• Maydalagich (Drobilka) MM 140
  • 1-Bosqichda
  • 2-Bosqichda
  • Spirt ishlab chiqarish sexi




    Download 1,12 Mb.
    bet8/20
    Sana11.01.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #134912
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    anvar 4 kurs hisobot

    Spirt ishlab chiqarish sexi
    3 sutkali bunkerdan shnek, noriya uzatmalari orqali don magnit separatorlariga uzatiladi. Magnit separatoridan o‘tib turgan donning ichidagi keraksiz metal chiqindilarni ushlab qolinadi. Magnit separatoridan 50 kg li avtomatik taroziga kelib tushadi. Tarozining vazifasi don va ferment berishda qullaniladi.
    50 kg avtomatik tarozidan o’tayotgan don sarf 4,5 t li bunkerga tushadi. Sarf 4,5 t li bunker vazifasi yuqoridagi (shnek, noriya) uskunalar ishdan chiqqanda ichidagi saqlanib turgan doni orqali to’xtovsiz ishni davom ettiradi.
    Maydalagich (Drobilka) MM 140:
    Maydalagich ichida 96 ta bich mavjud bo‘lib, 9 ta val bor. 96 ta bich 9 ta valga tartib bilan o‘rnatiladi. Val atrofida diametri 1,5 bulgan 2 ta (elak) setka mavjud. Yuqoridagi bunkerdan tushayotgan donni bichlar yordamida, maydalanadi, maydalangan don elaklardan o‘tib, maydalanmagani esa qaytadan maydalanadi. Maydalangan donni maydalanish miqdori diametri 1 mm elakda analiz qilinganda 90% dan kam bulmasligi kerak.
    Maydalagichda maydalangan don (pomol) aralashtirgichga (smesitel) tushadi. U erda doning kraxmalligiga nisbatan suv ishlatiladi. (1 kg donga 3 m³) olinadi)
    Suv harorati 55-60 0C gradusdan yukori bulmasligi kerak. Aralashtargichda suv va don aralashib, zames tayyorlanadi. Shu vaktni uzida aralashtirgichga amilaza fermenti don tarkibidagi kraxmalga karab beriladi.
    Don tarkibidagi kraxmal-52% buladi. Ferment aktivligiga karab aniklab kraxmalga nisbatan beriladi.
    Fermentlar:

    1. Likvoflov : 1 t kraxmal uchun 100 gr don 200 gr gacha beriladi.

    2. Termolaza: 1 t kraxmal uchun 0,4 dan 0,5 litirgacha beriladi.

    3. Termoment : 1 t kraxmal uchun 150 ml dan 250 ml litirgacha beriladi.

    4. Amil LT-306+: 1 t kraxmal uchun 250 ml dan 300ml litirgacha beriladi.

    Bu fermentlarni pishirish bulimida ish bajarish prinsipi bir xil. Yuqori haroratda ishlaydi. Bugdoy tarkibidagi kraxmalni oxirigacha to‘liq parchalaydi. Faqat (temperatura) harorati 75 °C dan 90-905 °C ishlashi kerak.
    Aralashtirgichda xosil bo‘lgan zames 15-20 minut aralashtirgich ichida ushlab turiladi va nasoslar orkali GDFO (Gidro Dinamichiskaya Fermentnaya Obrobotka) ga uzatiladi. GDFO pishirish qozoni deb aytiladi. Pishirish bo‘limida GDFO lar 2 bosqichdan iborat.
    1-Bosqichda Harorat 72 °C dan 82° C gacha pishiriladi. Harorat ishlatilayotgan fermentlarga nisbatan o‘zgartiriladi. Pishirish qozonida maxsus aralashtirgich (meshalka) yordamida uzluksiz qorishtirib turiladi. Ushbu bosqichda ikkita nasos mavjud bo‘lib, uzluksiz ravishda 1-nasos qozoning pastki qismidan olib yuqori qismiga, 2- nasos esa pastki qismidan olib yon qismiga xaydab, shu tariqada aralashtirilib turiladi. 1-GDFO to‘lgach, 2-bosqichdagi GDFOga zameslar o‘tadi. 2-GDFO da 1 ta aralashtirgich va bir dona nasos bor. Ushbu nasos xam tag qismidan olib yuqori qismiga tashlab aralashtirib turadi. GDFO to‘lgach nasos va aralashtirgach yordamida to‘xtovsiz aralashtirib turiladi.
    2-Bosqichda GDFO harorati 85°C dan 90°С gacha ushlanadai. Pishirish jarayoni uzluksiz ravishda 7-8 soat davom etadi.
    GDFOda tayyor bo‘lgan susla issiqlik almashuvchiga (teploobmennik) uzatiladi. Issiqlik almashuvchi vazifasi GDFOdagi tayer 90-85 °C mahsulotni 22-28°C gacha sovutib beradi. Bundan tashqari smesitel suvini 55-60°C gacha ko‘tarib beradi. Ko‘tarilgan suv smesitelda zames tayyorlashda ishlatiladi.

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 1,12 Mb.