|
Strategik ko‘rishni shakllantirish. Kompaniya maqsadlarini o‘rnatish. Uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar
|
bet | 2/7 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 85,23 Kb. | | #158425 |
Bog'liq Компания стратегиясини яратишнинг 3 вазифаси2. Kompaniya maqsadlarini o‘rnatish.
Maqsadni aniqlash strategik ko‘rish va kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu firma boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
Firmaning uzoq muddatli rejalari aniq o‘lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari chiroyli so‘zlar bo‘lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal kiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o‘z aksionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko‘rsatuvchi birinchi xhal qiluvchi ko‘rsatkichdir. Maqsadga yo‘nalganlik firmaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristikalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo‘nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo‘nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
firmaning biznesini aniqlash
uning asosiy maqsadlarini belgilash
korporativ falsafani aniqlash.
Kompaniyaning maqsadga yo‘nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruxlar ta’sir ko‘rsatadi (4-rasm.)
4-rasm. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishda xarakatlanuvchi guruxlar.
Ички гурухлар:
Менежерлар.
Директорлар кенгаши.
Акционерлар.
Ёлланма ишчилар.
Маљсадни белгилаш.
Бизнесни аниљлаш.
Бош тизимлар.
Бизнес фалсафаси
Ташқи гурухлар:
Истеъмолчилар.
Етказувчилар. Хукумат.
Касаба уюшмалари.
Рақобатчилар.
Жамият.
Вазифа ва мавқеидан келиб чиқиб стратегияни ифодалаш
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
- Bizning biznesimiz nimadan iborat?
- U qanday bo‘ladi?
- U qanday bo‘lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug‘ullanuvi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni taqozo etadi:
- kimning ehtiyoji qondiriladi (iste’molchilarning qanday guruxlari)?
- qanday extiyojlar qondiriladi (iste’molchilarning qaysi extiyojlari)?
- iste’molchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi ustunliklar)?
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savol ikki tabaqada ko‘rib chiqilishi kerak:
- xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari uchun iste’molchiga yo‘naltirilgan (birgina biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun ham);
- korporatsiya miqyosidagi xo‘jalikning o‘rta bug‘inlari portfeliga yo‘naltirilgan.
Bu esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo‘jalikning o‘rta bug‘inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo‘jalikning o‘rta bug‘inlari o‘rtasidagi balans.
|
| |