• Nazorat savollari
  • Quyosh energetika qurilmalari va elektr stansiyalari




    Download 425.53 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana25.02.2024
    Hajmi425.53 Kb.
    #162357
    Bog'liq
    1-2-3
    elektrohimija, Kolloid kimyo ma\'ruzalar, Shuhrat Hamroyev 2, 5466-Article Text-13725-1-10-20220329, Kitob 6383 uzsmart.uz, Falsafaning umum nazariy muammolari, Maxmud Olaqosh. Peshonamdagi nur, Nazariy malumot (1), Sardarova Valeriya, Tarmoq kabeli, 6-amaliy ish. Axborot xavfsizligi risklarini identifikatsiyalash, doniyor test, 5454, 2, maqola jadval 203 (2)


    QUYOSH ENERGETIKA QURILMALARI VA ELEKTR STANSIYALARI 
    Quyosh fotoelektr stansiyalar bilan birga kо‘p mamlakatlarda termodinamik 
    siklda ishlaydigan (nurlanish→issiqlik tashuvchisini qizdirish→bug‘→turbinani 
    aylantirish→elektr energiya) quyosh issiqlik elektr stansiyalar (QIES) loiyqalanadi 
    va ishlatiladi. 
    Parabolali-silindrik quyosh nurlanish konsentratorlar asosida tarqoq modulli 
    quyosh elektr stansiyalarning ishi asoslangan. Bunday QIES katta sondagi 
    modullardan iborat, ularning har qaysi parabolalik-silindrik konsentratorni va 
    uning fokusda joylashgan issiqlik qabul qilgichni о‘z ichiga oladi. Issiqlik qabul 
    qilgichda sirkulyatsiyalanuvchi issiqlik tashuvchisi qizdiriladi, u esa elektr 
    generator bilan birlashtirilgan issiqlik dvigatel uchun ishchi suyuqlik sifatida 
    ishlatiladi. Ushbu turdagi eng katta QIES AQShda qurilgan va u 12,5 MVt 
    quvvatga ega. 
    Katta quvvatga ega bо‘lmagan modulli turidagi QIESlar minorali QIESlarga 
    qaraganda ancha samarali. Odatda modulli turidagi QIESlarda konsentratsiyalash 
    maksimal darajasi 100 ga yakin bо‘lgan quyosh energiya chiziqli konsentratrlardan 
    foydalaniladi. 
    6.15-rasmda parabolali-silindrik konsentratorlar bilan SEGS-1 turidagi 
    QIESning sxemasi kо‘rsatilgan. 
    6.15-Rasm Parabolali-silindrik konsentratorli QIESning sxemasi: 
    1-parabolali konsentratorlar; 2-gaz bilan ishladigan qizdirgich-dubler; 3-issiqlik 
    almashtirgich; 4-kondensator; 5-turbogenerator 


    6.16,a-Rasm. Modulli QIESning parabolali-silindrik quyosh nurlanish 
    konsentratorli modullar, Solar Electric Generating System I. Kompaniya Luz 
    International, Kaliforniya AQSH 
    Issiqlik tashuvchi oqimining sirkulyatsiyani ta’minlash uchun elektr 
    energiyasidan sarfni pasaytirish va qabul qiluvchi quvurlarning diametrlarni 
    maksimal kamaytirish uchun isiqlik tashuvchi sifatida sintetik moy foydalaniladi. 
    Bunday turidagi stansiyalar bir nechta yuzlab kо‘zgu (1) larga ega, qora qoplamali 
    ingichka zanglamaydigan pо‘latli quvurlarga nurlanish yо‘naltiriladi. О‘ta 
    qizdirilgan moy (390 
    o
    S) issiqlik amashtirgich (3) ga о‘zatiladi, unda u о‘zining 
    issiqlikni suvga beradi, suv bug‘ga aylanadi. О‘ta qizigan bug‘ oddiy 
    turbogenerator (5) ni harakatga keltiradi, ishlatilgan bug‘ kondensator (4) ga о‘tadi. 
    Quyosh nurlanish yetarli bо‘lmaganda gazda ishlaydigan isitgich (2) dan 
    foydalaniladi. 
    Minorali quyosh QIESlar 
    Quyosh minorali issiqlik (termodinamik) elektr stansiyalarda elektr energiyani 
    ishlab chiqish uchun quyosh radiatsiya energiyasidan foydalaniladi. Ularda quyosh 
    energiya ketma- ketlik bilan issiqlikka aylantiriladi, undan keyin - v elektr 
    energiyaga (bug‘ qozon - turbina – generator sikli bо‘yicha). 
    Bunday qurilmalar quyidagi prinsip bо‘yicha ishlaydi: balandligi 40...100 m 
    bо‘lgan minoalar chо‘qqiga suvli qozon-issiqlik qabul qilgich о‘rnatiladi, unga 
    katta maydondan yassi kо‘zgular yordamida quyosh nurlari fokuslanadi. Qozonda 
    hosil bо‘lgan 200...500 
    o
    S temperaturali bug‘ elektr energiyani ishlab chiqarish 
    uchun turbinaga uzatiladi (6.17-rasm). 


    6.18-Rasm. Minorali turidagi quyosh issiqlik elektr stansiyaning tarkibiy sxemasi: 
    1-minora; 2-issiqlik qabul qilgich; 3-geliostatlar; 4-sovuq issiqlik tashuvchi uchun 
    rezervuar 5-issiq issiqlik tashuvchi uchun rezervuar; 6-issiqlik almashtirgich; 7-
    bug‘ turbina; 8-elektr generator; 9-kondensator; 10-transformator; 11-elektr 
    tarmoq; 
    12- issiq issiqlik tashuvchi; 13- sovuq issiqlik tashuvchi; 14-bug‘ 
    6.18-rasmda energetika sohasidagi issiqlik sinovlarni va tajribalarni utkazish 
    uchun Amerikadagi NSTTF quyosh qurilma keltirilgan. NSTTF qurilma 60-
    metrdagi minora-nishon va har qaysi 6×6 metr о‘lchamdagi 220 geliostatlardan 
    iborat. Kо‘zgular, arximed qurilmaga о‘xshash, quyosh nurlanishni qurilmaning 
    yuqoridagi bir yarim metrli bitta dog‘chaga yо‘naltiradi, unda quyoshli kunlarda 
    temperatura 2000 °S gacha kо‘tariladi. Bu esa Quyosh yuzasidagidan 2,5 martaba 
    kichik va napalm yonish temperaturasidan ikki marta katta. Qurilmadagi 
    kо‘zgularning maydoni 8500 m
    2
    va issiqlik quvvat esa 5 MVt ga teng. 
    6.19-Rasm NSTTF quyosh issiqlik elektrostansiyasi, AQSH 


    6.20-Rasm Solar Two minorali quyosh elektr stansiyasi, quvvat 10 MVt. 
    Kaliforniya AQSH 
    Torresol Energy kompaniya Fuentes-de-Andalusiyada (Ispaniya) Gemasolar 
    Power Plant quyosh isssiqlik elektr stansiyani qurilgan, quvvat 20 MVt (6.20-
    rasm). Minoradagi issiqlik qabul qilgichning temperaturasi 500...1000 
    o
    S tashkil 
    etadi. Issiqlik tashuvchi sifatida azot kislotalar tuz ishlatiladi. Bu esa issiqlik 
    tashuvchining 500 
    o
    S temperaturada 13...24 soat davomida issiqlikni saqlash 
    imkoniyatni beradi. QIES tungi vaqtda va bulutli ob-havoda ham ishlash mumkin. 
    6.21-Rasm Gemasolar Power Plant quyosh issiqlik elektr stansiyasi (Ispaniya) 


    6.22-Rasm PS20 quyosh issiqlik elektr stansiyasi (Ispaniya) 
    Abengoa Solar kompaniyasi tomonidan qurilgan PS20 quyosh issiqlik elektr 
    stansiya 20 MVt quvvatga ega (6.22-rasm). Minoraning balandligi 161 m, 1255 
    geliostatlar, geliostatlardagi har bir ko‘zguning yuzasi 120 m
    2
    . Issiqlik qabul 
    qilgichning temperaturasi 538...1482 
    o
    S tashkil etadi. 
    Stirling Energy System Inc firma tomonidan AQSH Arizona shtatda 
    qurilgan quyosh mini-stansiya parabolali konsentratorli Stirling dvigatellar bilan 6 
    ta modullardan iborat (6.23- rasm). Parabolalik ko‘zgularning diametri 11 m, har 
    bir modulning quvvati 25 kVt. Stirling dvigatelda ishchi modda sifatida vodorod 
    ishlatiladi. 
    6.23-Rasm. Stirling dvigatel bilan parabolali konsentratorlar asosidagi quyosh 
    issiqlik elektr stansiyasi. AQSH, Arizona shtat 


    Nazorat savollari:
    1.Yuqori temperaturali quyosh qurilmalarining vazifasi nima?
    2.Konsentratorning vazifasi nima? 
    3.Quyosh elektr stansiyasining vazifasi nima?
    4.Quyosh o’chog’i nima? 

    Download 425.53 Kb.




    Download 425.53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyosh energetika qurilmalari va elektr stansiyalari

    Download 425.53 Kb.
    Pdf ko'rish