• 6. Xalqaro auditning rivojlanishiga qarab auditning qanday turlari mavjud
  • 7. Xalqaro auditda uning qanday shakllari mavjud
  • 8. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi
  • 10. Hisobotning unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan moddalarini o’qish
  • II BOB. XALQARO AUDIT VA UNING MODELLARI 2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati
  • Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    5. Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-
    kelmasligi auditning qaysi turida ko’rib o’tiladi? 
    А. Mos keluvchanlik auditi
    B. Operatsion audit 
    С. Moliyaviy hisobotlar auditi 
    D. Majburiy audit 
    6. Xalqaro auditning rivojlanishiga qarab auditning qanday turlari mavjud? 
    А. Tasdiqlovchi, maqsadli tizimli, tavakkalchilikka asoslangan audit
    B. Tasdiqlovchi, operatsion audit 


    30 
    С. Mos kelmaslik yoki tavakkal auditi
    D. Operatsion yoki tizimga solingan audit 
    7. Xalqaro auditda uning qanday shakllari mavjud? 
    А. Operatsion audit, mos keluvchanlik auditi, moliyaviy hisobot auditi 
    B. Xo’jalik sub’ektlarini ish yuritish shakllariga qarab bo’linishi 
    С. Nodavlat va davlat, aralash auditi 
    D. Nodavlat, xususiy, jamoa, aralash 
    8. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi? 
    А. Tasdiqlovchi audit 
    B. Tizimli audit 
    С. Tavakkalchilikka asoslangan audit 
    D. Aralash audit 
    9. Auditning so’nggi rivojlanish bosqichi? 
    А. Tavakkalchilikka asoslangan audit
    B. Tasdiqlovchi audit 
    С. Tizimli audit 
    D. Aralash audit 
    10. Hisobotning unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan moddalarini o’qish -? 
    А. Skanerlashdir
    B. Dalillashdir 
    С. Ko’zdan kechirishdir 
    D. Testlashdir 
    Tayanch tushunchalar 
    Audit, xalqaro audit, ichki audit, tashqi audit, auditning rivojlanish 
    bosqichlari, tasdiqlovchi audit, tavakkalchilikka asoslangan audit, mos 
    keluvchanlik auditi, operatsion audit, moliyaviy hisobot auditi, maqsadli sistemali 
    audit. 


    31 
    II BOB. XALQARO AUDIT VA UNING MODELLARI 
    2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati 
    Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida 
    auditorlik faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot 
    va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan. 
    Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga 
    kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng 
    ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib 
    auditning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil 
    shakllari ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar 
    nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda auditorlik 
    faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va 
    turkumlangan. 
    Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini 
    o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. 
    Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik 
    faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli 
    ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro 
    tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
    tomonidan 1999-2013 yillarda 21 ta auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) 
    ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida 
    qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda. 
    Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari 
    va 
    hisobotlarini 
    tekshirish 
    va 
    tasdiqlashdan 
    iborat 
    faoliyat 
    sifatida 
    shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya 
    hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan 
    va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj fikricha, auditorlik 
    faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi - 
    tasdiqlovchi audit; ikkinchi - sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat so’nggisi, 
    uchinchisi - riskka asoslangan audit.


    32 
    Demak, keyinchalik auditorlik faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq 
    maqsadga yo’naltirilgan). Bunda amaliyotdagi professional auditorlar buxgalteriya 
    hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo’llovchi kishilar orasidagi (o’z 
    mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o’rtasidagi) munosabatlarni 
    o’rgana boshlaganlar. Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz-
    korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan, 
    ichki auditning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar. 
    Agar mijoz korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo’sh bo’lsa, butun 
    tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko’plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf 
    etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi auditorlar tizimli yo’naltirilgan audit 
    tamoyillariga rioya qilgan holda ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha 
    mijozga keng ko’lamdagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko’rsatadi. Bu 
    esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir 
    ko’rsatadi. Shunday qilib, auditorlik faoliyatiga tizimli yondashuv audit sifatining 
    kafolatiga aylangan. 
    Va nihoyat, xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit 
    vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi audit, balki maqsadli-tizimli audit ham, 
    ammo ko’proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. 
    Bizning respublikamizda auditorlik faoliyatiga statistik usullarni tadbiq qilish, 
    aniqrog’i, auditorlik statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz 
    mavjud va uni rivojlantirish istiqbolga ega. 
    G’arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul 
    qilingan tamoyillari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting 
    Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy 
    hisoblanadi. AQShning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy 
    muhokama qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accounting 
    Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi. 
    Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi. 
    AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS – 
    Generally Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini 


    33 
    tashkil etish va o’tkazishda hamda uchraydigan muammolarni hal etishda 
    qo’llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI 
    (AICPA – American Institute of certified Public Accountantsning maxsus bo’limi 
    tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun 
    majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar 
    ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro auditda tekshiruvning mamlakat qonunlariga to’g’ri kelish-

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish