|
Это просто рамка для документов
|
bet | 1/20 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #134912 |
Bog'liq anvar 4 kurs hisobot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI” fakulteti
“ENOLOGIYA VA UMUMIY OVQATLANISHNI TASHKIL ETISH KAFEDRASI”
HISOBOT
“YANGIYO’L BIOKIMYO ”AJ
BITIRUV OLDI AMALIYOTI
Mundarija
Kirish…………………………………………………….....
Korxonaning iqtisodiy-geografik tavsifi……………………
Korxona tarixi……………………………………………….
Texnologik qism:
I xom-ashyo bazasi va xom-ashyo tavsifi……………………
II ishlab chiqarilgan mahsulot assortimenti……………….….
III ishlab chiqarishning texnologik sxemasi
va izohi………………………………………………………..
5. Texnokimyoviy va mikrobiologik nazorat…………………
6. Xom-ashyo va yordamchi materiallar sarfi,
yo‘qotishlar normasi…………………………………………...
7. Iqtisodiy qism…………………………………………….…
8. Atrof muhitni muhofazalash………………………………...
9. Mehnat muhofazasi………………………………………….
10. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach donli ekinlar ekiladigan maydonlar kengaytirildi. Donli ekinlarning ko‘p miqdorda etishtirilish ularning bir qismini oziq-ovqat spirti olish uchun ishlatishga imkoniyat yaratdi. Xozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxotlar axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish va bu soxadagi ta’minotni tubdan yaxshilab, ishlab chiqariladigan maxsulot sifatini jahon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Keyingi yillarida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan soha taraqqiyotiga katta ahamiyat berilmoqda. Buni so‘nggi yillarda qabul qilingan qarorlar va farmonlarda ham ko‘rish mumkin.
Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion maftunkorligini oshirish, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish, sohani boshqarishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi „Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi PQ-3573 sonli qarori va 2019 yil 5 fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5656 sonli farmoni qabul qilindi. Bunga muvofiq "O‘zstandart" agentligi balansidagi etil spirtning sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar Inspeksiya boshqaruviga o‘tkazildi, alkogol, likyor-aroq va vino mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, texnik navli tokzorlarni ko‘paytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash investitsiyalarni jalb etish kabi vazifalar belgilab berildi.
1.O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining :
a) O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligini tashkil qilish;
b) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasini tashkil qilish;
c) "O'zsharobsanoat" AJ ning boshqaruv organlari yig'ilishlarida jamiyatning tashkilotlar ustav kapitallaridagi ulushini 1-ilovaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish bilan jamiyatni tugatish masalasini ko'rib chiqishni ilgari surish;
g) quyidagilarining ustav kapitalidagi ulushini;
"O'zsharobsanoat" AJ "Zomin uzumchilik o'quv markazi " MCHJ ni kelgusida uni Agentlik qoshidagi "Uzumchilik o'quv markazi "DUK ga aylantirgan holda;
"O'zsharobsanoat" AJ ning "Markaziy sinov laboratoriyasi "MCHJ ni kelgusida uni Agentlik huzuridagi "Enalogiya laboratoriyasi "DUK ga aylantirgan holda Agentlikka berish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan PF-5656 sonli prezident farmoni imzolandi.
Spirtning turlari ko‘p, lekin ularning ichida eng mashhuri — etil spirtidir. (etanol, vino spirti) Etil spirti rangsiz suyuklik bulib, o‘ziga xos hidga ega. Oziq-ovqat xom ashyosini achitib, o‘simlik materiallarini gidrolizlab va sintetik yul bilan (etilenni gidratlab) olinadi. Spirt 78,150 C °da qaynaydi, tarkibida 4,5% suv bo’ladi. Uni suvsizlantirib, absolyut spirtga aylantirish mumkin. Kraxmaldan spirt olib 1 oy uchun avval u shakarga aylantirilib, keyin achitiladi. Irlandiyada spirt kartoshkadan, AQShda esa qora shinnidan olinadi.
Spirt suvdan yengil, lekin qanchadir miqdorda suv bilan yaxshi aralashtirilsa, avtomashina radiatorlarida ishlatiladigan sovuqqa chidamli bo’lgan "Antifriz" deb ataluvchi modda hosil qiladi. Shuningdek, bo’yoqlarga yuvuvchi vositalar va dorivor moddalar ishlab chiqarishda spirt keng qo’llaniladi.
|
| |