• Texnologik sxemaning izohi
  • Harorat almashtirish moslamasi




    Download 1,12 Mb.
    bet11/20
    Sana11.01.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #134912
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
    Bog'liq
    anvar 4 kurs hisobot

    Harorat almashtirish moslamasi
    - Uni ishlatishdan oldin unga keladigan va undan chiqib changa borib tushadigan liniyalarni yaxshilab suv bilan yuvib tozalanadi va ishga qo‘yiladi.
    - Agarda teploobmennik yaxshi sovutmasa yoki achitqini yaxshi nasoslar xaydayolmasa achitqi liniyasi va suv liniyasi tiqilib qolgan bo‘ladi.
    Bu xolatni yaxshilash uchun plastinkali teploobmenikni plastinkalari tozalab suv bilan yuvib tozalanadi va berkitilib ishga qo‘yiladi.
    Sig‘imlarga susla olinib bo‘lgach har 4 soat davomida labaratoriya analiz qilinib turiladi kislotasi, harorati, quruq mikdori, pH, labaratoriya jo‘rnaliga yozib turiladi.
    Sig‘imlarda achitish jarayoni 40 soatgacha boradi. 1-spirt analizi qayta xaydalib (peregonka) kilib ajratib olinib natijani jo‘rnalga kiritib qo‘yiladi.
    2-marta 48 soatda tekshirib jo‘rnalga kiritiladi. Sr.SV-21,8

    1. 400C. Alkogol – 9,5%;

    2. 480C. Alkogol – 10,0%;

    3. 520C. Alkogol – 10,4%;

    4. 640C. Alkogol – 10,68%;

    5. 720C. Alkogol – 11,2%.

    Achitish bo‘limidagi sigimlarda bijgish jarayoni 720 C. davom etadi.
    Sigimlarda bijgish jarayoni vaktida SO3 karbonat angidrid gazi ajralib chikadi va u bilan birgalikda spirt bug‘lari xam mavjud. Uni ushlab kolish uchun maxsus spirt ushlagichda o‘tkazdiriladi.
    Spirt ushlagichning ishlash prinsipi:
    Sig‘im ichidagi bijg‘ish vaqtida karbonat angidrid gazi bilan birgalikda ma’lum miqdorda spirt bug‘lari xam ajrab chiqadi. Gaz tarkibidagi spirtni aajratib olish uchun maxsus spirt ushlagichda suv gazni yuvib spirtni ushlab kolinadi.
    Texnologik sxemaning izohi
    Zavodga avtomashina yoki vagon bilan olib keltirilgan don bunkerga bo‘shatiladi. Bo‘shatish maxsus mexanizmlar, o‘zi ag‘daruvchi mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida amalga oshiriladi. Bunkerdan don noriya orqali omborxonaga ko‘tariladi. Avtomatik tarozida o‘lchangan don vertikal o‘rnatilgan sig‘imlar (siloslar) ga don navi bo‘yicha taqsimlanadi. Siloslar soni zavod ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq holda o‘rnatiladi. Omborxonadagi siloslarga solinadigan don lozim bo‘lgan hollarda qo‘shimchalardan tozalanadi va quritiladi.
    Zavodga keltirilib siloslarda saqlanayotgan don noriya orqali ko‘tarilib bunker ga to‘kiladi. So‘ngra don o‘z oqimi bilan taroziga tushadi. O‘lchangan don havo-g‘alvirli separatorda tozalanadi. Tozalangan dondan trierlar yordamida singan donlar, yovvoyi o‘simliklarning mayda urug‘lari va o‘lchami katta bo‘lgan begona urug‘lar ajratiladi. Separator va ikki trierlarda tozalangan aralashtirgichga yuboriladi.
    Ushbu aralashtirgichga harorati 50-55oC bo‘lgan suv beriladi (xom ashyoning kraxmalliligiga bog‘liq holda 1 kg xom ashyoga 2,5-3,5 l). Bir vaqtning o‘zida idish dan suyultirilgan α-amilaza beriladi. Maydalangan xom ashyo va suv aralashmasi aralashtirgichdada aralashtirish moslamasi (elektrodvigatel, yarim mufta va yakor) bilan uzluksiz aralashtiriladi. So‘ngra massa nasos yordamida quvur orqali kontaktli qizdirish qurilmasi 15 ga yuboriladi. Kontaktli qizdirish qurilmasida massa 65-70oC gacha qizdirilib quvur orqali birinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasiga, u erdan ikkinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasiga kiritiladi. Gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunalarida saqlashda massa aralashtirish moslamalari va yordamida aralashtiriladi. Massa nasos yordamida kontaktli qizidirish qurilmasidan saqlagichga kelib tushadi.
    Saqlagichga kelib tushayotgan massa saqlagichda 15 daqiqa davomida saqlanadi. So‘ngra massa quvur orqali nasos bilan qandlashtirgichga yuboriladi. To‘liq qandlashtirilgan massa nasos yordamida sovutgichga yuboriladi.
    Massa sovutgichda 22-24oC haroratgacha sovutiladi. Qandlashtirilgan, sovutilgan massa bijg‘itishga yuboriladi.
    Achitqilarning achitqi biogeneratorida va engil bijg‘uvchi uskunalarida ko‘payishi 14-16 soat davom etadi.
    Achitqi o‘stiruvchi uskunada achitqilar 40-60 daqiqa davomida qo‘shimcha qandlashtirilgan, 75-78oC da 20-30 daqiqa davomida pasterizatsiyalangan va sovutilgan sharbatda o‘stiriladi; engil bijg‘ituvchi uskunaga sharbat umumiy magistraldan pasterlanmasdan, lekin ko‘rsatilgan me’yorda kislotaliligi oshirilgan holda kelib tushadi.
    Bijg’ish bo’limida susla qandi to’liq bijg’ishigacha bo’ladi va bu jarayn 48-72 soat davom etadi.
    Brajkahaydash kolonnasiga tushayotgan brajka issiqlik almashinish qurilmasida qizidiriladi, separatorda CO2 va boshqa gazlardan bartaraf qilinadi. So‘ngra brajkahaydash kolonnasiga kiritiladi. Gazlar bilan birgalikda spirt ham olib ketiladi va bu kondensatorlar yordamida ushlab qolinadi. Ushbu spirt epyuratsiya kolonnasiga yo‘naltiriladi. Brajkahaydash kolonnasining ostki qismida barda chiqaruvchi qurilma yoki gidravlik zatvor o‘rnatiladi va ular namuna sovutgichi bilan ta’minlanadi.
    Epyuratsiya kolonnasidan chiqayotgan bug‘ suvga o‘z issiqligini berish tufayli deflegmator va kondensatorda kondensatsiyalanadi. Kondensatorda kondensatsiyalangan bug‘da bosh va oxirgi qo‘shimchalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi sababli bosh fraksiya (BF) deb nomlanadi.
    Bosh qo‘shimchalardan to‘liq va oxirgi qo‘shimchalardan qisman tozalangan brajka distillyati epyurat deb nomlanadi. Epyurat deflegmator va kondensator bilan ta’minlangan spirt kolonnasini ozuqlantirishga yuboriladi: spirt kolonnasidan chiqayotgan bug‘ning asosiy massasi deflegmatorda kondensatsiyalanadi va pasterizatsiyalanmagan spirt ko‘rinishida epyuratsion kolonnaning yuqorisiga yuboriladi. Ushbu kondensat bilan spirt kolonnasining pasterizatsiyalash qismida (rektifikatlangan spirt olish joyidan yuqori qismi) yig‘ilib konsentratsiyalangan bosh va oxirgi qo‘shimchalar bartaraf qilinadi. Spirt kolonnasidan chiqayotgan bug‘lar kondensatsiyasi issiqlikni suvga berish hisobida amalga oshiriladi.
    Rektifikatlangan (pasterizatsiyalangan) spirt spirt kolonnasining yuqorisidan sanaganda 3, 7, 8 yoki 10-tarelkadan olinadi. Rektifikatlangan spirt sovutgichda sovutiladi, nazorat snaryadidan o‘tadi va spirt qabul qilish bo‘limiga tushadi. Spirt kolonnasidan oraliq qo‘shimchalar ikki mahsulot sifatida chiqariladi: sivush fraksiyasi (kolonnaning tubidan hisoblanganda 5, 7, 9 yoki 11-tarelkadan bug‘ ko‘rinishida) va sivush spirti (kolonnaning ostidan hisoblaganda 17-21 va 25-tarelkalardan suyuqlik ko‘rinishida).
    Sivush fraksiyasi kondensatsiyalangandan, sovutilgandan va tarkibidagi etil spirti ajratilgandan so‘ng sivush moyi olinadi. Sivush moyi qo‘shimcha mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Sivush spirti ham sovutiladi va qurilmadan qo‘shimcha mahsulot ko‘rinishida chiqariladi. Lyuter suvi gidravlik zatvor orqali bartaraf qilinadi. Kondensatsiyalanmagan gazlar bilan chiqib ketadigan spirt bug‘larini to‘la ushlab qolish uchun kondensatorlarni havo bilan biriktiruvchi quvurlar spirt ushlagich bilan tutashtiriladi.
    Hamma kolonnalar yuqori va ostki qismidan vakuum-uzgich, bug‘, suv, brajkava olinadigan rektifikatlangan spirt miqdorlarini nazorat qilish uchun me’yorlagichlar bilan ta’minlanadi. Termometrlar brajkahaydash kolonnasining suv bilan sovutiladigan deflegmatori, epyuratsion va rektifikatsiya kolonnalarining deflegmatorlarida ham o‘rnatiladi.

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 1,12 Mb.