|
Spirt rektifikatni organoleptik ko‘rsatgichlarini aniqlash
|
bet | 14/20 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #134912 |
Bog'liq anvar 4 kurs hisobotSpirt rektifikatni organoleptik ko‘rsatgichlarini aniqlash.
Spirt rektifikatini organoleptik ko‘rsatgichini o‘n balli sistemada baholanadi.Eng yuqori 10 ballik bahoni spirtda quyidagi usulda aniqlanadi.
-tiniqligi va rangi bo‘yicha - agar u rangsiz va tiniq bo‘lsa - 2 ball;
-hidi bo‘yicha - har hil begona hidlarsiz, toza spirt hidli bo‘lsa - 4 ball;
-mazasi bo‘yicha – shirin yoki achchiq qo‘shimcha taomlar bo‘lmasa va qattiq kuydirmaydigan, normal spirt mazasi bo‘lsa - 4 ball.
Nazoratning chastotasi: xom ashyo va yordamchi materiallar qabul qilish vaqtida mavjud standartlarga muvofiq tekshiriladi.
Donni qayta ishlash bo'limida tiqilib qolish, kraxmal tarkibi, donning namligi, donni maydalash darajasi nazorat qilinadi.
Solod filiali solod don barcha sifat ko'rsatkichlari: sornost, namlik va harorat, prostaemost
Xamirturush va fermentatsiya bo'limlarida-komponentlar vazifasi, fermentatsiya harorati rejimlari, spirtli ichimliklarni tarkibi.
6.XOM-ASHYO VA YORDAMCHI MATERIALLAR SARFI
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan yordamchi maxsulotlarga ortofosfor kislotasi, ammoniy sulfat, karbamid, diammoniyfosfat, biostimulyatorlar, sulfiat kislotasi, xlorid kislota kiradi. Bu moddalar achitqilar uchun qo‘shimcha ozuqa muxiti vazifasini bajaradi.
Suslani nordonlashtirish uchun ishlatiladigan kislotalar kraxmmali xom ashyolardan spirt olishda, achitqi suslasini nordonlashtirish uchun sulfat kislotasi, melassa suslasini nordonlashtirish uchun sulfat yoki xlorid kislota ishlatiladi.
Sulfat kislota. Spirt ishlab chiqarish korxonalariga kislota pulatli sisternalarda temir yo‘l orqali olib kelinadi va po‘lat idishlarda saqlanadi.
Xlorid kislota. Asosan 40 l shisha butilda, pulatli ilishlarda olib kelinadi.
Masalan, melassa tarkibida fosfor, azot yetarli darajada emas. Shuning uchun fosfor kislotasi va ammoniy sulfat suslani boyitish uchun qo‘llaniladi.
Ortofosfor kislotasi rangsiz suyuqliq bo‘lib, zichligi 1,565 ga teng, tarkibida 70% N3RO4 bo‘ladi. Ortofosfor kislotasi pulatli sisternalarda temir yo‘l oqali olib kelinadi. Sisterna antikorrozion qatlam Bilan qoplangan bo‘ladi yoki 20-30 litrli shisha butilda olib kelinadi. Kislota sovuq xonalarda saqlanadi.
Ammoniy sulfat oq yoki nim sariq tuzli bo‘lib, tarkibida 21% NH3 , namligi 1,5%, 0,05-0,2% erkin sulfat kislotasi bo‘ladi.50oC da 100 g suvda 84,3 g ammoniy sulfat eriydi. Ammoniy sulfat tuzi polietilen qoplarda saqlanadi.
Karbamid – SO(NH2)2 – karbamin kislotasini amini bo‘lib, kristall yoki granula xolatida bo‘ladi. Azot miqdori 46%. Karbamid kraft qoplarda 35-50 kg qilib qoplangan bo‘ladi.
Diammoniyfosfat. Diammoniyfosfat (NH4)2HPO4 – oq tuz bo‘lib, tarkibida 50% R2O5 va NH3 bo‘ladi. 50oC da 100 g suvda 89,2 g diammoniy fosfat eriydi. Diammoniyfosfat bitumlangan kraft-qoplarda 50 kg qadoqlanadi. Diammoniyfosfat shartli ravishda 70% N3RO4 xisobida beriladi.
|
| |