• Toshkent – 2024 Mavzu
  • 1.Nutqni o‘rganish metodlari Nimani o’rgatish kerak
  • Bajardi: Razzoqov M. Tekshirdi: Yusupova Zamira Zaripovna. Toshkent – 2024 Mavzu




    Download 303.27 Kb.
    bet1/4
    Sana09.04.2024
    Hajmi303.27 Kb.
    #192607
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Pedagokika Psixalogiya
    bAZA2, 1. Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni, El-Gamal shifrlash algoritmi-muhaz.org

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Pedagogika. Psixologiya fanidan

    4-Shaxsiy topshiriq
    Guruh: PED006-1.
    Bajardi: Razzoqov M.
    Tekshirdi: Yusupova Zamira Zaripovna.


    Toshkent – 2024
    Mavzu:Nutqni o‘rganish metodlari. (Faol so‘zlashuvni aniqlash metodikasi).Intellektni psixometrik tekshirish. (Aqlni o‘lchashning Veksler shkalasi, Ayzenk testi).Shaxs xususiyatlarini o‘rganish metodikalari. (R.Kettel, Ayzenk testlari).


    1.Nutqni o‘rganish metodlari

    Nimani o’rgatish kerak?

    Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday


    nutqiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O’zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o’zagi
    hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O’quv yuklamalari meyyorga keltiriladi, tarbiyachi bolalarning o’quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.
    Qanday o'qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi. Buning uchun
    maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o’stirish usul va usullarini
    qo'llash imkoniyati, o’rni, qo'llangan usullar samarasi nazarda tutiladi, usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi.

    Nutq o’stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha


    ta'limda nutq o’stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija
    beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog, ota-onalarni nutq o’stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng qulay usullardan foydalanish, nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
    Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish,
    ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi.
    Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.
    Bu vazifalarni bajarishda nutq o’stirish metodikasi o’zining usulolohik asosi
    bolgan pedagogika fani yutuqlariga, g’oyaviy-nazariy asosi bo'lgan milliy g’oya va milliy mafko'ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanadi. Shuningdek, nutq o’stirish metodikasi maktabgacha ta'limda nutq o’stirishni tashkil etishda ilg’or pedagoglarning amaliy tajribalari, tajriba-sinov natijalari, ilmiy- usulik adabiyotlarda tavsiya etilgan fikr- muloqazalarga asoslanadi natijada yaxshi vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur talqin etadi, eng maqbo'lini ta'limga joriy etadi.



    Download 303.27 Kb.
      1   2   3   4




    Download 303.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: Razzoqov M. Tekshirdi: Yusupova Zamira Zaripovna. Toshkent – 2024 Mavzu

    Download 303.27 Kb.