"nima bo’ladi, agar ...''




Download 107 Kb.
bet14/14
Sana24.03.2017
Hajmi107 Kb.
#1982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
"nima bo’ladi, agar ...'' savoliga javob berishga qodirdir.

Bu darajada ahborot tizimlarining ikki turi: boshqaruv (menejment uchun) va qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlariga ajratish mumkin.

Boshqaruv AT uncha katta bo’lmagan tahliliy imkoniyatlarga ega. Ular kundalik va haftalik ahborotga muhtoj boshqaruvchilarga hizmat qiladi. Buning sababi shuki, ularning asosiy va­zifasi firmadagi kundalik operasiyalarni kuzatib borish va qat’iy cho’zilmalashtirilgan yig’ma namunaviy hisobotlarni dav­riy shakllantirishdan iborat. Ahborot operasiyaviy darajadagi ahborot tizimidan keladi. Boshqaruv ahborot tizimlarining harakteristikalari:

• operasiyalarni nazorat qilish darajasida tuzilmalashgan qarorlar va qisman tuzilmalashgan topshiriqlarni qabul qilish­ni qo’llab-quvvatlash uchun foydalaniladi;

• tezkor sharoit bo’yicha qarorlarning nazorati, hisobiyligi va qabul qilinishiga yo’naltirilgan;

• tashkilot ichidagi mavjud ma’lumotlar va ularning oqimiga tayanadi;

• kichik tahliliy imkoniyatlar va tez moslashmaydigan tuzilmaga ega.

Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlari natijalarini oldindan bilish qiyin bo’lgan, qisman tuzilmalashgan vazifalapra hizmat qiladi. Ular bir necha modelga ega bo’lgan ancha kudratli tahliliy apparatga ega. Ahborotni boshqaruv va operasiyaviy ahborot tizimlaridan oladi. Bu tizimlardan qaror qabul qiluvchi barcha mutahassislar: menejerlar, tahlilchilar va boshqalar foydalanadi. Masalan, ular tavsiyasi qurilmani sotib olish yoki ijaraga o.shsh haqidagi qarorni qabul qilishda qo’l keladi.

qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlarining harakteristikalari:

rivojlanishini oldindan bilish kiyin bo’lgan muammolarni hal etishni ta’minlaydi;

• modellashtirish va tahlil etishning murakkab asbob-uskuna vositalari bilan jihrzlangan;

• hal etilayotgan vazifalar va chiqish ma’lumotlarini quyishni engil o’zgartirishga imkon beradi;

• moslashuvchanligi bilan ajralib turadi va sharoitlar o’zgarishi bilan kuniga bir necha bor moslashadi;

• foydalanuvchiga eng ko’p yo’naltirilgan tehnologiyaga ega.

Istalgan tashkilot (firma) rivoji va muvaffaqiyati ko’p jihatdan unda qabul qilingan strategiyaga bog’liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatli vazifalarni hal etish uslub va vositalari jamlanmasi tushuniladi.

Hozirgi paytda bozor munosabatlariga o’tish munosabati bi­lan firmaning rivojlanishi va ish yuritish strategiyasi masalasiga katta e’tibor berila boshladiki, bu hrl ahborot tizimlariga qarashlarda tub o’zgarishlarga olib keldi. Ular firma mahsulotlari, uning vazifa, uslublari, hizmatlarini tanlashni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi strategik muhim. tizimlar sifatida baholana boshladi. Ahborot tyzimlarining yangi — strate­gik tipi paydo bo’ldi.

SHunday vaziyatlar ma’lumki, unda ahborot tizimlarining yangi sifati nafaqat firma tuzilishi, balki undagi sohalarning o’zgarishiga olib kelib, gullab-yashnashiga imkon yaratadi. Biroq bunda ayrim vazifa va ish turlarini avtomatlashtirish bilan bog’liq nohush psixologik sharoit yuzaga kelishi mumkin, bu hol esa hodimlar va ishchilardan ayrimlarining qisqarishiga olib keladi. Firma faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar.

Ahborot tizimi sifatini istalgan tashkilot faoliyatining strategik vositasi sifatida, mahsulot chiqaruvchi firma misolida ko’rib chiqamiz. Bu sharoitlarda firma boshqa firmalar bilan raqobatdosh bo’lishi lozim. Mazkur vaziyatda ahborot tizimidan sroydalanish nima keltirishi mumkin? Bu savolga javob berish uchun firmaning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini tushunish lozim, ya’ni:

• bozorda o’z siyosatini olib borayotgan raqobatchilar;

• tovar va hizmatlarni sotib olish bo’yicha turli imkoniyat-larga ega haridorlar;

• o’zining narh siyosatini olib borayotgan ta’minotchilar.

Agar firma bu omillarni hisobga olsa va quyidagi strategi­yaga amal qilsa, o’ziga raqobatli afzalliklarni ta’minlaydi:

• mavjudidan manfaatli ravishda ajralib turuvchi yangi to­var va hizmatlarni yaratish;

• mavjud bo’lganlarga qaraganda bir qator ajralib turuvchi belgilarga ega firma tovar va hizmatlari ustun turuvchi bozorlarni qidirib topiù;

• haridor va ta’minotchilarni mazkur firmaga bog’lab qo’yuvchi aloqalarni yaratish;

• sifatga zarar keltirmagan holda mahsulot qiymatini ka-maytirish.

Strategik darajadagi ahborot tizimlari boshqaruvining oliy bo’g’iniga yuqorida tasvirlangan notuzilmaviy vazifalarni hal etish uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirishga yordam beradi. Asosiy vazifa — atrofda ruy berayotgan o’zgarishlarni firmaning mavjud potensiali bilan qiyoslash. Ular kutilmagan vaziyatlarda chiqarilgan qarorlarni kompyuter va telekommunikasiyaviy qo’llab-quvvatlashning umumiy muhitini yaratishga qaratilgan. Bu tizimlar eng mukammal dasturlardan foydalangan holda istalgan paytda ko’plab manbalardan ahborot berishga qodir. Ayrim strategik tizimlar uchun cheklangan tahdiliy imkoniyatlar hosdir.

Mazkur tashkiliy darajada AT yordamchi rolini o’ynaydi va menejerga qaror qabul qilish uchun zarur ahborotni tezkor be­rish vositasi sifatida foydalaniladi.

Hozirgi paytda nafaqat maqsadlari, balki vazifalari bo’yicha ham foydalanishning ko’p qirraliligi tufayli strategik ah­borot tizimlarini kurishning umumiy konsepsiyasi hali ishlab chiqilmagan. Ikkita nuqtai nazar mavjud: birinchisi shu fikrga asoslanadiki, avval maqsad va strategiyalarni ahborot tizimiga moslash lozim, ikkinchisiga ko’ra, tashkilot maqsad va strategik rejalashtirishni ishlab chiqayotganda strategik AT dan foydalanadi. Bu o’rinda mazkur ikki nuqtai nazar sintezi metodologiyasi strategik ahborot tizimlarini ishlab chiqishga oqilona yondoshuv bo’ladi.

Istalgan firmada turli vazifadagi bir necha lokal (mahal-liy) ATga ega bo’lgan ma’kul, ular o’zaro aloqada bo’ladi va barcha darajadagi boshqaruv qarorlarini qo’llab-quvvatlaydi. Lokal ATlar o’rtasida turli hususiyat va vazifadagi aloqalar tashkil topadi. Ba’zi lokal ATlar firmada ishlovchi katta miqdordagi tizimlar bilan bog’liq bo’lishi va tashqi muhitga chiqishi mumkin, boshqalari esa faqat bitta yoki bir necha o’hshashlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Aloqani tashkil etishga bo’lgan zamonaviy yondoshuv boshqa firma yoki boshqa korporasiya bo’linmasining o’hshash ATga chiqishini o’z ichiga olgan lokal ichkifirma kompyuter tarmoqlarini qo’llashga asoslangan. Bunda mintakaviy va yalpi tarmoqlar zahiralaridan foydalaniladi.

Turli vazifadagi AT integrasiyasi asosida kompyuter tar-moklari yordamida firmada korporativ AT yaratiladi. Bunday AT foydalanuvchiga umumfirma ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi.

Firmada ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatini shakllantirishga ta’sir qiluvchi tegishli korporativ AT rolini ko’rib chiqamiz.

Firmada mahsulot chiqarishning barcha bosqichlarini qo’llab-quvvatlovchi ahborot tizimlari tahlili uchun turli darajadagi ahborot tafsilotlarini taklim etishi mumkin, buning natijasida mahsulot qiymatining yuqori me’yorda oshishi ruy beradigan bosqichlari aniqlanadi. Mazkur holatda mahsulot qiymati­ni kamaytirish bo’yicha strategiya tanlanishi mumkin. Kuriladigan choralar natijalari o’z navbatida ahborot tizimvda aks etadi. ßna olingan ahborotni tahdil uchun foydalanish mumkin bo’ladi. Bu hol oldiga quyilgan maqsadga erishilgunga qadar davom etadi.



Ahborot tizimi agar firmani harakatlar zanjiri deb qarasa (buning natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki hizmatlar qiymatining asta-sekin shakllanishi ruy beradi) eng ko’p samara berishi mumkin. U holda bu zanjirga ulangan turli funk­sional vazifadagi ahborot tizimlari yordamida firma daromadlarini oshirishga yo’naltirilgan boshqaruv qarorlarining qabul qilish strategiyasiga ta’sir etish mumkin.
Download 107 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 107 Kb.