• Iqtisodiy ahbrotning tuzilishi va turkumlanishi
  • Iqtisodiy ahborot tashuvchilar
  • Ahborotlarni qayta ishlash jarayoni
  • Ahborotlar tizimi. Ularning turlari va tarkibi
  • 1.2-jadval Boshqarish funksiyalari va darajalarining o’zaro aloqasi
  • Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси




    Download 107 Kb.
    bet1/14
    Sana24.03.2017
    Hajmi107 Kb.
    #1982
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

    AHBOROT RESURSLARI - AHBOROT TEHNOLOGIAYASINING ASOSI SIFATIDA

    Ahborot haqida tushuncha, uning turlari, hususiyatlari

    «Ahborot» so’zi lotincha «informasion» so’zidan olingan bo’lib, kutilayotgan yoki bo’lib o’tgan voqea, hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bildiradi.

    Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.

    Kundalik turmushda har bir mutahassis turli hil ahborotlar bilan ish yuritadi. Ahborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlagan. Masalan: Falsafada ahborot inson ongiga ta’sir etib, ob’ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi.

    Kibernetikada, informatika fanida ahborot voqea - hodisa to’g’risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo’llaniladi.

    Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa ahborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob’ekt sifatida foydalaniladi. Ahborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan o’zviy bog’langan, lekin har qanday ma’lumot ahborot bulavermaydi.

    Masalan: olma desaq bir necha hil ma’noni tushunish mumkin: kizil olma deganda, mevaning ma’lum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma’lumotlar ahborotga aylanishi uchun voqea - hodisa to’g’risidagi butun hususiyatlarni ifodalashi lozim.

    Hozirgi kunda barcha ahborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

    1. Tehnik ahborot

    2. Agrobiologik ahborot

    3. Siyosiy ahborot

    4.

    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.

    Huquqiy ahborot

    5. Iqtisodiy ahborot va boshqalar

    Ahborotning turlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldirib boradi. Bu ahborotlar ichida iqtisodiy ahborot asosiy hisoblanib, ular hajmining 80% ni tashkil qiladi.

    Barcha ahborotlar quyidagi hususiyatlarga ega:

    1. uzluksiz hosil bo’lish.

    2. harf raqamlarda ifodalanish.

    3. Diskret harakterdaligi.


    1. Yig’ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.

    2. Iqtisodiy ahborotning ta’rifi va o’lchov birliklari.

    Ta’rif. Ahborot nima?

    Iqtisodiy ahborot deb, halq; ho’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy va moliyaviy faoliyatlarini ifodalovchi ma’lumotlar to’plamiga aytiladi.

    Iqtisodiy ahborotni o’lchashda turli hil birliklardan foydalanish mumkin.

    Masalan: Ahborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, Kilobayt, Megabayt o’lchov birliklaridan foydalaniladi.

    1 bayt = 8 bit

    1 Kbayt = 1024 bayt

    Qayd qilish jarayoniga ko’ra ahborotning o’lchov birligi sifatida belgi, so’z, jumla, abzas va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.

    Ahborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 simvolga teng.


    Iqtisodiy ahbrotning tuzilishi va turkumlanishi

    Iqtisodiy ahborot tuzilish nuqtai nazaridan ikkiga bulinadi:

    1. fizik tuzilish

    2. mantiqiy tuzilish

    Fizik tuzilish iqtisodiy ahborotni turli hil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi.

    Mantiqiy tuzilish esa ahborot bo’laklari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini ifodalaydi.

    Fizik tuzilishni o’rganish uchun informatika sohasiga tegishli bo’lgan mahsus fanlarni o’rganish talab qilinadi. SHuning uchun ham biz mantiqiy tuzilishni o’rganish bilan chegaralanamiz.

    Mantiqiy tuzilishga ko’ra ahborot quyidagi bo’laklardan tashkil topadi:

    1. Ahborot tizimi.

    2. Ahborot oqimi.

    3. Ahborot massivi.

    4. Ko’rsatkich.

    5. Rekvizit.

    Iqtisodiy ahborotning eng kichik bo’lagi rekvizit hisoblanib, u ikki qismga bulinadi:

    1. Rekvizit belgi.

    2. Rekvizit asos.

    Rekvizit belgi ahborotning sifat tomonini harakterlaydi, so’zlar yordamida ifodalanadi va mantiqiy amallarni bajaradi. Masalan: tovarning nomi, operasiya turi.

    Rekvizit asos ahborotning miqdor tomonlarini harakterlaydi, raqamlar yordamida ifodalanadi va arifmetik amallarni bajaradi. Masalan: 10, 250, 1000.

    Rekvizitlar birgalikda ahborotning yuqori bo’lagi - ko’rsatkichni tashkil quladi. Masalaga tegishli bo’lgan bir hil ko’rsatkichlar ahborot massivlarini tashkil qiladi.

    Ahborot massivlari ahborot oqimini, oqimlar esa ahborot tizimi sistemasini tashkil qiladi.

    Hozirgi kunga qadar iqtisodiy ahborot turkumlanishining yagona tizimi yaratilgan emas. Umumiy holda iqtisodiy ahborot quyidagi belgilarga ko’ra guruhlarga ajratiladi.

    1. Boshqarish funksiyalariga ko’ra:

    a) rejalashtirish,

    b) hisobot olish,

    v) nazorat qilish,

    g) iqtisodiy tahlil. kabi ahborot guruhlariga bulinadi.



    1. Faoliyat ko’rsatish sohasiga ko’ra:

    a) kishlok ho’jaligi ;

    b) sanoat;

    v) savdo;

    g) transport;

    d) aloqa. va boshqa ahborot guruhlariga bulinadi.

    3. Turgunlik darajasiga ko’ra:

    a) doimiy,

    b) shartli doimiy,

    v) o’zgaruvchan. ahborotlarga bulinadi. Iqtisodiy ahborotning turgunlik darajasi quyidagicha aniqlanadi.

    Agar turgunlik darajasi bo’lsa, ahborot doimiy hisoblanadi. 0.35 ^ To < 0.85 shartli doimiy bo’ladi. To < 0.35 bo’lsa ahborot o’zgaruvchan bo’ladi.

    4. Ob’ektga taalluqligiga ko’ra:

    a) ichki, tashqi ahborot;

    b) kiruvchi, chiquvchi ahborotlarga bulinadi.

    5. To’liqlik darajasiga ko’ra:

    a) etarli;

    b) tuliq bo’lmagan;

    v) ortikcha ahborotlarga bulinadi.

    6. Ifodalanish usuliga ko’ra:

    a) harf raqamli;

    b) jadvalli;

    v) chizmali;

    g) signalli ahborotga bulinadi.



    Iqtisodiy ahborot tashuvchilar

    Boshqarish funksiyalarini ifodalovchi iqtisodiy ahborotlar ogzaki va yozma ko’rinishda berilishi mumkin.

    Og’zaki ko’rinishdagi iqtisodiy ahborot ob’ektini boshqarishning operativ bosqichida harakat qiladi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Bunday ahborotlar - telefon, diktofon, kabi vositalar yordamida uzatilishi mumkin. Ogzaki usulda berilgan iqtisodiy ahborot harakat nuqtai nazaridan chegaralangan va yuridik huquqga ega emas. SHu sababli ham har qanday ho’jalik operasiyasini ifodalovchi iqtisodiy ahborot bironta tashuvchida qayd qilinishi lozim.

    Iqtisodiy ahborotni o’zida mujassamlashtirgan moddiy asosga ahborot tashuvchi deyiladi. Hozirgi kunda ahborot tashuvchilar quyidagi belgilarga ko’ra turkumlanadi.

    1. Foydalanayotgan moddiy asosga ko’ra qog’ozli va magnitli tashuvchilarga ko’ra bulinadi.

    Qog’ozli tashuvchilarga birlamchi hujjatlar, perfokarta, perfolentalar misol bo’ladi.

    Magnitli tashuvchilarga esa, magnitli disq magnitli baraban, magnitli lenta, magnitli kartalar misol bo’ladi.

    2. Ma’lumotlar o’qilish hususiyatiga ko’ra: inson - mashin, va mashina o’kiydigan tashuvchilarga bo’linadi.

    Ahborotlarni qayta ishlash jarayoni

    Iqtisodiy ahborotlarni qayta ishlash natijasida tegishli boshqarish qarorlari ishlab chiqiladi. Ahborotlarni qayta ishlash jarayonlari bir qancha amallarni o’z ichiga oladi va ular quyidagi bosqichlarga biriktiriladi.

    1. Asosiy bosqichlar

    2. ©rdamchi bosqichlar

    3. Nazorat bosqichlari

    Asosiy bosqichlar bevosita ahborotlarni qayta ishlash bilan shugullanuvchi amallarni o’z ichiga oladi. Bu bosqich yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo’lib, quyidagi amallardan tashkil topadi.

    1. Ahborotlarni uzatish.

    2. Ahborotlarni qabul qilish.

    3. EHMga kiritish.

    4. EHMda bevosita ishlash.

    5. Natija olish.

    6. Foydalanuvchiga etkazish.

    Erdamchi bosqich amallari ahborotlarni qayta ishlash jarayonining sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Bu bosqich quyidagi amallarni o’z ichiga oladi:

    1. Ahborotlarni o’lchash.

    2. Qayd qilish.

    3. Mashina tashuvchilarga o’tqazish.

    4. Birlamchi hujjatlarni qabul qilish.

    5. Ahborotlarni saqlash.

    Nazorat bosqichi quyidagi amallarni o’z ichiga oladi:

    1. Qabul qilingan ahborotlarni tekshirish.

    2. Amallarni bajarilishini nazorat qilish.

    3. Hatolarini to’g’rilash.

    Ahborotlarni saqlash ahborot massivlari ko’rinishida mashina tashuvchilari orqali amalga oshiriladi.

    Berilgan ma’lumotlarni izlash, saqlanayotgan ahborotlardan kerakli ma’lumotni tanlashdir. Ahborotni izlash jarayoni kerakli ahborotga tuzilgan so’rov (savol) asosida amalga oshiriladi.

    Iqtisodiy ahborotlarni qayta ishlash, chop etish va ahborotdan foydalanish. EHMda iqtisodiy ahborotlarni qayta ishlash markazlashgan holatda olib boriladi, mini va makro EHMlarda esa, boshlang’ich ahborot hosil bo’lgan joyning o’zida (ya’ni u yoki bu boshqaruv hizmati mutahassislarning avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ)ning o’zida amalga oshiriladi

    Ahborotlar tizimi. Ularning turlari va tarkibi

    Ahborotlar tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida ja­miyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan ahborotni talab etgan. Bu, ayniksa ishlab chiqarish jarayonlari — modsiy va nomodsiy ne’matlarini ishlab chiqarish bi-lan bog’liq jarayonlarga tegishlidir.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    ×unki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jara-yonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o’z navbatida, u ahbo-rot tizimlarini takomilashtirish va rivojlantirishni ragbat-lantiradi.



    Iqtisodiy ahborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob’ektni boshqarish tizimidagi tutgan urnini aniqlab olish lozim. Bu ob’ekt moddiy va no-moddiy ishlab chiqarish bilan bog’liqdir.

    Boshqarishga ehtiyoj umumiy maqsadlarga erishish uchun birlashgan jamoaning ayrim a’zolari hatti-harakatini muvofiqlashtirish zaruriyati tug’ilgandagina yuzaga keladi. Bunday maqsadlar quyidagicha bo’lishi mumkin: raqobat ko’rashida boshqaruv ob’ektining yahshi ishlashi yoki omon qolishi, eng ko’p foyda olish, halqaro bozorga chiqish va hokazolarni ta’-minlashdir. Maqsadlar avvaliga umumlashgan hususiyatga ega bo’ladi, sungra tuzatishlar jarayonida ular maqsadli funksi-yalar ko’rinishida boshqaruv apparata tomonidan formallashadi.

    Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langach, to’g’ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yo’naltiriladigan direktiv ahborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa teskari yo’qalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot ahboroti oqimida o’z aksini topadi.

    Direktiv ahborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi ahborot va boshqaruv mak-sadlariga muvofiq holda yaratiladi. hisobot ahboroti boshqaruv ob’ekti tomonidan shakllantiriladi va ichki iqtisodiy vaziyat, shuningdeq unga tashqi muhit ta’siri darajasi (tulovlarning ushlanib kolinishi, energiya uzatish, ob-havo sharoitlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning bo’zilishi va boshqalar)ni aks ettiradi. SHunday qilib, tashqi muhit nafaqat boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko’rsatadi, balki u qarorlarni tashqi omillar (bozorning holati, raqobatchilikning mavjudligi, foiz stavkalari darajasi, inf­lyasiya darajasi, solik va bojhona siyosati)ga bog’liq bo’lgan boshqaruv apparatiga ham ahborot etkazib beradi.

    Oborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lu-motlarni uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operasiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati hodimlarining o’zaro aloqasi iqtisodiy ob’ektning ahborot tizimini tashkil etadi.

    Boshqaruv konturida ahborot hajmlarining oshib borishi, uni qayta ishlashning murakkablashishi avvaliga kompyuterlarni alohida operasiyalarda tadbik qilish, sungra ularni qo’llashni kengaytirishga olib keldi. An’anaviy ahborot tizimi sifat jihatidan o’zgara boshladi. Boshqaruv apparatida hisoblash tehnikasi vositalarini qo’llash asosida yagona funksiyasi ishonchli ahborot bilan boshqarish jarayonini ta’minlash bo’lgan yangi tuzilma bo’linmasi paydo bo’ldi. SHu tarzda boshqaruv konturida yangi ahborot oqimlari paydo bo’ldi, eski oqimlar esa o’z yo’nalishini qisman o’zgartirdi. An’anaviy ahborot tizimining bir qismi ahborotni qayta ishlashni tobora ko’proq avtomatlashtirish yo’nalishida sekin-asta, lekin izchil ravishda shakllana boshladi.

    qo’llanish sohasiga ko’ra bunday tizimlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:

    • tehnik ahborot tizimlari;

    • iqtisodiy ahborot tizimlari;

    • ijtimoiy sohalardagi ahborot tizimlari va boshqalar. Bundan keyin faqat iqtisodiy hususiyatga ega ahborot tizim­lari haqida so’z yuritilar ekan, iqtisodiy ahborot tizimlari (IAT) tushunchasini sharkdash lozim. Foydalanuvchilar so’rovi bo’yicha iqtisodiy ahborotni saqlash, izlash va berish uchun mo’ljallangan tizimni mazkur tushunchada ifodalaymiz. IAT yordamida, afsuski, ob’ektni boshqarish uchun foydalanadigan har qanday ahborotni ham qayta ishlash mumkin emas. ×unki istalgan korhonada qarorlarni qabul qilishda muhim rol o’ynovchi ulkan ahborot oqimlari bor. Lekin ularni kompyuterlar yordamida qayta ishlash mumkin emas, chunki ahborotni tizimlashtirish va uni qayta ishlash jarayonini formallashtirish murakkab.

    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

    Qayta ishlangan va boshqaruv ob’ektiga yo’naltirilgan T2 ning bir qismigina beriladi. Boshqarishning turli darajalari uchun IATda qayta ishlangan ahborot ulushi umumiy hajmga nisbatan o’ndan yigirma foizgachadir. Boshqarish jarayonida uch hil toifa qarorlar qabul qilinadi. Strategiq taktik va onerativ. Ushbu tasnifga muvofiq boshqaruv apparati odatda uch hil: oliy, o’rta va operativ darajalarga bo’linadi.

    Oliy daraja (oliy rahbarlik) boshqarish maqsadlari, tashqi siyosat, moddiy, moliyaviy va mehnat zahiralarini belgilaydi, uzoq, muddatli rejalar va ularning bajarilishi strategiyasini ishlab chiqadi. Uning asosiy vazifalariga bozor, raqobat, kon’yuktura tahlili va korhona manfaatlariga kuchli havf-hatar paydo bo’lganda uni rivojlantirishning muqobil strategiyasini izlash kiradi.

    O’rta darajada asosiy e’tibor taktik rejalarni tuzish, ular bajarilishini nazorat qilish, zahiralar va korhona istiqboli uchun zarur direktivalarni ishlab chiqishga qaratiladi.

    Operativ darajada rejalarni amalga oshirish ro’y beradi va ularning bajarilishi haqida hisobotlar tuziladi. Rahbariyat bu erda odatda sehlar, uchastkalar, smenalar, bulimlar, hizmatlar boshqaruvini ta’minlovchi hodimlardan iborat bo’ladi. Opera­tiv boshqaruvning asosiy vazifasi zamon va makondagi ishlab chiqarish jarayonlarining barcha elementlari bilan uni zarur darajada detallashtirishga kelishtirishdan iboratdir.

    Darajalardan har birida boshqaruvni komiuickc ta’minlov­chi ishlar, ya’ni rejalashtirish, hisob-kitob, tahlil va tartibga solish bajariladi. Bu ishlarni funksiyalar deb atash qabul qilingan. Ular mazmunini ko’rib chiqamiz, chunki ularning hammasi kompyuter dasturlariga kiritilgan.



    Rejalashtirish —boshqaruv maqsadining risoladagidek shaklda amalga oshirilishiga hizmat qiluvchi funksiyadir. Re­jalashtirish oliy rahbariyat faoliyatida muhim o’rin tutadi, o’rta darajada kamroq va operativ darajada esa kam ahamiyatlidir. Boshqaruvni oliy darajada rejalashtirish kelgusidagi muammolarga doir va uzoq muddatga yo’naltirilgan. o’rta darajada re­jalashtirish ancha qisqa muddatda amalga oshiriladi, bunda boshqaruvning oliy daraja rejasi detallashtiriladi. Ko’rsatkichlar bu darajada ancha aniq. Operativ boshqaruv rejaning eng mayda qismlarigacha ishlab chiqishni ko’zda tutadi.

    Hisob-kitob —korhona ishlari borishi. haqida ahborot olishga yo’naltirilgan funksiyadir. Hisob-kitob asosan boshqarishning operativ va o’rta darajalarida amalga oshiriladi. Boshqarishning oliy darajasida hisob-kitob yo’q, biroq uning asosida ishlab chiqarish natijalari tahlili va uning borishini tartibga solish tupik holda bajariladi.

    Tahlil va tartibga solishfaktik ko’rsatkichlarni me’yo-riylari (direktiv, rejali) bilan qiyoslash, belgilangan pa-rametrlardan chetga chiqishlarni va ularning sababini aniqlash, zahiralarni aniqlab topish, yuzaga kelgan vaziyatni tuzati, yo’llarini topish va boshqarish ob’ektini rejali yo’nalishga solish bo’yicha qarorlar qabul qilish. ×etga chiqish sabablarini aniqlashning amaliy quroli faktor tahlilidir, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlash uchun ekspert tizimlariga so-linadi. Boshqarish darajalari va bajariladigan ishlar hajmi bo’yicha ular amalga oshiradigan funksiyalar o’rtasidagi o’zaro aloqa 1.2-jadvalda ko’rsatilgan.

    1.2-jadval Boshqarish funksiyalari va darajalarining o’zaro aloqasi

    Boshqarish darajasi

    Rejalapggirish

    hisob-kitob

    Tahlil va tartibga solish


    Oliy rahbarlik

    ko’p ahamiyatli

    Yo’q

    ko’p ahamiyatli

    O’rta daraja

    o’rta miyona

    Ko’p ahamiyatli

    o’rtamiyona

    Operativ boshqarish

    unchalik ahamiyatsiz

    Ko’p ahamiyatli

    yo’q

    Har bir tizim tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:

    • tizim tuzilishi — tizimning ko’plab elementlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar. Misol: firmaning tashkiliy va ish­lab chiqarish tuzilmasi;

    • tizim har bir elementining funksiyalari. Misol: boshqa-ruv funksiyalari — firmaning muayyan tuzilma bo’linmalari tomonidan qaror qabul qilinishi;

    • umuman olgandagi har bir element va tizimning kirishi va chiqishi. Misol: tizimga tushuvchi va undan chiquvchi moddiy yoki ahborot oqimlari;

    • tizim va uning ayrim elementlari, maqsadlari va chekla-nishlari. Misol: eng ko’p foydaga erishish, moliyaviy cheklanishlar;

    • har bir tizim bulinish va yahlitlik hususiyatiga egadir.

    Bo’linish shuni anglatadiki, tizimni nisbatan tizimostilar (yoki kichik tizimlar)dan iborat deb tasavvur qilish mumkin, ulardan har biriga tizim deb qarash mumkin. Tizimostilarga ajralish imkoniyati (tizim dekompozisiyasi), uning tahlili, ishlab chiqishi, tadbiqi va foydalanishini soddalashtiradi. Bu jarayon ancha murakkab vazifadir.



    ßhlitlik hususiyati butun tizimning ishlashi maqsadlarini uning tizimosti va elementlari ishlashi maqsadlariga muvofiq kelishini ko’rsatadi.

    Ahborotlar tizimi aniq bir ob’ekt uchun yaratiladi. Samarali ahborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o’rta-sidagi farqlarni, shuningdek tashqi holatlarni e’tiborga oladi va boshqarish funksiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ahborotnigina beradi.

    Ahborotlar tizimlarini tatbik etish nafaqat mayda-chuyda ah-borotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomat-lashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy in-tellekt usullari, ekspert tizimlari va hakazolar), zamonaviy telekommunikasiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutahassislari hatti - harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish - ho’jalik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarida amalga oshiriladi.

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.

    Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo’lda kiliinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik ahborot tizimlari bor.



    Qo’lda qilinadigan ahborotlar tizimida— boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtoma­tik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi.

    Avtomatik ahborotlar tizimida — boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari tehnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tehnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).

    Qo’llanish sohasiga qarab, ahborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

    • ilmiy tadqiqotlar;

    • loyihalashtirishni avtomatlashtprish;

    • tashkiliy boshqarish;

    • tehnologik jarayonlarni boshqarish.



    Ilmiy AT ilmiy hodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik ahborotni tahdil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.

    Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi tehnika (teh­nologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bunday AT quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

    a) yangi mahsulot va tehnologiyalarni ishlab chiqish;

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

    b) turli muhandislik hisob-kitoblari (mahsulotlarning teh­nik parametlarini, sarf me’yorlarini belgilash, mehnat, moddiy va hrkazolar);

    v) grafik hujjatlashtirishni yaratish (chizmalar, shemalar, reja qog’ozlar);

    g) loyihalashtirilayotgan ob’ektlarni modellashtirish;

    d) raqamli dasturiy boshqariladigan stanoklar uchun boshqa-ruv dasturlarini yaratish.



    Tashkiliy boshqarishning AT — shahslar funksiyalarini avto­matlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korhonalar), ham nosanoat ob’ektlari (banq birja, sug’urta kompaniyalari, mehmonhonalar va hakazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning ahborot tizimlari kiradi.

    Tehnologik jarayonni boshqarishning ahborot tizimi turli teh­nologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (mos-lashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hrkazolar).

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.

    Dastlabki ahborot tizimlari 50- yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljal-langan bo’lib, elektromehaniq buhgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog’oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan.

    60-yillarda ahborot tizimlariga munosabat butunlay o’zgardi. Bu tizimlardan olingan ahborot davriy hisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funksiyalarga ega bo’lgan kompyuter qurilmalari talab etila boshlandi.

    70-80-yillar boshlarida ahborot tizimlari qarorlarni qo’llab-kuvvaglovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshladi. 80-yillar ohiridan boshlab, ahborot tizimlaridan foydalanish konseisiyasn yanada o’zgarib bormoqda. Ular ahborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoksa. Bu davrning ahbo­rot tizimlari ihborotni o’z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvoffaqiyatga erishishga yordam bermoqda, ya’ni tovarlar va hizmatchilar yaratish, sotish bozorlarini topish, munosib sheriklar bilan ta’minlash, arzon narhda mahsulot chiqarish va boshqalarga imkon yaratmoqda. Istalgan vazifalardagi ahborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni bloklardan iborat

    • ahborotning tashqi yoki ichki manbalardan kirishi;

    • kirayotgan ahborotni qayta ishlash va uni qulay ko’rinishda taqdim etish;

    • ahborotni iste’molchiga taqdim etish va boshqa tizimga uzatish uchun chiqarish;

    • teskari aloqa — bu, kirayotgan ahborotni tuzatish uchun mazkur tashkilot hodimlari tomonidan qayta ishlangan ahborotdir.

    Ahborot tizimi quyidagi hususiyatlariga ko’ra belgilanadi: a) har qanday ahborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida ko’rilishi va boshqarilishi mumkin;

    b) ahborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;

    v) ahborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;

    g) ahborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;

    d) ahborot tizimida ahborotni qayta ishlashning "inson — kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.

    Hozirgi paytda ahborot tizimi haqida kompyuterli tehnika yordamida amalga oshiriladigan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Lekin umumiy holda ahborot tizimini nokompyuter variantda ham tushunish mumkin.

    Ahborot tizimi ishini yahshi bilish uchun u hal etayotgan muammolar, shuningdek u kiritgan tashkiliy jarayonlar mohiyatini tushunish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ahborot tizimi kompyuter imkoniyatlarini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

    • hal qilinayotgan boshqaruv vazifalarining tuzilmalarga bulingani;

    • qaror qabul qilishi lozim bo’lgan firma boshqaruvi ierarhiyasi (mansab pillapoyalari) darajasi;

    • hal etilayotgan vazifaning biznesning u yoki bu funksio­nal sohasiga oidligi;

    • foydalaniladigan ahborot tehnologiyasi turi. Kompyuter ahborot tizimining tehnologik ishi nokompyu­ter soha mutahassis-lariga ham tushunarli va o’z kasb faoliyatida foydalanilishi mumkin.

    Ahborot tizimlarini tadbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi:

    a) matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;

    b) avtomatlashtirish hisobiga hodimlarni ikir-chiqir ish-lardan ozod qilish;

    v) ahborot ishonchliligini ta’minlash;

    g) ma’lumotlarni qog’ozdan magnit disk yoki lentalarga kuchirish, bu hol ahborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog’oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi,

    d) firmada ahborot oqimi tuzilishi va hujjat hujjataylanishi tizimini takomillashtirish;

    e) mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish;

    j) yangi bozorlarni qidirib topish;

    z) turli arzonlashtirish usuli va hizmatlari evaziga haridor va mahsulot etkazib beruvchilarni firmaga bog’lab quyish.

    IAT ko’p sonli funksional hususiyatlariga ko’ra, ko’plab turli-tuman tasnifiy belgilarga bo’linadi. Jumladan, qo’llanish darajasi va ma’muriy bulinishiga muvofiq, IAT ni korhona, tuman, viloyat va mamlakat jihatlariga ajratish mumkin.

    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.

    Qo’lla­nish sohasiga ko’ra quyidagilarga ajraladi:

    • bank ahborot tizimlari;

    • fond bozori ahborot tizimlari;

    • sug’o’rta ahborot tizimlari;

    • soliq ahborot tizimlari;

    • sanoat korhonalari va tashkilotlarning ahborot tizimla­ri (ahamiyati va tarqalganligi bo’yicha ularda buhgalterlik ahbo­rot tizimlari alohida o’rin tutadi);

    • statistika ahborot tizimlari va boshqalar.


    Download 107 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 107 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси

    Download 107 Kb.