Muloqot va uning turlari Muloqot shakllari Nutqiy faoliyat




Download 24.41 Kb.
bet1/8
Sana28.05.2023
Hajmi24.41 Kb.
#66202
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-amaliy mashg\'ulot
математика-3, 1-маъруза, Teshayev M, 2-amaliy mashg\'ulot, 008 O\'zbek tili 2-kurs 2-semestr 8-mavzu, 12, 12-amaliy mashg\'ulot, 9-amaliy mashg\'ulot (1), Aksiz solig\'i, Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar, Dialoglar bilan ishlash. Bir nechta formalar bilan ishlash.

14-mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni. Muloqot texnikasi va uning
tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion
texnologiyalarning o‘rni.

Reja :
Reja:

  1. Muloqot va uning turlari

  2. Muloqot shakllari

  3. Nutqiy faoliyat

«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Download 24.41 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 24.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muloqot va uning turlari Muloqot shakllari Nutqiy faoliyat

Download 24.41 Kb.