2.2. Xalqaro audit va uning modellari XX asrning ikkinchi yarmi hamda XXI asrning dastlabki yillari jahon
mamlakatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining kuchayishi
bilan izohlanadi. Xalqaro maydonda iqtisodiy munosabatlarning tobora
chuqurlashib borishi jahonning turli mintaqalarida erkin iqtisodiy zonalarning
vujudga kelishiga va transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kuchayishiga turtki
berdi.
Biznes va aloqalarning jahon mamlakatlari bo’ylab baynalmilallashuvi
buxgalteriya hisobi va audit tizimining ham xalqaro ko’rinishga ega bo’lishiga olib
keldi. Shunday bir sharoitda transmilliy korporatsiyalar va ularning jahonning
boshqa mamlakatlaridagi bo’linmalari o’rtasida hisob va audit tizimini yuritishda
yangicha tartib ishlab chiqilishini taqozo qildi. Turli mamlakatlarda auditorlik
faoliyatiga turlicha yondoshilishiga qaramasdan, jahon xo’jaligi va moliya
bozorlarining baynalmilallashuvi kuchayib borayotganligini aks ettiruvchi
unifikatsiyalangan qoidalarni ishlab chiqish zarur.
Ma’lumki, xalqaro audit standartlari jahon mamlakatlarida turlicha
qo’llaniladi. Bunga asosiy sabab, ushbu mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va
auditning turlicha modellari amal qilishidadir.
Jahon mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va audit tizimining turlicha
yuritilishi hisob va audit sohasida standartlarni muvofiqlashtirish va tatbiq etishni
taqozo etdi. Xususan, bu tadbir bilan IAPS shug’ullanadi. IFAC huzuridagi
Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi (IAPS) auditorlik faoliyati kam taraqqiy
34
etgan davlatlarda ushbu kasbning mavqeini ko’tarish maqsadida xalqaro auditorlik
standartlarini qo’llashni muvofiqlashtirib turadi.
Bugungi kunga kelib xalqaro audit standartlarini jahon mamlakatlari bo’yicha
qo’llanilish darajasiga ko’ra quyidagi ko’rinishi mavjud: