35
AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyaning auditorlik
faoliyatida milliy
standartlar amal qilib, xalqaro auditorlik standartlaridan ma’lumot uchun
foydalaniladi.
Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya va boshqa davlatlarda xalqaro auditorlik
standartlari milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat
qiladi. O’zbekistonda ham xalqaro audit standartlari
asosida auditning milliy
standartlari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Malayziya va Nigeriyada milliy standartlar ishlab chiqilmaydi, ularning
auditorlik amaliyotida xalqaro standartlar to’lig’icha amal qiladi.
Har bir mamlakatda auditning standartlarini
ishlab chiqishda maxsus
tashkilotlar faoliyat yuritadi. Masalan, AQShda standartlarni ishlab chiqish bilan
moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiquvchi kengash (FASB) shug’ullanadi.
Ushbu standartlarning amalda qo’llanilishini nazorat qilish hukumatning Qimmatli
qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiyasi (SEC) zimmasiga yuklatilgan.
FASB va SECning o’zaro hamkorligi tufayli AQShda audit standartlari
qo’llanilishining samarali mexanizmi yaratilgan.
Auditning vatani hisoblangan Buyuk Britaniyada
esa buxgalteriya hisobi va
audit siyosati asosan nohukumat tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Shu boisdan
Xalqaro auditorlik standartlari (XAS)ning qo’llanilish
darajasi
XAS milliy standartlarni
ishlab chiqishda
qo’llaniladi
Malayziya,
Nigeriya
Avstraliya, Braziliya
AQSh, Kanada, Buyuk
Britaniya
XAS to’lig’icha amal
qiladi, milliy standartlar
mavjud emas
XASning faqat
ma’lumot uchun
ishlatilishi
36
AQSh va Buyuk Britaniyada qabul qilingan audit
standartlari bir-biriga mos
tushmaydi.
Frantsiyada auditning milliy standartlari Milliy kompaniya qo’mitasi
tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu davlatda qabul qilinadigan auditning milliy
standartlari xalqaro standartlarga to’lig’icha mos keladi,
ayrim mutaxassislarning
aytishicha,
Frantsiyada
qabul
qilinadigan
milliy
standartlar
«Xalqaro
standartlarning frantsuzcha varianti» deb yuritiladi.
Umuman olganda, xalqaro auditorlik standartlari jahon miqyosida audit
tizimini unifikatsiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz iqtisodiyotini yanada
rivojlantirish yo’lida auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish
hamda milliy auditorlik standartlarini qabul qilish
jarayonida yuqorida sanab
o’tilgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.