|
Это просто рамка для документов
|
bet | 9/20 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #134912 |
Bog'liq anvar 4 kurs hisobotXamirturush bo‘limi:
Bu bo‘limda 6ta 25 m³ sigimli yomkostlar bor. Bu sigimlarni har birida ishlab turgan xolatda 20-22 m³ achitqi tayyorlanadi.
Achitqi tayyorlash:
Achitqi tayyorlashdan oldin bo‘sh xolatdagi drojanka sig‘imining ichi yaxshilab yuvib tozalanadi. So’ngra bug yordamida 100 °C da 1 soat qizdiriladi (sterilizatsiya) qilinadi va sig‘im tagida kolgan suv to‘kib yuboriladi va (kran) berkitiladi. Bu sig‘imga susla olishdan oldin va olib bo‘lgandan keyin pishirish bo‘limidan keladigan susla liniyasiga bug‘ yordamida steril qilinadi va shu sig‘imga 17,5-18 m³ bo‘lgunga qadar pishirish bo‘limidagi issiqlik almashuvchidan 22-28 °C li susla olinadi.
Susla olish paytida sig‘im ichida joylashgan maxsus aralashtirish uskunasi ishlatib turiladi. Aralashtirgichni ishlatishdan maqsad sig‘im ichidagi suslani qorishtirib turadi. Suslani olib bulgach kislotalikligi 0,50-0,60 °C bo‘lgunga qadar sulfat kislota qo‘shiladi. 15 kg karbonat qo‘shiladi. Ferment turiga qarab normasi ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha beriladi va qandlashtiriladi sshngra quruq massa mikdori 3,1 nisbatda tushgan achitqilar sog‘lom drojankadan 2,5-3 m³ achitqi olingan susla ustiga quyilib, yaxshilab aralashtirgich va nasos yordamida aralashtiriladi. Ushbu ishlar qilinib bo‘lgach, drojanka temperatura haroratiga e’tibor qaratmiz:
- agarda drojankaning harorati 28-29 °C dan baland bo‘lsa, zmeeyaviklarga sovuq suv ochiladi;
- agarda harorati 28-29 °C dan past bo‘lsa, suvi berkitib qo‘yiladi;
- Drojankaga olingan suslani boshlang‘ich quruq moddasiga nisbatan 3,1 nisbatda quruq tushsa, drojankadagi achitqini sovutib, konservatsiyaga quyildi. Achitish bo‘limiga drojankani yuborishga qadar. Achitqilar past haroratda ko‘payish harakatlanishi to‘xtaydi.
Asosan spirt ishlab chiqarishda sulfat kislotali achitqilar ishlatiladi. Kislotani qo‘shishdan maqsad susla tarkibidagi achitqilar ishlashi uchun muxit yaratiladi.
- Tashqi muhitdan yopishib kelayotgan, infeksiyalarni yuqotish uchun yaratiladi.
|
| |