|
SPIRT ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
|
bet | 12/20 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #134912 |
Bog'liq anvar 4 kurs hisobotSPIRT ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI
5.MIKROBIOLOGIK VA TEXNOLOGIK NAZORAT
Spirt ishlab chiqarishda ko‘p xollarda amilolitik ferment manbai sifatida mog‘or zambrug‘lari, kamroq achitqilar va bakteriya sporalaridan foydalaniladi.
ikroorganizmlarni suyuq muxit ichida o‘stirilayotganda, mikroorganizmlar xajm bo‘yicha taqsimlanadi va ko‘payadi. Ko‘pchilik ferment produsentlari aerob bo‘lgani uchun muxit aeratsiyalanadi, ya’ni steril kislorod bilan ta’minlash kerak. Mikroorganizmlarda bir biriga bog‘liq 2 ta jarayon ketadi – biomassani sintezi va ferment sintezi. Fermentlar maksimal sintez bo‘lishi uchun ma’lum tarkibdagi ozuqa muxiti kerak. Shu bilan birga kislorod bilan ta’minlovchi moslama, xarorat va rN qo‘rsatkichini boshqarish, va metabolitlarni chiqarish uchun moslamalar kerak.
Ozuqa muxitini suyuq qismi (suv yoki barda filtrati) oqsil gidrolizati, aminokislotalar, uglevodlar bilan boyitiladi. Suyuq muxitda quruq moddalar miqdori produsiyenti oilasiga qarab 1,5 dan 16% gacha bo‘lishi mumkin.
O‘stirishni xamma bosqichida mutadil xarorat aeratsiya va vaqt saqlanishi kerak. Agar jarayon ma’lum bir sabablar bilan to‘xtab qoladigan bo‘lsa ekish materiali 8-100 0C gacha sovutiladi va 4 saotgacha tuxtatib turish mumkin. Ekish materiali begona mikroorganizmlar bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Shuning uchun xar doim mikrobiologik nazorat olib boriladi.
Etil spirtini ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: kraxmalga ega bо‘lgan xom ashyolarni tayyorlash, pishirish, qandlashtirish, achitqi tayyorlash, qandlashtirilgan sharbatni bijg‘itish, spirt ajratish va uni tozalash.Etil spirit ushbu bosqichlardan o’tib, sifatli spirt mahsuloti chiqishi uchun korxonada xom ashyo kelib, tayyor mahsulot chiqqanidan keyin ham ko’plab texnokomyoviy va mikrobiologik nazorat ishlari olib boriladi.
Korxona ishlab chiqarish laboratoriyasi hamma o‘lchov asboblari bilan ta’minlangan bo‘lib hom-ashyo tayyor mahsulot va qo‘shimcha materiallarni nazorat qiladi.
Korxonada quyidagi texnokomyoviy va mikrobiologik nazorat olib boriladi:
-Korxonaga kelgan bug’doy ifloslanganlik darajasi, namligi, kraxmallik darajasi tekshiriladi;
-Don pomol sifatida 1ml li sitadan o’tkaziladi;
-Zamesda aralashmani quruq moddalar miqdori tekshiriladi;
-Kislorod miqdori, temperaturasi, shakarlanganlik darajalari ko’riladi;
-Brodilka bo’limida ham huddi shunday Kislorod miqdori, temperaturasi, shakarlanganlik darajalari ko’riladi va spirning konsentratsiyasi tekshiriladi;
-Brodilka chanidagi mikrofloralar ya’ni begona moddalar tushgan, tushmaganligi tekshriladi;
-Fermentatsiya bo’limida ham kislorod miqdori, temperaturasi, shakarlanganlik darajalari ko’riladi.
Barcha labaratoriya ishlari amalga oshgandan so’ng 72 soatdan so’ng, Brago rektifikatsiya uskunasiga beriladi.
Brago rektifikatsiya uskunasidan chiqqan toza spirt yana bir bor korxonaning markaziy Labaratoriyasiga yuboriladi.
Sifati to‘g‘risidagi xujjat - maxsulot sertifikatidir.
Mahsulotni tekshirish uchun tasodifiy qo‘lga olingan spirt mahsuloti olinadi.
|
| |