• Nazorat amallari
  • Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Ichki nazorat tizimi tuzilmasi 
     
    Nazorat muhiti - korxonada 
    ichki nazorat uchun qulay 
    bo’lgan o’zaro xizmat 
    munosabatlarini aniqlaydigan 
    belgilar yig’indisidir 
     
    Korxonadagi buxgalteriya 
    hisobi tizimi - tegishli 
    xo’jalik muomalalarini 
    yozishga taalluqli hisob 
    siyosati va amallardir 
     
    Nazorat amallari - korxona 
    xodimlari tomonidan 
    bajariladigan maxsus 
    tekshiruvlar 


    269 
    haqi bilan o’z vaqtida ta’min-lanishi, xodimlarning malakasi oshirilayotganligi, 
    buxgalteriya hisobida amalga oshirilayotgan muomalalarni tekshirishga huquqi 
    borligini, ta’sischilar umumiy yig’ilishining qarorlari, buyruqlari bilan 
    tanishayotganligi va boshqa sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
    Agarda yuqorida sanab o’tilgan shart-sharoitlar ichki nazorat tizimiga to’liq 
    yaratib berilgan hamda ushbu bo’lim xodimlari o’z vazifalarini sidqidildan 
    bajarayotgan bo’lsa, u holda auditor ichki nazorat tizimining faoliyatini ishonchli 
    deb topadi hamda tekshirish muddati va unga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi. 
    Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatiga baho berishda muayyan usullarni 
    qo’llaydi. Bu usullar auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Eng ko’p 
    uchraydigan tekshirish usuli test hisoblanadi. Odatda, test usuli tanlab tekshirish 
    asosida amalga oshiriladi.
    Mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini ishonchli deb 
    topish uchun uning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
    1. Haqqoniylik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar haqiqatda 
    bo’lgan hamda ular o’z vaqtida hujjatlarda rasmiy-lashtirilganligini anglatadi. 
    2. To’liqlik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar buxgalteriya 
    hisobida bekamu ko’st, to’lig’icha aks ettirilganligini ifodalaydi. 
    3. Ruxsat.
    4. Aniqlik. Bu talab hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlaridagi 
    summalarning aniq hisoblanganligini anglatadi. 
    5. Tasniflash. Bu talab barcha muomalarning hisobvaraqlarda to’g’ri, mos 
    ravishda aks ettirilganligini anglatadi. 
    6. Hisob. Bu talab muomalalarga mos keluvchi barcha hisob jarayoni 
    tugallanganligini hamda u umumqabul qilingan standartlarga mos kelishini 
    ifodalaydi. 
    7. Davriylik. Bu talab muomalalar qaysi davrda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha 
    davrda rasmiylashtirilishini anglatadi. 


    270 
    Yuqorida sanab o’tilgan talablarga javob berish auditorlarning mijoz 
    korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining to’g’ri 
    baholashiga yordam beradi. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish