Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси




Download 107 Kb.
bet8/14
Sana24.03.2017
Hajmi107 Kb.
#1982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Ilmiy AT ilmiy hodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik ahborotni tahdil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.

Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi tehnika (teh­nologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bunday AT quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

a) yangi mahsulot va tehnologiyalarni ishlab chiqish;

b) turli muhandislik hisob-kitoblari (mahsulotlarning teh­nik parametlarini, sarf me’yorlarini belgilash, mehnat, moddiy va hrkazolar);

v) grafik hujjatlashtirishni yaratish (chizmalar, shemalar, reja qog’ozlar);

g) loyihalashtirilayotgan ob’ektlarni modellashtirish;

d) raqamli dasturiy boshqariladigan stanoklar uchun boshqa-ruv dasturlarini yaratish.



Tashkiliy boshqarishning AT — shahslar funksiyalarini avto­matlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korhonalar), ham nosanoat ob’ektlari (banq birja, sug’urta kompaniyalari, mehmonhonalar va hakazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning ahborot tizimlari kiradi.

Tehnologik jarayonni boshqarishning ahborot tizimi turli teh­nologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (mos-lashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hrkazolar).

Dastlabki ahborot tizimlari 50- yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljal-langan bo’lib, elektromehaniq buhgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog’oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan.

60-yillarda ahborot tizimlariga munosabat butunlay o’zgardi. Bu tizimlardan olingan ahborot davriy hisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funksiyalarga ega bo’lgan kompyuter qurilmalari talab etila boshlandi.

70-80-yillar boshlarida ahborot tizimlari qarorlarni qo’llab-kuvvaglovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshladi. 80-yillar ohiridan boshlab, ahborot tizimlaridan foydalanish konseisiyasn yanada o’zgarib bormoqda. Ular ahborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoksa. Bu davrning ahbo­rot tizimlari ihborotni o’z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvoffaqiyatga erishishga yordam bermoqda, ya’ni tovarlar va hizmatchilar yaratish, sotish bozorlarini topish, munosib sheriklar bilan ta’minlash, arzon narhda mahsulot chiqarish va boshqalarga imkon yaratmoqda. Istalgan vazifalardagi ahborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni bloklardan iborat

• ahborotning tashqi yoki ichki manbalardan kirishi;

• kirayotgan ahborotni qayta ishlash va uni qulay ko’rinishda taqdim etish;

• ahborotni iste’molchiga taqdim etish va boshqa tizimga uzatish uchun chiqarish;

• teskari aloqa — bu, kirayotgan ahborotni tuzatish uchun mazkur tashkilot hodimlari tomonidan qayta ishlangan ahborotdir.

Ahborot tizimi quyidagi hususiyatlariga ko’ra belgilanadi: a) har qanday ahborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida ko’rilishi va boshqarilishi mumkin;

b) ahborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;

v) ahborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;

g) ahborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;

d) ahborot tizimida ahborotni qayta ishlashning "inson — kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.

Hozirgi paytda ahborot tizimi haqida kompyuterli tehnika yordamida amalga oshiriladigan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Lekin umumiy holda ahborot tizimini nokompyuter variantda ham tushunish mumkin.

Ahborot tizimi ishini yahshi bilish uchun u hal etayotgan muammolar, shuningdek u kiritgan tashkiliy jarayonlar mohiyatini tushunish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ahborot tizimi kompyuter imkoniyatlarini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

• hal qilinayotgan boshqaruv vazifalarining tuzilmalarga bulingani;

• qaror qabul qilishi lozim bo’lgan firma boshqaruvi ierarhiyasi (mansab pillapoyalari) darajasi;

• hal etilayotgan vazifaning biznesning u yoki bu funksio­nal sohasiga oidligi;

• foydalaniladigan ahborot tehnologiyasi turi. Kompyuter ahborot tizimining tehnologik ishi nokompyu­ter soha mutahassis-lariga ham tushunarli va o’z kasb faoliyatida foydalanilishi mumkin.

Ahborot tizimlarini tadbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi:

a) matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;

b) avtomatlashtirish hisobiga hodimlarni ikir-chiqir ish-lardan ozod qilish;

v) ahborot ishonchliligini ta’minlash;

g) ma’lumotlarni qog’ozdan magnit disk yoki lentalarga kuchirish, bu hol ahborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog’oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi,

d) firmada ahborot oqimi tuzilishi va hujjat hujjataylanishi tizimini takomillashtirish;

e) mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish;

j) yangi bozorlarni qidirib topish;

z) turli arzonlashtirish usuli va hizmatlari evaziga haridor va mahsulot etkazib beruvchilarni firmaga bog’lab quyish.

IAT ko’p sonli funksional hususiyatlariga ko’ra, ko’plab turli-tuman tasnifiy belgilarga bo’linadi. Jumladan, qo’llanish darajasi va ma’muriy bulinishiga muvofiq, IAT ni korhona, tuman, viloyat va mamlakat jihatlariga ajratish mumkin. Qo’lla­nish sohasiga ko’ra quyidagilarga ajraladi:

• bank ahborot tizimlari;

• fond bozori ahborot tizimlari;

• sug’o’rta ahborot tizimlari;

• soliq ahborot tizimlari;

• sanoat korhonalari va tashkilotlarning ahborot tizimla­ri (ahamiyati va tarqalganligi bo’yicha ularda buhgalterlik ahbo­rot tizimlari alohida o’rin tutadi);

• statistika ahborot tizimlari va boshqalar.


Download 107 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 107 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси

Download 107 Kb.