334
taqdim etilgan”) yomonlashtiradigan masalalarni jumladan, agar amaliyotda buni
amalga oshirib bo’lsa, moliyaviy hisobotga taxminiy ta’sirining miqdori
aniqlanishini yoritish va:
(i) yoki taqdim etilgan salbiy ishonch bo’yicha izohni shakllantirish; yoki
(ii) bunday holatning moliyaviy hisobotga ta’siri shunchalik muhim va
chuqurki, auditor izoh moliyaviy hisobotning noto’g’ri ko’rsatilgan yoki to’liq
bo’lmagan tavsifini yoritish uchun mos emas degan xulosa chiqaradi va moliyaviy
hisobot belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosga
muvofiq, moliyaviy hisobot to’g’ri va ishonchli aks etmagan (yoki “barcha asosiy
jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim etilmagan”) deb ta’kidlaydi; yoki
(v) ko’lam muhim cheklanganda ushbu cheklovlarni yoritish va:
(i) agar ushbu cheklov bo’lmagan taqdirda zarur deb aniqlanishi mumkin
bo’lgan moliyaviy hisobotning ehtimoliy tuzatishlari yuzasidan taqdim etilgan
salbiy ishonch bo’yicha izoh bildirish; yoki
cheklovlarning taxmin qilinayotgan ta’siri shunchalik ahamiyatli va chuqrki,
auditor ishonchning qandaydir dara-jasini taqdim etish mumkin emasligi
to’g’risida xulosa chiqargan taqdirda, hech qanday ishonch bildirmaslik.
(ii) Auditor sharh bo’yicha hisobotga, hisobot sanasigacha sodir etilgan
hodisalarga taalluqli muolajalardan iborat sharh yakunlangan kundagi sanani
qo’yishi lozim. Shunga qaramasdan, auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan
tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo’yicha hisobot taqdim etish
yuzasidan mas’uliyatga ega bo’lganligi munosabati bilan, auditor sharh bo’yicha
hisobotga sub’ekt rahbariyati tomonidan moliyaviy hisobot tasdiqlangan sanadan
oldingi sana qo’yishi mumkin emas.