24
Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo’jalik muomalasini
tekshirgan va tasdiqlagan hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzgan.
Hozirda esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi.
Maqsadli sistemali audit mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada
ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki
nazorat tizimi oqilona
tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo’lsa, tashqi auditorlar o’z ishlarini
tanlab tekshirish hamda alohida ob’ektlarni nazoratdan o’tkazish bilan cheklanadi.
Bu esa, albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga qilinadigan
xarajatlarni kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o’tkazishda
mijozning
xo’jalik faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda korxonada
yuz beradigan o’g’irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim.
Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo’lgan
joyda
tekshirish vaqtini ko’proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo’lgan joyda
tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish
yuzasidan kelib chiqadi.
Auditorlik tekshiruvi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo’linadi:
1.
Ichki audit;
2. Tashqi audit.
Ichki audit – bu xo’jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish
va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o’zi yoki
Tasdiqlovchi
audit
Maqsadli sistemali
audit
Tavakkalchilikka
asoslangan audit
Auditorlik faoliyatining
rivojlanish bosqichlari
25
uning bir bo’limi – korxona ichidagi nazorat bo’limi javob beradi. Ichki auditning
maqsadi – korxona xizmatchilariga o’zlarining majburiyatlarini a’lo darajada
bajarishga yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan ob’ektlar
haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya, maslahat va ma’lumotlarni beradi.
Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
-
korxonaning ishiga moliyaviy nazoratni olib borish;
-
iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini
tekshirish;
-
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo’yicha tahlil qilish;
-
korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash;
-
korxona ishini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Korxonada ichki auditorning bo’lishi shu korxona uchun foydalidir.
Tekshirish o’tkazish usullari tashqi auditnikiga o’xshash bo’lib, tekshirish hajmi va
ob’ekti jihatdan farq qiladi.
Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy
boyliklarning saqlanishi va
foydalanilishi, hisob-kitobning to’g’riligi va boshqa ob’ektlarni tekshirishga
qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to’liq tekshirish o’tkaziladi.
Ichki audit faoliyatining eng keng tarqalgan turi operatsion auditdir.
Operatsion audit – bu auditorning resurslardan samarali foydalanish,
samarali
yutuqlarga
erishish
maqsadida
korxonaning
moliya-xo’jalik
faoliyatini
tekshirishdir. Uning maqsadi – xodimlarning o’z vazifalarini bajarish va korxona
rentabelligini oshirishga yordam berishdir.
Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to’plashda korxona
rahbari tazyiqidan xoli bo’lishi lozim.
Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin:
-
yillik hisobotni tasdiqlash uchun aktsionerlarning umumiy yig’ilishida har
yili
saylanadigan, doimiy faoliyat ko’rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni
tuzish zaruriyati korxona Nizomida ko’rsatiladi. Ko’p hollarda taftish komissiyasi
tuzilmay qoladi.
26
-
Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil etilgan maxsus ichki audit
xizmati bo’limi shaklida;
-
Auditorlik tashkiloti bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o’tkazish
shaklida.
Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo’lsa, tashqi auditor uning
yordamidan foydalanishi mumkin. Tashqi auditor ishining
samaradorligi ichki
auditor bilan hamkorlik qilsa, ancha ortadi.
Har yillik auditorlik tekshiruvi davomida ichki auditor tashqi auditor nazorati
ostida alohida ishlarni bajarishi mumkin.