Statistika ahborot tizimlari
Davlat statistikasi mamlakatda ahborot tizimini yaratish uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Davlat stati stikasi organlari iqtisodiy rivojlanishida davlat boshqaruvining eng muhim dastagidir. Makroiqtisod va statistika vazirligi boshqaruv organlariga tarmoq iqtisodiyoti va idoralarga qarashli korhona, tashkilotlar farliyati haqida zarur statistik ma’lumotlarni beradi. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Iqtisodiy kibernetika iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat organlari funksiyasini yakkol namoyon etash imkonini beradi. Boshqarish ob’ekta deganda me’yorida ishlashi uchun mugtasil nazorat va tartibga solishga muhtoj bo’lgan tizim elementi tushuniladi. Boshqarish ob’ektlari sifatida iqtisodiyot tarmoqlari, ularning korhona va tashkilotlari qatnashadi.
Ob’ektlarni boshqarish uchun boshqaruvchi tizim (boshqaruv sub’ekti) hosil qilinadi, u mazkur ob’ektlar me’yorida ishlashini ta’minlaydi. Boshqarish organlari boshqaruv ob’ektlariga bevosita aloqa (topshiriqdar) va teskari aloqa (hisobiylik) vositasida davlat statistika organlari orqali ta’sir etadi.
Davlat statistika idoralari davlat boshqaruvi idoralariga iqtisodiyotning tarmoq sohalari faoliyati haqida ahborot berib, topshiriqdar ko’rinishidagi boshqaruv ahboroti qabul qilinishi va faktik ahvol — ular tomonidan bu topshiriqdar bajarilgani yoki bajarilmaganidan kelib chiqkan holda boshqaruv ob’ektlarining ko’zda tutilgan hatti harakatlari qayd etilganini ifodalaydigan habardor etuvchi muhim vazifani bajaradi.
Statistik ahborot tizimi murakkab tizimlarga qo’yiladigan barcha talablarga javob beradi:
• umumiy maqsadga erishish uchun qulay o’zaro ta’sir nuqtai nazaridan tizim elementlarining birligi;
• katta o’lchamlilik;
• ishining murakkabligi va boshqalar.
Davlat statistika organlari mulkchilik shayuggidan kat’i nazar ming-minglab sanoat korhonalari, qurilishlar, kishloq ho’jalik korhonalari, madaniy, maishiy va boshqa muassasalardan tushadigan statistika ma’lumotlarini yig’adi va qayta ishlaydi. Statistik ahborot hilma-hilligi, ommaviyligi va davriyligi jihatidan farqlanadi. Aytilgan ob’ektlardan kelib tushadigan barcha statistik hisobotlarni qayta ishlash uchun yiliga bir necha yuz milliard hisoblash operasiyalari talab etiladi.
Turli sohalarda hal etiladigan statistik topshiriqdar foydalanuvchi nuqtai nazaridan reglament va so’rov (noreglament) topshiriqlarga bulinadi, ular orasidan, o’z navbatida, turli boshqaruv organlari uchun ahborot hizmati topshiriqlari va iqtisodiy tahlil topshiriqdari bor.
Reglament topshiriqlari deganda davlat statistika qumitasi darajasiga muvofiq keluvchi statistik hisobotlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash topshiriqlari tushuniladi. Har bir reglament topshirig’i odatda statistik hisobotlarning ba’zi aniq ùakllari bilan bog’liq.
Bunday topshiriqlarni hal etish uchun hozirgacha ahborotni elektron qayta ishlash komplskslari (AEKK) yordamida amalga oshiriladigan ahborot tehnologiyalaridan foydalaniladi.
Ahborot hizmati topshiriqlari mazmun jihatidan reglamentlashgan ma’ruzalar, tahliliy yozuv va ma’lumotnomalarni tezkor tuzish uchun foydalanuvchi so’rovlari bo’yicha unga zarur statistik ma’lumotlarni berish. Bu topshiriqlarni hal etish avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki yordamida ta’minlanadi.
Iqtisodiy tahlil topshiriqlari dinamik qatorlar, matematik statistika uslublari va boshqalardan foydalanishga asoslanadi. Ularni hal etish uchun tahliliy komplekslar (TK) deb ataladigan ahborot tehnologiyalari qo’llaniladi. TKlar statistika uslublarini qo’llashga yo’naltirilgan amaliy dasturlar paketi ko’rinishida amalga oshiriladi.
Reglamentli topshiriqlar statistik hisobot ma’lumotlari va turli statistik tadqiqrtlar ma’lumotlarini qayta ishlashni ta’minlovchi, statistikaning alohida tarmoqlarida o’tqaziladigan AEKK yordamida hal etiladi. Ko’p hollarda AEKKning har biri statistik hisobot shakllaridan birini qayta ishlaydi. Biroq ulardan ayrimlari o’zaro bog’liq statistik hisobot shakdlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi bir necha tehnologiyalarni o’z tarkibida birlashtiradi.
Hozirgi paytda AEKK dan foydalanish bir qator sabablar bilan belgilanuvchi, asosan tizimli hususiyat kasb etadi. Birinchidan, reglament vazifalarini hal etishda turli darajadagi hisoblash kurilmalari ishtirok etadi. Ikkinchidan, AEKKning ishlash tehnologiyasi statistik hisobiylikning barcha bosqichlarini qamrab oladi. Bunda har bir keyingi darajadagi tehnologiyaning mantiqiy davomi bo’ladi. Uchinchidan, tehnologik jarayonlarni amalga oshirish jarayonida proseduralar (avtonom dasturlar) ajraladi, ulardan ko’plari barcha hisoblash kurilmalari uchun, ba’zilari — ularning aksariyati uchun namunaviydir.
Ahborot hizmati vazifalarini hal etishni tashkil qilish uchun ikki turdagi ahborot tehnologiyalari: ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lu-motlar banki va tayyor hujjatlar bankidan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki (KMB) dasturiy, tehnik va tashkiliy vositalar yig’indisi ko’rinishida amalga oshi-rilgan statistikaning turli tarmoqlari yoki ularning yig’indisi bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratish uchun foydalaniladi. KMB lokal hisoblash tarmoqlarida va mahsus kirish rejimida ishlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlash va taqdim etishning rivojlangan vositalariga ega.
Tayyor hujjatlar banki (TXJK) o’zida ayrim ahborot va jadvalli statistik ma’lumotlarni sakdovchi hujjatli-grafik ma’lumotlar bazasini yaratish uchun qo’llaniladi. T^B turli abonentlar uchun ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi tele-kommunikasiyaviy vositalarning keng servis imkoniyatlarini namoyish etadi.
THB va KMB dasturiy komplekslari Lotus 1-2-3 va Excel paketli interfeysga ega, natijada ularning bir-biriga muvofiqligi ta’minlanadi.
Ahborot tehnologiyalari ma’lumotlaridan foydalanishning o’ziga hosligini ko’rib chiqayliq
Ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki. KMBda ahborotni saqlash birliklari quyidagi uch tarkibiy kiem (komponent) bilan aniqdanuvchi ko’rsatkich qiymatidir:
• ko’rsatkich va uning belgisi bilan;
• kuzatish ob’ekta bilan;
• tadkiq etish ob’ekti bo’yicha hisobiylikning davriyligi bilan.
KMB yordamida ishlab chiqariladigan statistik ma’lumotlar bazasining foydalanuvchilari tarmoq, boshqaruv statistikasi mutahassislaridir. Ular uchun ahborot rejimi va ma’lumotlarni qayta ishlashning tahdiliy rejimida ishlash bo’yicha funksional imkoniyatlarning keng turkumi taqdim etiladi. Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T. KMB yordamida hoqimiyat va boshqaruv organlari, shuningdeq boshqa tashqi foydalanuvchilarga hizmat ko’rsatish ta’minlanadi: dialog rejimida so’rovlar bajariladi va behisob ma’lumotlar shakllantiriladi, buning uchun amaliy dasturning eng ko’p tarqalgan paketlari shakllarida eksport funksiyalaridan foydalaniladi (Lotus 1-2-3, Excel, Word va boshqalar).
KMBning dasturiy majmui foydalanuvchi uchun quyidagi funksional imkoniyatlarni ta’minlaydi:
• reglament so’rovlarini bajarish;
• jadvallar shakliga tegishli maketlarni bayon etish va no-reglament so’rovlar bo’yicha ma’lumotlarni olish;
• olingan jadvallarni tanlab va grafiklarga joylab modifikasiyalash, berilgan formulalardan foydalanilgan holda yangi hisob grafiklarini shakllantirish;
• hisob ko’rsatkichlarini bayon etish va olish;
• ma’lumotlarni agregatlashtirish;
• Lotus 1-2-3, Excel va boshqa elektron jadvallar shakllarida ma’lumotlarni eksport qilish.
Ma’lumotlar bazasi ma’mur tomonidan tegishli parol va ma’lumotlarga murojaat qilish huquqlari o’rnatilishi tufayli ruhsatsiz kirishdan muhofazalangan.
Hozirgi paytda SQL Server MBBTdan foydalanilgan holda Windows NT muhitida MBni ishlab chiqish davom etmoksa, u KMBning barcha vazifalarini bajarishni ta’minlaydi va turli foydalanuvchilarga (mintaka va tuman) boshqa ahborot tehnologiyalari bilan birgalikda ahborot hizmati vazifalarini ancha sifatli hal etishga imkon beradi.
KMB ma’lumotlar bazasi va ularni olib borishni shakllantirish, mintaqaviy darajada reglament ishlarini bajarish, tahliliy vazifalarni hal etishi, boshqaruv organlari va boshqa foydalanuvchilarga hizmat ko’rsatishni ta’minlashi lozim. U ma’lumotlar bazasi hududiy taqsimlanuvchi sharoitlarda barpo eti-ladigan va ishlaydigan ahborot tehnologiyasi sifatida ishlab chiqarilmokda. KMBni ishlab chiqish asosida "klient-server" tehnologayasi tamoyillari yotadi, u ahborotni katta hajmda qayta ishlash sharoitlarida yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Buhgalteriya ahborotlar tizimi
Ko’pgina korhonalar bozor sharoitida ahborotga mulkchilik-ning boshqa istalgan turlari kabi sakdash, foydalanish va himoya qilish zarur bo’lgan kimmatbaho zahira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va ho’jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur ahborot olish maqsadlarida korhona buhgalterlik ahborot tizimlarini (BUAT) barpo etadi. BUAT ho’jalik faoliyati va qaror qabul qiluvchi kishilar o’rtasila bokyuvchi bo’g’in bo’lib hizmat qiladi. Unda korhona ho’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, ro’yxatdan o’tqazish, qayta ishlash, saqlash, tahlil va qaror qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazish amalga oshiriladi. Korhonada BUAT ishlashining asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan, shuningdeq mukobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun korhona rahbariyatini moliyaviy ahborog bilan ta’minlashdir. Ayrim korhonalar nomoliyaviy ahborotdan ham foydalanadi. Bu holda korhonada iqtisodiy ahborot tizimi yarati-chadi, u boshqaruv apparatini zarur ahborot bilan ta’minlovchi o’zaro bog’liq, Holdagi kichik tizimlardan tashkil topadi. Bunda buhgalterlik kichik tizimi muhim ahamiyatli bo’ladi, chunki u boshqaruv ob’ekti holati va uning korhonaning barcha bo’linmalariga, shuningdeq undan tashqaridagi manfaatdor shahslarga yo’naltirilishn haqidagi ahborog oqimini boshqarishda etakchi rol o’ynaydi.
BUAT korhona ho’jalik fao.shyatini tuliq aks ettiruvchi buhgalterlik ahborotini taqdim etadi. Hozirgi paytda buhgalterlik hisobi yuritishning halqaro standartlariga o’tish sharoitlarida buhgalterlik ahboroti yo’nalishi o’zgardi. Agap yakindagina uning asosiy foydalanuvchisi davlag boshqaruvi organlari bo’lgan bo’lsa, hozirda buhgalterlik ahboroti korhona ichida ham, undan tashqarida ham boshqaruv qarorlarni qabul qilishda asos bo’lib hizmat qiladi. Avvalo u rejalashtirish, nazorat va shu kabi korhona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarish funkiyalarini bajarish uchun zarur miqdoriy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Rejalashtirish bosqichi uchun buhgalter ko’zda tutayotgan foyda va pul zahiralariga ehtiyoj haqidagi ahborotni taqdim etishi lozim.
Nazorat bosqichida buhgalterdan faktik daromadlar va xarajatlarni rejadagi bilan qiyoslash ahboroti talab etiladi.
Tahlil bosqichida buhgalterlik ahboroti asosida oldiga qo’yilgan maqsadga erishilgani yoki erishilmagani aniqlanadi. Tahlil natijalariga ko’ra, korhonaning boshqarish tizimini takomillash-tirishga doir qarorlar qabul qilinadi.
Buhgalterlik ahborotining asosiy foydalanuvchilari korhona rahbariyati va menejerlaridir. Bu ahborot asosida korhonaning sunggi hisobot davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqdigi, pul zahiralarining mavjudligi, sof aktivlar va nizom kapitalining nisbati, eng foydali faoliyat yo’nalishlari, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarhi aniqdanadi.
Buhgalterlik ahboroti rahbariyatga yakunlarni nafaqat tushun-tirish va tahlil etishga, balki turli qarorlarni qabul qilishda korhona faoliyati natijalarini oldindan bilishga ham yordam beradi.
Buhgalterlik ahborotining tashqi foydalanuvchilari ham mavjud. Ular hissadorlar, investorlar, kreditorlar, haridorlar, mijozlar, auditorlar va solik hizmati nozirlaridir. hissadorlar va investorlarga korhona egalari hususiy qanchalik samarali va daromadli foydalanilayotgani, yangi investisiyalar kerakmi yoki uning hajmini kiskartirish zarurmi, firma kelajakda foydali bo’lib koladimi va qanday sharoitlarda bunga erishadi kabilarni bilish muhimdir. Kreditorlarni karz zarurligi, korhonaning qarz foizlarini o’z vaqtida to’lash qobiliyati qiziqtiradi va hokazolar.
Buhgalterlik ahboroti foydali bo’lishi uchun u ishonchli va ahamiyatli bulmogi zarur. Ishonchlilik shuni ko’rsatadiki, ahborot korhonadagi ho’jalik jarayonlarini to’liq aks ettiradi, engil tekshirilishi va biror bir shahs manfaatlarini ifodalanmasligini namoyon etadi. Buhgalterlik ahborotining ahamiyatliligi shundaki, u teskari aloqaga asoslangan rejalarni tuzishda foydali bo’lishi va foydalanuvchiga zarur paytda etib kelishi lozim. Teskari aloqa oldingi mo’ljallar qanchalik to’g’riligini bilishni ko’zda tutadi. SHuni hisobga olish zarurki, hisobli ahborotdan foydalanishdan olingan foydalar unga sarflangan xarajatlardan yuqori bo’lishi lozim.
Bank ahborot tizimlari
Integrallashgan bank ahborot tizimlari (BAT) yagona dasturiy tehnologik majmuani o’zida namoyon etadi, u moliya va kreditning belgilangan sharoitlari bo’yicha nazorat qilinadigan zahiralarni o’zlashtirishi, qaytarilishi va balanslanganligini tezlashtirish vositasidir. Integrasiyalashgan BAT bank vazifalari yig’indisini yahlit holda qamrab oladi. U alohida holdagi avtomatlashtirilgan vazifalar yig’indisi emas, balki murakkab tizimga hos bo’lgan kompleks dasturlardir; pog’onali tizimlar murakkabligi, funksional maqsadlarning ko’pligi, stohastik (Ehtimoliy) hususiyatga ega boshqaruv jarayonlarini ta’minlash ishidagi usuvchanlik (dinamika), ko’p funksionallik kabilar shular jumlasidandir. SHu bois integrallashgan BATlarni ishlab chiqishda unga ta’sir etuvchi qo’llab miqdordagi tuzilma va omillarning mazmuni: bankning umumiy harakteristikasi, uning rivojlanishining yakin va uzoq maqsadlari, strategik yo’nalishlari; yuzaga kelgan boshqaruv tuzilmalarining o’ziga hosliklari; bank tehnologiyasi tuzilishining umumiy tamoyillari; mo’ljallangan arhitektura tizimlari va avtomatlashtirishga tegishli funksiyalar tarkibi; kiritiladigan va chiqariladigan ahborot hajmi, kiritiladigan hujjatlar soni; ahborot havfsizligiga talablarni tahdil etishni talab qiladi. Bunday tahdil asosida keyinchalik bulajak tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy ahborot tizimining funksional qismini loyi-halashtirish uning kichik tizimlari ajralib chiqish mezonini tanlash haqidagi strategik masalani hal etish bilan bog’liq,. Bu muammo tashkiliy iqtisodiy ob’ektlarni avtomatlashtirishning butun tarihi mobaynida mavjud bo’lib, hozirgi paytda ham dol-zarbligicha qolmoqda. Istalgan tizim tuzilishi va funksiyasini o’rganish uni tahdil etish va bundan keyingi sinteziga asoslanadi. Agar tahlil etish maqsadi — mavjud tuzilmadagi tizimning ishlashi qonuniyatlarini o’rganishda bo’lsa, sintezning vazifasi esa unga topshirilgan funksiyani amalga oshira oladigan tuzilmani loyihalashtirish va tanlashdan iboratdir.
Murakkab tizimlar nazariyasidan ma’lumki, har qanday mu-rakkab tizimni turli darajada detallashgan ayrim kichik ti-zimlarga bo’lish mumkin.
An’anaviy tarzda funksional kichik tizim deganda boshqa-ruvning funksional belgilari umumiyligiga muvofiq holda ajralib chiqkan boshqaruv umumiy tizimining ayrim qismi tushuniladi.
Bankda hal etiladigan boshqaruv vazifalari ko’p jihatli ekan, loyihalashtirishda BAT dekompozisiyasi belgilarini klassifikasiya qilish muammosi yuzaga keladi. Bunday belgilar sifatida funksiyalar, davrlar, boshqaruv ob’ektlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Bank hizmatlari nomenklaturasi ancha barqarorligiga qaramay, tehnologik bosqichlar va usullar izchilligi ko’rinishida ularni amalga oshirish farqdanishi mumkin.
Turli banklar ishini kiyoslagan va ular faoliyatining avto-matlashtirish imkoniyatlarini bahlagan holda, bank tehnologiyalari unifikasiyasi va standartlashuvi kariyb yo’qligini qayd etishga to’g’ri keladi. Bir hil bank operasiyalarining bajarilish tehnologiyasi turli banklarda farqlanadi. Bir hil avtomatlashtirilgan joy o’rinlarda maqsad va vazifalar nomuvofiqligi, bir hil operasiyalarni hujjatlashtirishda hilma-hillik va hokazolar kuzatiladi. Bu hol bozorda bank faoliyatini qisman avtomat-lashtirishni ta’minlovchi ko’plab miqdordagi dasturiy vositalar paydo bo’lishiga olib kelasi. Biroq, eng samarali tizimlar ko’plab ishlab chiqarila boshlandi. Sertarmoq tuzilmaga ega va inte-grasiyalashgan tizimlarni sotib oluvchi firmalar ularni o’zlarining barcha filiallariga tarqatmoqda.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, integrasiyalashgan BATlardagi kichik tizim va vazifalarga bulinish bir paytning o’zida uch belgi-boshqaruv tuzilmasi, zahiralar transformasiyasi va boshqarish funksiyasiga ko’ra guruhlanishini ko’zda tutadi.
Ko’pgina BATlarda bank tehnologiyasi dasturiy mahsulotda uta murakkablashgan bo’ladi. SHu bois foydalanuvchi menyudan foydalanib, undan chetlasha olmaydi va dasturlashtirilgan dialog iulidan boradi, bu esa ishlab chiquvchiga to’liq bog’liqlikka olib keladi. Sozlash ishlarini bajaruvchi mutahassis odatda ishlab chiquvchi vakili bo’ladi. Ba’zan esa avtomatlashtirilgan muassasaning bank tehnologi (ma’muri) uni amalga oshiradi
SHuni ta’kidlash lozimki, ko’pgina BAT larda faqat eng asosii ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan eng muhim bo’lgan tizimlar, vazifalar avtomatlashtiriladi. Bu holni ayrim hizmatlar: faktoring, lizing, kartochka hizmati (yoki tashkiliy tuzilma elementlari) yo’qligi bilan izohlanadi.
Tizimli yondoshuvdan foydalanib, aytish mumkinki, IAT ham har qanday boshqa tizim kabi bir-biri bilan muayyan munosabatlarda bo’lgan elementlar(yoki tizimostilar)dan iborat Bu munosabatlardan ko’pi elementlar bilan birgalikda tizim tuzilmasini hosil qiladi. SHunday qilib, IAT-real voqelikning bir qismi bo’lib, ular o’rtasidagi ko’pgina elementlar va munosabatlar ko’rinishida taqdim etiladi.
Ahborot tizimlarining ta’minotlari qo’llash sohasidan qatiy nazar, ahborot tizimlari ma’lumotlarni kaita ishlashning deyarli barcha tizimlari ta’minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar (komponentlar) to’plamini o’z ichiga oladi. Ularni dasturiy, tehniq huquqiy, ahborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan. SHulardan eng asosiylarini yaqqolroq ko’rib chiqamiz.
Ahborot ta’minoti - ahborot tizimlari ichki mashina ahborot bazasini yaratishning tasniflash va kodlashtirish tizimlari, hujjatlashtirishning unifikasiyalashgan tizimlari hujjat ailanmasi va hujjatlar shakli uslublarini rasional holga keltirishni o’z ichiga olgan ahborotni joylashtirish va tashkil qilish buiicha uslublar va vositalar yig’indisidir. qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko’p jihatdan ishlab chiqilgan ahborot ta’minoti sifatiga bog’liq.
Dasturiy ta’minot — hisoblash tehnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (mahsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy proseduralarni tashkil etish, MKIT tehnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun hizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta’minot ahborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham mahsus vositalar — funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi (biznes-jarayonlar) turli hil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandisliq tehnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Tehnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini funksiyalashtirish uchun qo’llanuvchi tehnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operasiyalarni amalga oshiruvchi kurilmalarni o’z ichiga oladi, turli sinflardagi EHM dan tashqarida ham (ahborotni yig’ish, ro’yxatdan o’tqazish, boshlang’ich bosqichida qayta ishlash, tashqi (periferiya) tehnik vositalari, turli hil orgtehnika, telekommunikasiya va aloqa vositalari), EHMning o’zida ham shu operasiyalarni bajaradi.
Huquqiy ta’minot ahborot tizimini yaratish va funksiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ahborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta’minoti AT buyurtmachisi va tayyorlovchisi o’rtasidagi shartnomaviy o’zaro munosabatlar me’yoriy aktlari, chetga chiqishlarning huquqiy tartibga solinishini o’z ichiga oladi. MQIT ishlashining huquqiy ta’minoti: hisoblash tehnikasini qo’llash yordamida olinadigan hujjatlarga huquqiy kuch jihatini berish shart-sharoitlari; bu tehnik vositalarda ishlovchi shahs majburiyati va mas’uliyati, shu jumladan ahborotni o’z vaqtida va aniq qayta ishlashi huquqlari; ahborotdan foydalanish qoidalari va uning ishonchliligi bo’yicha bahslarni hal etish tartibi va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Lingvistik ta’minot inson va EKM muloqotini ishlab chi-kish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MKIT ni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini o’zida namoyon etadi.
Boshqarishning istalgan darajasi barcha funksional tizim-lardan ahborot olishga muhtoj bo’ladi, biroq u turli hajm va turli umumlashtirish darajasida bo’ladi.
Ahborot tizimlari piramida asosini tashkil etadi, ular yordamida ijrochi hodimlar ma’dumotni operasiyaviy qayta ishlash, quyi bo’g’indagi menejerlar esa operativ boshqarish bilan shu-g’ullanadi. Piramida ustida strategik boshqaruv darajasida ahborot tizimlari o’z vazifasini o’zgartiradi va strategik bo’ladi, ular qo’yilgan vazifalarning yomon tuzilmalashtirilganligi sharoitida qarorlarni qabul qilish bo’yicha menejerlar oliy bo’g’ini faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.
Operativ darajadagi ahborot tizimi bitim va voqealar (hisob raqami, nakladnoy, oylik maosh, kreditlar, homashyo va materiallar oqimi) haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlab, mutahassis-ijrochilarni qo’llab-quvvatlaydi.. Bu darajadagi AT vazifasi hrzirgi joriy ahvol haqidagi so’rov-ehtiyojlarga javob berish va operativ boshqaruvga mos keluvchi firma bitimlari oqimini tuzatishdir. Buning uddasidan chiqish uchun ahborot tizimi engil foydalaniladigan, uzluksiz ishlovchi va aniq ahborot beruvchi bulmogi lozim. Operativ darajada ahborotning vazifa, maqsad va manbalari oldindan belgilangan va yuqori darajada tuzilmalashtirilgan, qaror topshirilgan algoritmga muvofiq dastur-lashtirilgan.
Operativ darajadagi ahborot tizimi firma va tashqi muhit o’rtasida bog’lovchi bo’g’indir. Agar tizim yomon ishlasa, unda yoki tashkilot ahborotni tashqaridan olmaydi, yoki ahborotni bermaydi. Bundan tashqari, tizim — tashkilotdagi ahborot tizimlarining boshqa turlari uchun ahborotni asosiy etkazib beruvchidir, chunki ham operativ, ham arhiv ahborotini o’zida saqlaydi.
Ahborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mugahassis-larga keng yordam beradi. Muhandislar na loyihachilar ishi samaradorligini oshiradi. Bunday ahborot tizi.mlarining vazifasi — tashkilotga yangi ma’lumotlarni intorasiyalash va qog’oz hujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdir.
Sanoat jamiyati ahborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog’liq bo’la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stansiyalar va ofis tizimlari ko’rinishida bugungi kunda biznesda eng tez rivojlanmokda.
Ahborot tizimlarining bu sinfida ikki guruhni ajratib ko’rsatish mumkin:
• ofisni avtomatlashtirish ahborot tizimlari;
• bilimlarni qayta ishlash ahborot tizimlari.
Ofisni avtomatlashtirish ahborot tizimlari o’zining soddaligi va ko’p sohaliligi jihatidan istalgan tashkiliy darajada hodimlar tomonidan faol ishlatiladi. Ularni ko’proq o’rta malakali hodimlar: buhgalterlar, kotiblar, klerklar qo’llaydi. Asosiy maqsad — ma’lumotlarni qayta ishlash, ularning ish samaradorligini oshirish va kanselyariya mehnatini soddalashtirish.
Ofisni avtomatlashtirish AT turli mintaqalardagi ahborot sohasi hodimlarini o’zaro bog’laydi va haridorlar, buyurtmachilar, boshqa tashkilotlar bilan aloqa qilishga yordam beradi. Ularning faoliyati asosan hujjatlashtirish, kommunikasiyalarni boshqarish, jadvallar tuzish va hokazolarni qamrab oladi. Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
• turli matn prosessorlari yordamida kompyuterlarda matnni qayta ishlash;
• yuqori sifatli nashr mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• hujjatlarni arhivlashtirish;
• ishbilarmonlik ahborotini yuritish uchun eleetron kalendar va yon daftarlar;
• elektron va audiopochta;
• video va telekonferensiyalar.
Bilimlarni qayta ishlash ahborot tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari muhandislar, huquqshunoslar, olimlarning yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki yaratish chog’ida zarur bilimlarni o’ziga jo qiladi. Ularning vazifasi yangi ahborot va yangi bilimlarni yaratishdadir. Masalan, muhandislik va ilmiy loyihalash bo’yicha ihtisoslashgan ishchi stansiyalari tehnik ishlanmalarning yuqori darjasini ta’minlash imkonini beradi.
Menejment (boshqaruv) darajasi ahborot tizimlari o’rta boshqaruv bo’g’ini hodimlari tomonidan qarorlarning monitorin-gi(doimiy kuzatish), nazorati, qabul qilinishi va ma’muriy-lashtirish uchun foydalaniladi. Bu ahborot tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• joriy ko’rsatkichlarni avvalgisi bilan qiyoslash;
• muayyan vaqtda davriy hisobotlarni tuzish, operativ dara-jadagi kabi joriy voqealar bo’yicha hisobot berish emas;
• arhiv ahborotiga kirishni ta’minlash va hokazolar.
Ayrim AT oddiy bo’lmagan qarorlarni qabul qilishni ta’-minlaydi. Ahborot ta’minotiga talab qat’iy bo’lmagan holda bel-gilangan bo’lsa, ular: "nima bo’ladi, agar ...'' savoliga javob berishga qodirdir.
Bu darajada ahborot tizimlarining ikki turi: boshqaruv (menejment uchun) va qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlariga ajratish mumkin.
Boshqaruv AT uncha katta bo’lmagan tahliliy imkoniyatlarga ega. Ular kundalik va haftalik ahborotga muhtoj boshqaruvchilarga hizmat qiladi. Buning sababi shuki, ularning asosiy vazifasi firmadagi kundalik operasiyalarni kuzatib borish va qat’iy cho’zilmalashtirilgan yig’ma namunaviy hisobotlarni davriy shakllantirishdan iborat. Ahborot operasiyaviy darajadagi ahborot tizimidan keladi. Boshqaruv ahborot tizimlarining harakteristikalari:
• operasiyalarni nazorat qilish darajasida tuzilmalashgan qarorlar va qisman tuzilmalashgan topshiriqlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash uchun foydalaniladi;
• tezkor sharoit bo’yicha qarorlarning nazorati, hisobiyligi va qabul qilinishiga yo’naltirilgan;
• tashkilot ichidagi mavjud ma’lumotlar va ularning oqimiga tayanadi;
• kichik tahliliy imkoniyatlar va tez moslashmaydigan tuzilmaga ega.
Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlari natijalarini oldindan bilish qiyin bo’lgan, qisman tuzilmalashgan vazifalapra hizmat qiladi. Ular bir necha modelga ega bo’lgan ancha kudratli tahliliy apparatga ega. Ahborotni boshqaruv va operasiyaviy ahborot tizimlaridan oladi. Bu tizimlardan qaror qabul qiluvchi barcha mutahassislar: menejerlar, tahlilchilar va boshqalar foydalanadi. Masalan, ular tavsiyasi qurilmani sotib olish yoki ijaraga o.shsh haqidagi qarorni qabul qilishda qo’l keladi.
qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlarining harakteristikalari:
rivojlanishini oldindan bilish kiyin bo’lgan muammolarni hal etishni ta’minlaydi;
• modellashtirish va tahlil etishning murakkab asbob-uskuna vositalari bilan jihrzlangan;
• hal etilayotgan vazifalar va chiqish ma’lumotlarini quyishni engil o’zgartirishga imkon beradi;
• moslashuvchanligi bilan ajralib turadi va sharoitlar o’zgarishi bilan kuniga bir necha bor moslashadi;
• foydalanuvchiga eng ko’p yo’naltirilgan tehnologiyaga ega.
Istalgan tashkilot (firma) rivoji va muvaffaqiyati ko’p jihatdan unda qabul qilingan strategiyaga bog’liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatli vazifalarni hal etish uslub va vositalari jamlanmasi tushuniladi.
Hozirgi paytda bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan firmaning rivojlanishi va ish yuritish strategiyasi masalasiga katta e’tibor berila boshladiki, bu hrl ahborot tizimlariga qarashlarda tub o’zgarishlarga olib keldi. Ular firma mahsulotlari, uning vazifa, uslublari, hizmatlarini tanlashni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi strategik muhim. tizimlar sifatida baholana boshladi. Ahborot tyzimlarining yangi — strategik tipi paydo bo’ldi.
SHunday vaziyatlar ma’lumki, unda ahborot tizimlarining yangi sifati nafaqat firma tuzilishi, balki undagi sohalarning o’zgarishiga olib kelib, gullab-yashnashiga imkon yaratadi. Biroq bunda ayrim vazifa va ish turlarini avtomatlashtirish bilan bog’liq nohush psixologik sharoit yuzaga kelishi mumkin, bu hol esa hodimlar va ishchilardan ayrimlarining qisqarishiga olib keladi. Firma faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar.
Ahborot tizimi sifatini istalgan tashkilot faoliyatining strategik vositasi sifatida, mahsulot chiqaruvchi firma misolida ko’rib chiqamiz. Bu sharoitlarda firma boshqa firmalar bilan raqobatdosh bo’lishi lozim. Mazkur vaziyatda ahborot tizimidan sroydalanish nima keltirishi mumkin? Bu savolga javob berish uchun firmaning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini tushunish lozim, ya’ni:
• bozorda o’z siyosatini olib borayotgan raqobatchilar;
• tovar va hizmatlarni sotib olish bo’yicha turli imkoniyat-larga ega haridorlar;
• o’zining narh siyosatini olib borayotgan ta’minotchilar.
Agar firma bu omillarni hisobga olsa va quyidagi strategiyaga amal qilsa, o’ziga raqobatli afzalliklarni ta’minlaydi:
• mavjudidan manfaatli ravishda ajralib turuvchi yangi tovar va hizmatlarni yaratish;
• mavjud bo’lganlarga qaraganda bir qator ajralib turuvchi belgilarga ega firma tovar va hizmatlari ustun turuvchi bozorlarni qidirib topiù;
• haridor va ta’minotchilarni mazkur firmaga bog’lab qo’yuvchi aloqalarni yaratish;
• sifatga zarar keltirmagan holda mahsulot qiymatini ka-maytirish.
Strategik darajadagi ahborot tizimlari boshqaruvining oliy bo’g’iniga yuqorida tasvirlangan notuzilmaviy vazifalarni hal etish uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirishga yordam beradi. Asosiy vazifa — atrofda ruy berayotgan o’zgarishlarni firmaning mavjud potensiali bilan qiyoslash. Ular kutilmagan vaziyatlarda chiqarilgan qarorlarni kompyuter va telekommunikasiyaviy qo’llab-quvvatlashning umumiy muhitini yaratishga qaratilgan. Bu tizimlar eng mukammal dasturlardan foydalangan holda istalgan paytda ko’plab manbalardan ahborot berishga qodir. Ayrim strategik tizimlar uchun cheklangan tahdiliy imkoniyatlar hosdir.
Mazkur tashkiliy darajada AT yordamchi rolini o’ynaydi va menejerga qaror qabul qilish uchun zarur ahborotni tezkor berish vositasi sifatida foydalaniladi.
Hozirgi paytda nafaqat maqsadlari, balki vazifalari bo’yicha ham foydalanishning ko’p qirraliligi tufayli strategik ahborot tizimlarini kurishning umumiy konsepsiyasi hali ishlab chiqilmagan. Ikkita nuqtai nazar mavjud: birinchisi shu fikrga asoslanadiki, avval maqsad va strategiyalarni ahborot tizimiga moslash lozim, ikkinchisiga ko’ra, tashkilot maqsad va strategik rejalashtirishni ishlab chiqayotganda strategik AT dan foydalanadi. Bu o’rinda mazkur ikki nuqtai nazar sintezi metodologiyasi strategik ahborot tizimlarini ishlab chiqishga oqilona yondoshuv bo’ladi.
Istalgan firmada turli vazifadagi bir necha lokal (mahal-liy) ATga ega bo’lgan ma’kul, ular o’zaro aloqada bo’ladi va barcha darajadagi boshqaruv qarorlarini qo’llab-quvvatlaydi. Lokal ATlar o’rtasida turli hususiyat va vazifadagi aloqalar tashkil topadi. Ba’zi lokal ATlar firmada ishlovchi katta miqdordagi tizimlar bilan bog’liq bo’lishi va tashqi muhitga chiqishi mumkin, boshqalari esa faqat bitta yoki bir necha o’hshashlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Aloqani tashkil etishga bo’lgan zamonaviy yondoshuv boshqa firma yoki boshqa korporasiya bo’linmasining o’hshash ATga chiqishini o’z ichiga olgan lokal ichkifirma kompyuter tarmoqlarini qo’llashga asoslangan. Bunda mintakaviy va yalpi tarmoqlar zahiralaridan foydalaniladi.
Turli vazifadagi AT integrasiyasi asosida kompyuter tar-moklari yordamida firmada korporativ AT yaratiladi. Bunday AT foydalanuvchiga umumfirma ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi.
Firmada ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatini shakllantirishga ta’sir qiluvchi tegishli korporativ AT rolini ko’rib chiqamiz.
Firmada mahsulot chiqarishning barcha bosqichlarini qo’llab-quvvatlovchi ahborot tizimlari tahlili uchun turli darajadagi ahborot tafsilotlarini taklim etishi mumkin, buning natijasida mahsulot qiymatining yuqori me’yorda oshishi ruy beradigan bosqichlari aniqlanadi. Mazkur holatda mahsulot qiymatini kamaytirish bo’yicha strategiya tanlanishi mumkin. Kuriladigan choralar natijalari o’z navbatida ahborot tizimvda aks etadi. ßna olingan ahborotni tahdil uchun foydalanish mumkin bo’ladi. Bu hol oldiga quyilgan maqsadga erishilgunga qadar davom etadi.
Ahborot tizimi agar firmani harakatlar zanjiri deb qarasa (buning natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki hizmatlar qiymatining asta-sekin shakllanishi ruy beradi) eng ko’p samara berishi mumkin.
| Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan. | U holda bu zanjirga ulangan turli funksional vazifadagi ahborot tizimlari yordamida firma daromadlarini oshirishga yo’naltirilgan boshqaruv qarorlarining qabul qilish strategiyasiga ta’sir etish mumkin.
|