11.7. Moliyaviy ma’lumot yuzasidan kelishilgan muolajalarni bajarish
bo’yicha kelishuvlar
Kelishilgan muolajalarni bajarish bo’yicha kelishuv auditor tomonidan
moliyaviy ma’lumotning alohida moddalari (masalan, kreditorlik qarzi, debitorlik
qarzi, bog’liq tomonlardan xaridlar hamda sub’ekt segmentining sotishi va
335
foydasi), moliyaviy hisobot (masalan, buxgalteriya balansi) yoki moliyaviy
hisobotning to’liq to’plami yuzasidan muayyan muolajalarni bajarishdan iborat
bo’lishi mumkin.
Kelishilgan muolajalar bo’yicha kelishuvning maqsadi auditor tomonidan
auditor, sub’ekt va har qanday uchinchi toionlar bilan kelishilgan auditorlik
muolajalarini bajarish va amaldagi natijalar bo’yicha hisobot taqdim etishdan
iborat.
Auditor faqat kelishilgan muolajalar bo’yicha amaldagi xulosalar yuzasidan
hisobot taqdim etishi munosabati bilan hech qanday ishonchlilik bildirilmaydi.
Buning o’rninga foydalanuvchilarning o’zi auditorning hisoboti bo’yicha
muolajalarga va amaldagi xulosalarga baho beradi va auditorning ishidan kelib
chiqib o’zining xulosalarini chiqaradi. Ushbu hisobot faqat bajariladigan
muolajalar kelishuvida ishtirok etadigan tomonlarga taqdim etiladi, chunki
muolajalarni o’tkazish sabablari bilan tanish bo’lmagan tomonlar ularning
natijalarini noto’g’ri talqin etishi mumkin.
Kelishilgan muolajalar bo’yicha kelishuvlar uchun mustaqillik talab
qilinmaydi; biroq kelishuv shartlari yoki vazifalari auditordan mustaqillik
yuzasidan Malakaviy buxgalterlarning ahloqiy kodeksi talablariga rioya qilishni
talab etishi mumkin. Agar auditor mustaqil bo’lmasa, amaldagi xulosalar bo’yicha
hisobotda bu haqida ta’kidlab o’tish lozim.
Auditor amaldagi xulosalar bo’yicha hisobot nusxalarini oladigan sub’ekt
vakillari va odatda boshqa muayyan tomonlar kelishilgan muolajalar va kelishuv
shartlari yuzasidan aniq tushunishga egaligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Kelishishni talab qiladigan masalalar quyidagilardan iborat:
- bajariladigan muolajalar audit yoki sharh emaslik holati va, tegishli
ravishda, hech qanday ishonchlilik bildirilmasligini ta’kidlovchi sharhning tavsifi;
- kelishuvning belgilangan maqsadi;
- kelishilgan muolajalar qo’llaniladigan moliyaviy hisobotni solishtirish;
- aniq belgilangan bajariladigan muolajalarning tavsifi, muddati va hajmi;
- amaldagi xulosalar bo’yicha hisobotning kutilayotgan shakli;
336
- amaldagi xulosalar bo’yicha hisobotni tarqatish yuzasidan cheklovlar. Agar
bunday cheklovlar huquqiy talablarga zid bo’lgan taqdirda, auditor ushbu
kelishuvni qabul qilmasligi lozim.
Muayyan vaziyatlarda, masalan, muolajalar tartibga soluvchi idoralar,
tarmoq vakillari va buxgalteriya kasbiy vakillari o’rtasida kelishilgan taqdirda,
auditor javob oladigan barcha tomonlar bilan muolajalarni muhokama qila
olmaydi. Bunday holatlarda, auditor, masalan, jalb etilgan tomonlarning tegishli
vakillari bilan bajariladigan muolajalar muhokamasini, bunday tomonlar bilan
tegishli xat yozishuvlarni sharhlash yoki ularga chop etiladigan namunaviy hulosa
loyihasini taqdim etishni ko’rib chiqishi mumkin.
Auditor o’zining manfaatini ko’zash bilan bir qatorda, mijoz manfaatlarini
ko’zlagan holda, tayinlashning tayanch shartlarini hujjatlashtiradigan xat-kelishuv
yo’llashi maqsadga muvofiqdir. Xat-kelishuv auditor tomonidan tayinlanganligini
qabul qilganligini tasdiqlaydi va kelishuvning maqsadi va ko’lami, auditorning
mas’uliyat darajasi va chop etiladigan hisobotlarning shakli kabi masalalar
yuzasidan to’g’ri tushunmovchiliklarni oldini olishga yordam beradi.
Xat-kelishuvga quyidagi masalalar kiritiladi:
- bajarilishi lozim bo’lgan tomonlar o’rtasida kelishilgan muolajalarning
ro’yxati;
- amaldagi xulosalar bo’yicha hisobot tarqatilishining bajarilishi lozim
bo’lgan muolajalar yuzasidan kelishib olgan muayyan tomonlar tomonidan
cheklanishi to’g’risida ta’kidlash.
Bundan tashqari, auditor xat-kelishuvga ilova qilingan chop etiladigan
amaldagi xulosalar bo’yicha namunaviy hisobot loyihasini ko’rib chiqishi mumkin.
Auditor
kelishuvni
samaradorlik
bilan
bajarishni
ta’minlaydigan ishni
rejalashtirishi lozim. Auditor amaldagi xulosalar bo’yicha hisobotni tasdiqlaydigan
dalillarni va kelishuv xalqaro standart va ushbu kelishuv shartlariga muvofiq
bajarilganligi yuzasidan dalillarni taqdim etish uchun muhim bo’lgan jabhalarni
hujjatlashtirishi lozim. Auditor kelishilgan muolajalarni bajarishi va olingan
337
dalillardan amaldagi xulosalar bo’yicha hisobot taqdim etish uchun asos sifatida
foydalanishi lozim.
Kelishilgan muolajalarni bajarish bo’yicha kelishuvda qo’llaniladigan
muolajalar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- so’rovnoma va tahlil;
- qaytadan hisoblash, solishtirish va aniqlik yuzasidan boshqa tekshirishlar;
- kuzatish;
- tekshirish; tasdiqlarni olish.
Kelishilgan muolajalar bo’yicha kelishuv yuzasidan hisobot foydalanuvchi
bajarilgan ishning tavsifi va hajmini tushunishi uchun, auditor maqsad va
muolajalarni etarli darajada batafsil yoritishi lozim.
Amaldagi xulosalar bo’yicha hisobot quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi (odatda, kelishilgan muolajalarni bajarish uchun auditorni taklif
etgan mijoz);
(v) kelishilgan muolajalar qo’llanilgan aniq belgilangan moliyaviy va
moliyaviy bo’lmagan ma’lumotni solishtirish;
(g) bajarilgan muolajalar oluvchi bilan kelishilganligini ta’kidlash;
(d) kelishuv kelishilgan muolajalar bo’yicha kelishuvlar yuzasidan
qo’llaniladigan Auditning xalqaro standartlariga yoki tegishli milliy standartlar
yoki amaliyotga muvofiq bajarilganligini ta’kidlash;
(e) agar lozim bo’lsa, auditor sub’ektdan mustaqil emasligini ta’kidlash;
(j) bajarilgan kelishilgan muolajalarning maqsadini solishtirish;
(z) bajarilgan aniq belgilangan muolajalarning ro’yxati;
(i) auditorlik amaldagi xulosalarni, jumladan aniqlangan xatolar va
istisnolarning etarli tafsilotlari bilan bayon etish;
(k) bajarilgan muolajalar audit yoki sharh emasligi va shuning uchun hech
qanday ishonch bildirilmasligini ta’kidlash;
(l) agar auditor qo’shimcha muolajalarni, auditni yoki sharhni bajarganda
hisobotda yoritish uchun boshqa masalalar aniqlanishi mumkinligini ta’kidlash;
338
(m) hisobot bajarilishi lozim bo’lgan muolajalar bo’yicha kelishilgan
tomonlar tomonidan cheklanganligini ta’kidlash;
(n) hisobot faqat elementlar, hisobvaraqlar, moddalar yoki muayyan
moliyaviy va moliyaviy bo’lmagan ma’lumotga tegishlikligini va u sub’ektning
umuman moliyaviy hisobotiga taalluqli emasligini ta’kidlash (mumkin bo’lgan
joyda);
(o) hisobot sanasi;
(p) auditorning manzili;
(r) auditorning imzosi.
|