Moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/174
Sana09.01.2024
Hajmi2,41 Mb.
#132887
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha 
kelishuvda ko’riladigan masalalar 
audit ham sharh ham o’tkazilmasligi va, 
tegishli ravishda, hech qanday ishonchlilik 
bildirilmasligi ko’rsatilgan kelishuv tavsifi 
ushbu kelishuv bajarilishi paytida xatolar, 
g’ayriqonuniy harakatlar yoki boshqa 
kamchiliklar, masalan kuzatiladigan 
tovlamachilik yoki o’zlashtirishlar
yoritilishini faraz qilib bo’lmaydigan holati 
mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim bo’lgan 
ma’lumot tavsifi 
kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot 
to’liq va aniq bo’lishi uchun buxgalterga 
taqdim etiladigan ma’lumotning aniqligi va 
to’liqligi yuzasidan sub’ekt rahbariyati mas’ul 
ekanligining holati 
moliyaviy hisobot kompilyatsiyalashtirish 
uchun buxgalteriya hisobining asosi va u 
hamda har qanday ma’lum bo’lgan undan 
chetga chiqishlar yoritiladi degan holat 
kompilyatsiyalashtirilgan ma’lumotdan 
foydalanish va tarqatish taxmini 
kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy ma’lumot 
yuzasidan, agar u bilan buxgalterning ismi bog’liq 
bo’lgan taqdirda, taqdim etiladigan hisobot shakli 


340 
bajarilganligi yuzasidan dalillar taqdim etish uchun muhim hisoblangan jabhalarni 
hujjatlashtirishi lozim. 
Buxgalter sub’ektning biznesi va faoliyati to’g’risida umumiy bilim olishi va 
sub’ekt faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqning buxgalteriya hisobi va amaliyoti hamda 
ushbu vaziyatlarda muvofiq bo’lgan moliyaviy ma’lumotning shakli va mazmuni 
bilan tanishishi lozim. 
Moliyaviy ma’lumotni kompilyatsiyalashtirish uchun buxgalterdan sub’ekt 
faoliyatining tavsifi, hisob yozuvlarining shakli va moliyaviy hisobot taqdim 
etiladigan buxgalteriya hisobining asosi to’g’risida umumiy tushunish olish talab 
qilinadi. Odatda buxgalter ushbu masalalar bo’yicha bilimlarni ushbu sub’ekt bilan 
ish tajribasi asosida yoki uning xodimlari bilan so’rovnoma o’tkazish yo’li bilan 
oladi. 
Bundan tashqari, xalqaro standart ta’kidlanganidek, buxgalterdan odatda 
quyidagilar talab qilinmaydi: 
(a) taqdim etilgan ma’lumotning ishonchliligi va to’liqligiga baho berish 
maqsadida sub’ekt rahbariyati 
(b) bilan so’rovnoma o’tkazish; 
(v) ichki nazoratga baho berish; 
(g) qandaydir masalalarni verifikatsiyalash; yoki qandaydir tushuntirishlarni 
verifikatsiyalash. 
Agar buxgalterga sub’ekt rahbariyati tomonidan taqdim etilgan ma’lumot 
noto’g’ri ekanligi yoki to’liqsiz hajmda taqdim etilganligi yoki boshqacha 
ko’rinishda qoniqarsiz ekanligi to’g’risida ma’lum bo’lsa, buxgalter yuqorida qayd 
etilgan muolajalarni bajarish masalasini ko’rib chiqishi va qo’shimcha ma’lumot 
taqdim etish to’g’risida sub’ekt rahbariyatiga murojat qilishi lozim. Agar sub’ekt 
rahbariyati qo’shimcha ma’lumotni taqdim etishdan bosh torgan taqdirda, 
buxgalter xizmat ko’rsatishni to’xtatilish sabablari yuzasidan sub’ektga axborot 
berib, kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim. 
Buxgalter kompilirlangan ma’lumotni o’qib chiqishi va u shakli bo’yicha 
muvofiqligi va qandaydir ochiqdan-ochiq muhim noto’g’riliklarga ega emasligini 


341 
ko’rib chiqishi lozim. Buning yuzasidan noto’g’riliklar quyidagilardan iborat: 
- belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosni 
qo’llashda xatolar; 
- moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosning va undan 
har qanday ma’lum bo’lgan chetga chiqishlarning yoritilmasligi; 
- buxgalterga ma’lum bo’lgan har qanday muhim jabhalarning 
yoritilmasligi. 
Belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asos va 
ma’lum bo’lgan undan chetga chiqishlar, ushbu chetga chiqishlarning miqdoriy 
ta’sirini aniqlash ehtiyoji bo’lmasa ham, moliyaviy ma’lumotda yoritilishi lozim. 
Agar buxgalterga muhim noto’g’riliklar haqida ma’lum bo’lgan taqdirda, u 
tegishli tuzatishlar yuzasidan sub’ekt rahbariyatining roziligini olishga harakat 
qilishi lozim. Agar bunday tuzatishlar kiritilmasa va moliyaviy hisobot 
chalg’itishga olib kelsa, buxgalter kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim. 
Buxgalter moliyaviy hisobot tegishli ravishda taqdim etilganligi va ushbu 
moliyaviy hisobotni tasdiqlaganligi to’g’risida sub’ekt mas’uliyatga ega ekanligi 
to’g’risida tasdiq olishi lozim. Bunday tasdiq buxgalteriya hisobining eng asosiy 
va ahamiyatli ma’lumotlarining aniqlik va to’liqlik masalarini qamrovchi hamda 
barcha muhim va relevant ma’lumotni buxgalterga to’liq yoritadigan sub’ekt 
rahbariyatining taqdimotlari shaklida taqdim etilishi mumkin. 
Kompilyatsiya kelishuvi bo’yicha hisobotlar quyidagilardan iborat bo’lishi 
lozim: 
(a) sarlavha; 
(b) oluvchi; 
(v) kelishuv kompilyatsiya kelishuvlarida qo’llaniladigan XAS yoki milliy 
standartlar yoki amaliyotga muvofiq bajarilganligi to’g’risida ta’kidlash; 
(g) o’rinli bo’lgan joyda, buxgalter sub’ektga nisbatan mustaqil emasligi 
to’g’risida ta’kidlash; 
(d) moliyaviy hisobot sub’ekt rahbariyati tomonidan taqdim etilgan 
ma’lumotga asoslanganligini ko’rsatgan holda, moliyaviy hisobotni solishtirish; 


342 
(e) buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot uchun 
mas’uliyat sub’ekt rahbariyatining zimmasiga yuklatilganligi to’g’risida ta’kidlash; 
(j) audit ham sharh ham o’tkazilmaganligi hamda shu munosabati bilan 
moliyaviy hisobot bo’yicha hech qanday ishonchlilik bildirilmaganligi to’g’risida 
ta’kidlash; 
(z) agar lozim bo’lgan taqdirda, belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim 
etish bo’yicha kontseptual asosdan muhim chetga chiqishlar yoritilganligiga e’tibor 
qaratadigan band kiritish; 
(i) hisobot sanasi; 
(k) buxgalterning manzili; 
(l) buxgalterning imzosi. 
Buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy ma’lumot 
bo’yicha moliyaviy hisobot to’liq to’plamining har bir varag’ida yoki birinchi 
varag’ida “Audit o’tkazilmagan”, “Audit yoki sharh o’tkazilmasdan turib 
kompilyatsiyalashtirilgan” yoki “Kompilyatsiya hisobotiga taalluqli” degan izohlar 
bo’lishi lozim. 

Download 2,41 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha

Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish