Это просто рамка для документов




Download 1,12 Mb.
bet16/20
Sana11.01.2024
Hajmi1,12 Mb.
#134912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
anvar 4 kurs hisobot

Ko‘pik so‘ndiruvchilar.
Ko‘pik tindirish uchun sirt aktiv moddalar sifatida yog‘, moy va yog‘ kislotlari ishlatiladi. Bo‘larga olein kislotasi, soapstok, gidrofuzlar, kasholot yog‘i, silikonli ko‘pik so‘ndirgichlar kiradi.
Spirt maxsulotlari ishlab chiqarishda gidrolitik fermentlarni axamiyati katta. Masalan sharob maxsulotlari ishlab chiqarishda pektolitik, proteolitik fermentlardan keng foydalanib kelinmoqda. Kraxmalli xom ashyolardan spirt ishlab chiqarishda, kraxmalni qandlashtirish uchun amilolitik fermentlardan tashqari sellyuloza va gemitsellyulozani parchalaydigan fermentlar kerak bo‘ladi. Achitqilarni azotli ozuqa bilan ta’minlash uchun proteolitik fermentlarni axamiyati katta.
Ferment manbai sifatida o‘simliklar, xayvon organlari va mikroorganizmlar xizmat qiladi.
Mikroorganimlar xar xil fermentlarni sintez qilish qobiliyatiga ega. Ozuqa muxitini tarkibiga va o‘stirish sharoitiga qarab ular bir fermenni sintezidan boshqa fermentni sinteziga o‘tadi. Mikroorganizmlar qisqa o‘sish sikliga (10-100 soat) ega va shuning uchun bir yilda ko‘p maxsulot olish mumkin.
Ferment produsiyentlari sifatida bakteriyalar, zambrug‘lar, achitqilar va aktinomitsetlar bo‘lishi mumkin. Sanoat uchun ferment ishlab chiqarish uchun tabiiy sharoitdan ajratilgan mikroorganizmlar shtammidan foydalaniladi.
Mikroorganizmlar bir vaqtda kompleks fermentlarni sintezlaydi, lekin ba’zi shtamm mutantlar ko‘p miqdorda faqat bir fermentni sintezlaydi.
Spirt ishlab chiqarishda ko‘p xollarda amilolitik ferment manbai sifatida mog‘or zambrug‘lari, kamroq achitqilar va bakteriya sporalaridan foydalaniladi.
ikroorganizmlarni suyuq muxit ichida o‘stirilayotganda, mikroorganizmlar xajm bo‘yicha taqsimlanadi va ko‘payadi. Ko‘pchilik ferment produsentlari aerob bo‘lgani uchun muxit aeratsiyalanadi, ya’ni steril kislorod bilan ta’minlash kerak. Mikroorganizmlarda bir biriga bog‘liq 2 ta jarayon ketadi – biomassani sintezi va ferment sintezi. Fermentlar maksimal sintez bo‘lishi uchun ma’lum tarkibdagi ozuqa muxiti kerak. Shu bilan birga kislorod bilan ta’minlovchi moslama, xarorat va rN qo‘rsatkichini boshqarish, va metabolitlarni chiqarish uchun moslamalar kerak.
Ozuqa muxitini suyuq qismi (suv yoki barda filtrati) oqsil gidrolizati, aminokislotalar, uglevodlar bilan boyitiladi. Suyuq muxitda quruq moddalar miqdori produsiyenti oilasiga qarab 1,5 dan 16% gacha bo‘lishi mumkin.
O‘stirishni xamma bosqichida mutadil xarorat aeratsiya va vaqt saqlanishi kerak. Agar jarayon ma’lum bir sabablar bilan to‘xtab qoladigan bo‘lsa ekish materiali 8-100S gacha sovutiladi va 4 saotgacha tuxtatib turish mumkin. Ekish materiali begona mikroorganizmlar bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Shuning uchun xar doim mikrobiologik nazorat olib boriladi.
Bo‘g‘doy kepagi qo‘yidagicha tayyorlanadi. Bo‘g‘doy kepagiga 1:0,7 nisbatda suv aralashtiriladi va bir necha kolbaga 10-20 g dan solinadi. Kolba paxta probkasi bilan berkitiladi va avtoklavda 0,15 MPa, 1 soat sterilizatsiya qilinadi. So‘ngra xona xaroratigacha sovitilgandan so‘ng kolbaga zambrug‘ sporasini suspenziyasi solinadi (1 mlda 150-200 ming spora bo‘lishi kerak). Buning uchun zambrug‘li prolbirkaga 10 ml sterillangan suv solinadi va sterillangan pipetka yordamida zambrug‘ konidiisi ko‘chiriladi. Xosil bo‘lgan suspenziya ekish uchun ishlatiladi (10 g bo‘g‘doy kepagiga 0,4-0,5 ml zambrug‘ suspenziyasi).
Zambrug‘larni o‘stirish 30oC termostatda 4-5 kun amalga oshiriladi. Bitta kolbaga 50-60 ml sterillangan suv solinadi va olov ostida sterillangan shisha tayoqcha bilan aralashtirilada. Qolgan kolbalar muzlatgichda saqlashga qo‘yiladi.
Toza zambrug‘ kulturasini kolbadan kolbaga yoki bankadan bankaga nisbati 5-10% tashkil etadi.
Bo‘g‘doy kepagini tayyorlash toza kulturaga qanday tayyorlansa shunday tayyorlanadi. Bo‘g‘doy kepagi 0,15 MPa, 1,5 soat sterilizatsiya qilingandan so‘ng maxsus sterillangan stolga to‘kiladi. 40-42o C sovitilgan bo‘g‘doy kepagga kolbada tayyorlangan toza kulturasi 0,5-1% massa bo‘yicha aralashtiriladi.Spora suspenziyasini tayyorlashda 1 qism kulturaga 5 qism suv solinadi. So‘ngra kyuvetalarga 1-1,5 sm qalinlikda solinadi. Kyuvetani ustki qismi qopqoq bilan berkitiladi va ustki qismiga sterillangan paxta qo‘yiladi va termostatga 30-32oC, 18-24 soatga qo‘yiladi. Keyin kyuvetalar stellajlarga joylashtiriladi va 24-28oC da 3-4 kun saqlanadi. So‘ngra qo‘ritish kamerasida qo‘ritiladi va tayyor maxsulot omborda 8oC da saqlanadi.

Download 1,12 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 1,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Это просто рамка для документов

Download 1,12 Mb.