‘rtta pog‘onasini ajratib olish maqsadga muvofiqdir:
korporatsiya miqyosi,
bo‘linmalar miqyosi
funksional miqyosi
quyi pog‘ona menejerlari (dala komandirlari).
Firmada strategiya ishlab chiqishning ierarxiyasi 2.1‑jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval. Firma strategiyasini ishlab chiqishning asosiy pog‘onalari
Pog‘ona
|
Ishlab chiqishga (qaror qabul qilishga) javobgarlar
|
Ishlanmaning mazmuni
|
Korporativ strategiya
|
Ijrochi direktor, asosiy vitse-direktorlar (qarorlar direktorlar kengashi tomonidan qabul qilinadi / qayta ko‘rib chiqiladi)
|
Xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘ini portfelini tashkil qilish va boshqarish. Xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘ini sinergizmini raqobatli ustunlik sifatida ta’minlash. Investitsion imtiyozlarni aniqlash va eng manfaatli tarmoqlarda resurslarni boshqarish. Xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘ini raxbarlarining asosiy strategik yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish / tekshirish / umumiylashtirish
|
Xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘ini strategiyasi
|
Bosh menejer /Xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘ini boshliq (qarorlar firma raxbariyati tomonidan qabul qilinadi / qayta ko‘rib chiqiladi)
|
Muvaffaqiyatli raqobatlashishga hamda raqobatda ustunlikka erishishga qaratilgan xarakatlar va yondashuvlarni belgilab olish.
Tashqi shartlarning o‘zgarishiga javob reaksiyalarini shakllantirish. Asosiy funksional xizmatlarning strategik tashabbuslarini umumlashtirish. O‘ziga xos muammolarni hal qilish
|
Funksional strategiya
|
Funksional menejerlar (qarorlar odatda SZX raxbariyati tomonidan qabul qilinadi / qayta ko‘rib chiqiladi)
|
Biznes strategiyasini qo‘llab-quvvatlashning funksional yondashuvlarini tashkil qilish
va ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar bilan ishlash soxalarida funksional maqsad va strategiyalarga erishish.Quyi bosqichdagi menejerlarning asosiy yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish / tekshirish / unifikatsiyalash
|
Tezkor strategiya
|
Dala bo‘linmalarining raxbarlari / quyi daraja menejerlari, shu jumladan funksional menejerlar (qarorlar funksional bo‘limlarning boshliqlari tomonidan qabul qilinadi, qayta ko‘rib chiqiladi)
|
Dala bo‘linmalari va funksional bo‘limlarning maqsadlariga erishish uchun
funksional va xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘ini strategiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tor soxadagi va maxsus yondashuvlar va chora‑tadbirlarni ishlab chiqish
|
|
| |