|
Etil spirti sifatini organoleptik aniqlash
|
bet | 13/20 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #134912 |
Bog'liq anvar 4 kurs hisobotEtil spirti sifatini organoleptik aniqlash
Etil spirtining sifati birinchi navbatda xom-ashyoning tavsifiga bog‘liq.
Etil spirti ma’lumot berib o’tilganidek, asosan rangsiz va o‘tkir xidli bo‘lib, o‘z xususiyatlariga ega. Etil spirtidan foydalanishda xar xil spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, keng miqyosda foydalanish o‘z tasdig‘ini topib kelmoqda.
Etil spirtining formulasi C2H5OH bo‘lib, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi va qaynash harorati - 78,3 0C, muzlash harorati – 117 0C.
Namuna olish
Spirt sifatini tahlil qilish uchun turli idishlardan namunalar olib, shu namunalar birlashtirilib aniqlanadi. Buning uchun olingan namuna yaxshilab chayqatiladi. Joylardan olingan namuna 200 sm3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Namuna avvaldan shu spirt bilan chayilgan toza idishga solinadi va yaxshilab chayqatiladi. Birlashtirilgan namuna 1,5 dm3 dan oshmasligi yerak. So‘ng namuna 0,5 dm3 li 3 ta toza butilkaga (spirt bilan chayilgan) quyib, og‘zi mahkam berkitiladi va laboratoriyaga tahlil uchun yuboriladi.
Oranoleptik ko‘rsatgichni yorug‘, havosida begona hidlar bo‘lmagan, yaxshi shamollatilgan xonalarda aniqlanadi.
Etil spirti hajmiy ulushi suv-spirtli eritmada areometrik, piknometrik va refraktometrik usullarda aniqlanadi.
Tiniqligi va rangini aniqlash
Kolorimetrlash uchun ikkita quruq silindr olib bittasiga- aniqlanayotgan spirtdan 100 ml, ikkinchisiga- distillangan suvdan 100 ml solinadi. Yorug‘likka qaratib mexanik aralashmaning borligi va rangining farqi solishtiriladi.
Mazasi va hidini aniqlash
Aniqlanayotgan spirtga qattiqligi 30% ga yetguncha harorati 200C ichimlik suvi quyiladi. Hajmi 100-150 ml li yaxshi yopiladigan idishga tahminan 30 ml spirt aralashmasidan solinadi, yaxshilab aralashtirilib spirtni hidi va mazasini aniqlashga kirishiladi. Agar etanol spirti bo‘lsa unda solishtiruvchi degustatsiya o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
|
| |