|
Aqli zaif bolalar talaffuzi va idrokida kuzatiladigan qiyinchiliklar
|
bet | 1/2 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 50 Kb. | | #253948 |
Bog'liq Aqli zaif bolalarning tafakkur va nutqini tekshirish metodikalari
Aqli zaif bolalarning tafakkur va nutqini tekshirish metodikalari
Reja:
Aqli zaif bolalar talaffuzi va idrokida kuzatiladigan qiyinchiliklar.
Aqli zaif bolalar lug‘at boyligi, leksik komponet holati
Aqli zaif bolalarning gap tuzishida kuzatiladigan qiyinchiliklar.
Nutkni o‘z vaktida to‘g‘ri egallash bolaga atrofdagi odamlar bilan erkin muloqatda bo‘lish imkonini beradi, o‘z hulkini boshkarishga yordamlashadi, psihik faoliyatining rivojlanishiga ko‘maklashadi va nihoyat, maktabda ta’lim tarbiya berish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Akli zaif bolalar o‘zlarining me’yorda rivojlangan tengdoshlariga karaganda birmuncha kech tilga kiradilar, birinchi so‘zni aytish muddati uch ba’zan esa besh yoshigacha kechikadi.
Gnezdilov M.F., Petrova V.G.., Kashe O.V., Orlova YE.V., Voronkova V.V., Rahmanova V.S. va boshqa olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra birinchi sinfga kelgan akli zaif bolalarning 66%ida talaffuz nuksonlari uchraydi. Aksariyat bolalarda fonematik eshitish kobiliyati buzilgan, nutk a’zolari va ularning harakatidagi nuksonlar ko‘plab uchraydi. Lugat boyligini egallashda jiddiy kiyinchiliklar kuzatiladi. Impressiv-ichki nutk ekspressiv-tashqi nutk tarakkiyotidan ancha orkada koladi. Mavhum hususiyatdagi, umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalovchi ko‘pgina so‘zlarni tushunmaydilar, ko‘chma ma’noda ko‘llanilgan tushunchalarni anglashda kiynaladilar, ularni aynan idrok etadilar.
Akli zaif o‘kuvchilarning gap tuzishida ham kiyinchiliklar kuzatiladi. Tuzgan gaplari sodda bo‘lib, so‘zlarning o‘zaro moslashuvida ko‘plab hatolar uchraydi, murakkab bog‘lanishli gaplar juda kam ko‘llaniladi. Li zaif bolalar tovush va so‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz eta olmaydilar, rasmga qarab gap tuzishda qiynaladi, o‘qituvchi yordamidan to‘g‘ri foydalana olmaydilar. Ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushinish darajasi ham dastur talablariga javob bermaydi. Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so‘zlab berishda ham ancha qiynaldilar. Ular alohida so‘zlarni eslab, aytadilar. Biroq to‘g‘ri tuzilgan gaplar asosida ertak mazmunini qayta so‘zlab bera olmaydilar. Aqli zaif bolalar tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so‘zlab berishda ham qiynaldilar. O‘qituvchi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo‘yicha qisqacha hikoya tuzish topshirig‘ini ko‘pchilik bolalar bajara olmaydilar. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi kattalar va o‘rtoqlari bilan suhbatda faol ishtirok etmadilar, savollarga ha, yo‘q deb javob berib, suhbatda gaplardan deyarli foydalana olmaydilar. Alohida so‘zlar, imo-ishora, anaqa kabi so‘zlar ko‘p ishlatildi. Berilgan savolga to‘liq, to‘g‘ri tuzilgan gap orqali javob bera oladigan bolalar ular orasida kuzatilmadi.
Aqli zaif bolalarning tafakkuri, fonematik eshitishi, analiz va sintez kilish malakalari, kurish idroki, fazoviy idroki yahshi rivojlanmagan, tovushlar talaffuzida sirg‘aluvchi, sanor tovushlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi yoki yo‘qligi keng tarqalgan, nutqning leksik va grammatik tomonlari rivojlanmagan. Bog‘langan nutqining rivojlanishida vaziyatli rasmga qarab gap tuzish, birlikdagi otlarni ko‘plikdagi otlarga aylantirish, otning kichraytish-erkalatish shaklini hosil qilish , berilgan andozaga qarab gap tuzish qobiliyatlari ham shakllanmagan. Mustaqil nutqini kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ular sujetli rasm yordamida hikoya tuzishda, ko‘rgan narsalarini gapirib berish, ular uchun o‘qib berilgan matnni so‘zlab berish, o‘z ko‘rgan-kechirganlarini izchillik bilan bayon etib berish kabi topshiriqlarni juda katta qiyinchiliklar bilan bajarar ekanlar.
Akli zaif bolalar og‘zaki nutkidagi barcha nuksonlar ularni o‘kitish jarayonida kiyinchilik tug‘diradi.
Yordamchi maktabda ta’lim jarayoni akli zaif o‘kuvchi shahsini har tomonlama shakllantirish, uni orkada kolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi turli hil nuksonlarni tuzatish, yengillashtirish, korreksiya kilishga yo‘naltirilgan chora tadbilarni amalga oshirishga karatilgan. Turli sabablarga ko‘ra sinfdagi frontal ishdan orkada qolgan, ulgurmovchi o‘kuvchilarga logopedik yordam ko‘rsatilishi tufayli, ular dastur talablariga mos ravishda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunda O'zbekistonda maxsus ta'limga o'zgartirishlar kiritilishi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, rivqjlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib, maxsus uyushtirilgan ta'lim-tarbiya orqali aqli zaif bolalarning nutqini o'stirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, faollashtirish imkoniyatini yaratadi. Aqli zaif bola nutqini egallashning o'ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya'ni nutqini egallash uchun eng ma'qul bo'lgan davrda o'rganish muhimdir. Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar bilan me'yorida rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli farqlardan biri — ruhiy jarayonlarning yetarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va uning intellekti orasida o'zaro murakkab munosabatlar hukm suradi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan va me'yoridagi bolalar asosiy nutqiy o'sish bosqichlarini turli yosh davrlarida o'tadilar. Nutqning orqada qolishi bola rivojlanishida qator kamchiliklaming yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarda nutq o'stirish muammosiga bag'ishlangan ko'pgina ilmiy tadqiqotlarda ko'rsatilishicha, bu xildagi nuqsonli bolalarda dastlabki nutqiy ko'rinishlar guvurlash davrining bo'lmasligi yoki kechikishi (bu keyinchalik nutqni egallash uchun zarurdir); dastlabki so'zlarning kechikib hosil bo'lishi; so'z birikmalarini egallash davrining sekin va qiyinchilik bilan kechishi; so'zlardan sodda gaplarni tuzish uchun uzoq vaqt talab etilishi; nutqiy ijodiyotda mustaqillikning yetishmasligi; fonetik kamchiliklaming uchrashi; nutqiy faollik darajasining pastligi; nutqiy muloqot kambag'alligi kuzatiladi. Nutqning bunday kech paydo bo'lish sabablarini qayd etgan ko'pgina tadqiqotchilar aqli zaif bolalarda ruhiy jarayonlarning umumiy rivojlanmasligi va aqliy rivojlanishning kechikishi xos xususiyat ekanligini ta'kidlaganlar. Buning natijasida tovushlarni idrok etish hamda ularni o'zaro farqlash kabi murakkab psixik faoliyat, ya'ni fonematik eshituv rivojlanmaganligi ko'rsatiladi. Fonematik eshituvning rivojlanmasligi tovushlarning ko'pincha buzib talaffuz etilishi va nutqning kechikib rivojlanishiga olib keladi. Aqli zaif bolalar nutqini o'stirish qiyin kechsa-da, ta'lim-tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim. Nutq tarbiyasi ta'lim asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham aqli zaif bolalar nutqini o'rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolalarda nutqning o'sishiga yordam beradigan vositalami yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bujarayonga muvofiq pedagogik ta'simi tashkil etishning kaliti boiib xizmat qiladi. Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog'lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolami keltirib chiqaradi. Materialning ma'nosini anglash qiyinchiliklari, hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasawurlarning yetishmasligi, mavzudan chalg'ib ketish, shuningdek, tevarakatrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma'lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so'z boyliklari kambag'allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi. Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki. me'yorida rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, nuqsonga ega bo'lgan tengdoshlari ham, albatta bosib o'tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga aqli zaif bolalarning bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatiningturg'unbuzilishi sabab bo'ladi. Bu holat aqli zaifbolaning nutqiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, aqli zaif bolalar nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada qoladi, nutq ma'no tomonidan o'ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan xatolarga yo'l qo'yadilar. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o'stirish vazifasi turadi. Bunda aqli zaif bolalarga o'z fikrini, istak-orzusini, hissiyotini aniq ifoda etish, ona tilida kishilar bilan aloqa o'rnatishda, hayotga o'rganish jarayonida foydalanishga o'rgatish, aqliy jihatdan kamchiliklarini bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, hamda yordamchi maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Defektolog bolalar nutqini atrofdagi hayot bilan, oilaviy turmush, bolalar bog'chasining hayoti bilan, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqea va hodisalar, o'zbek xalqining mehnati, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o'stirib boradi. Maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo'lgan so'zlarning ma'nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan o'z nutqlarida faol qo'llashga o'rgatib boriladi. Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati, odob-axloq normalarini o'zlashtirish, ijtimoiy adaptatsiyaning muvafTaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog'liq. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi - ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi. Maxsus bolalar bog'chasining ta'lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o'stirish bo'yicha quyidagi bilim, ko'nikma, malakalar bilan qurollantiriladi: Nutq o'stirish kursi aqli zaif bolalarni ma'lum bilim va malakalarni o'zlashtirib olishlarinigina emas, balki idrok, xotira, tafakkur, tasawur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Bu yo'nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining muhim usullarini o'rgatish, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish. konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksionpedagogik ishda aqli zaif bolalaming yoshi, psixik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, ona tilining o'ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o'stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta'minlaydi. Maxsus tashkil qilingan mashg'ulotlar tizimi negizidagina maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga erishish mumkin. Nutqning tovush madaniyatiga doir bir qancha vazifalarni: tovush talaffuzi, sur'ati, diksiya, tasviriylik va boshqalarni amalga oshirishdagi asosiy yo'l ishning frontal shaklidir. Bundan bolalar bog'chasining hamma guruhlarida foydalaniladi. Bu ish awalo mashg'ulot shaklida amalga oshiriladi va unga har xil mazmundagi mashqiar kiritiladi. Tovush talaffuzi, nutqda nafas olish, eshitish mashqlari har kuni olib boriladi. Ba'zi mashqiar nutq o'stirishga oid boshqa mashg'ulotlar jumlasiga kiritiladi. Kichik guruhlarda bolalar bilan olib boriladigan ishlar ommaviy tarzda hamma bolalar bilan o'tkaziladi. Shuningdek, yakka tartibda ham olib boriladi. Bolalar bilan yil davomida undosh tovushlardan p, b, m, n, t, d, q, g, f> v> n; sirg'aluvchi s, z, sh, j, ch; unli tovushlardan a, o, u, i, о', е larni tallafuzi nutq orqali nafas olish, eshitish idrokini, nutq apparatining harakatini, nutq apparatini rivojlantiruvchi ishlar bilan olib boriladi. Tovushlarni mustahkamlash mashqlarini boshqa mashg'ulotlarga qo'shib olib borib, uning tarkibiy dementi yoki maxsus qismi sifatida kiritish mumkin. Masalan: mashg'ulotlarning birinchi qismida «Qo'g'irchoqni uxlatamiz» didaktik o'yin o'ynalsa, ikkinchi qisinida eshitish idrokini o'stiradigan mashqiar bajariladi. «Ovozidan top» o'yin o'ynaladi (4-5 daqiqa), eshitish nutqini, diqqat bilan eshitishni, nafas olishni, nutq apparatining harakatini rivojlantiruvchi mashqiar ertalabki, kechki soatlarda, sayr vaqtlarida o'tkaziladi. O'rta guruhda qiyin tovushlarni talaffuz qilishga o'rganish maxsus mashg'ulotlari bir necha qismdan iborat, bir mazmunga birlashgan holda tuzib o'tkazish yaxshi natija beradi. Masalan: mashg'ulotlarning birinchi qismida bolalar oldiga o'quv vazifasi qo'yiladi. -sh tovushni aytishga o'rgatish: bunda tovush artikulatsiyasi ko'rsatiladi, tushuntiriladi va bolalarga mashq qildiriladi. Mashg'ulotning ikkinchi qismida esa bolalar shu tovushning talaffuzini so'zlarda (shamol, shahar, eshik, mushuk, bosh, tosh, yo'ldosh) mashq qiladilar. Bu qism didaktik o'yin, dramalashtirilgan hikoya, inssenirovka shaklida berilishi ham mumkin. Nutqning tovush madaniyati ustida ishlash katta va tayyorlov guruhlarida davom ettiriladi. Tizimli ravishda olib borilgan ishlar natijasida maktabga tayyorlov guruhidagi barcha bolalarda ona tilidagi hamma tovushlarni to'g'ri talaffuz etadigan bo'lishlari lozim. Lekin shunga qaramay, katta va tayyorlov guruhlarida ham mashg'ulotlar hamma bolalar bilan frontal tarzda o'tkaziladi. Bunda maxsus mashg'ulotlarning maqsadi o'zgaradi. Bunda bolalar tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni mashq qiladilar va ularda nutqdagi tovush madaniyatining boshqa tomonlari (turli ovoz kuchidan, turli nutq sur'atidan foydalana bilish) tarbiyalanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarga turli nutq tovushlari: she'r o'qish, tez aytish, maqollar, suratlarni qayta hikoya qilish, ifodalash asosida tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni mashq qildirib borish lozim. Katta guruhlarda haftada 2-3 marta mashg'ulotlardan tashqari vaqtda jamoa bo'lib o'ynaladigan harakatli, nafas, eshitishni rivqjlantiruvchi takroriy o'yinlar o'tkaziladi. Katta guruhlarda frontal ishdan tashqari tovush talaffuzida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan yakka tarzda qo'shimcha mashg'ulotlar joriy qilinadi. Tekshiruvlar o'tkazilgach talaffuzdagi nuqsonlariga qarab bolalar guruhchalarga ajratiladi. Masalan: Anvar, Nasiba, Dilbar «r» tovushini talaffuz eta olmaydilar. Tarbiyachi bu bolalar bilan liar haftada 2—3 marta qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazadi (ertalabki yoki kechki soatlarda). Bu mashg'ulotlarning har biri 10—12 daqiqa davom etadi. Masalan: To'g'ri gapirishni o'rganishning zarurligi haqida suhbat. Tovush artikulatsiyasini ko'rsatish va tushuntirish. Shu tovushni talaffuz etishni bolalardan so'rash. Eshituv idrokini shakllantirish. Nutqning tovush tomonini o'zlashtirishda eshitish boshqaruvchi analizator hisoblanadi. Fonematik eshituvning rivojlanishi bolaning ona tilidagi tovushlarni, ayniqsa, so'zning tovush tizimini tez va to'g'ri o'zlashtirib olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. So'zning tovush tarkibini to'g'ri idrok qilish uni to'g'ri eslab qolishning asosiy omillaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda esa fonematik idrok kech shakllanadi. Bolalar atrofdagi odamlar nutqidagi tovushlarni farqlay olmaydilar, yangi so'zlarni o'zlashtira olmaydilar, artikulatsion jihatdan o'xshash tovushlarni yaxshi ajrata olmaydilar. Fonematik idrokning yaxshi shakllanmaganligi bir tovushni ikkinchi tovushga almashtirishga, so'zning tovush tarkibini analiz qilishda qiyinchiliklarga olib keladi.
|
| |