Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/174
Sana09.01.2024
Hajmi2,41 Mb.
#132887
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

 
1.2. «Xalqaro audit» fanining metodi 
Harqandayauditdashujumladanxalqaroauditdahamtadqiqotnin
gmetodlariya’nikuzatishvaeksperimentideallashtirish,analizvasintez
induktsiyavadeduktsiyagipotezavataqqoslasho’lchashvahisoblashso’
rovvaqiyoslashvahokazousullarqo’llaniladiUmumiydialektikmetodd
oirasidainduktivmetodhamqo’llaniladiInduktivmetodasosidaxususiy
likdanumumiylikkaqarabtadqiqotlarolibboriladiShubilanbirgabund
aumumiyholatlartalayfaktlargaasoslanadiDeduktivmetodqo’llanilga
njarayondatadqiqotumumiyholatlardanxususiyholatlargaqarabolib
boriladiMazkurmetodboshqaruvtiziminingyo’nalishivasamaradorli
ginibaholashuchunkorxonaningxo’jalikfaoliyatinio’rganishdaqo’lla


20 
niladiAlohidaolinganxo’jalikoperatsiyalarinibaholashturlixillokalva
zifalarniechishuchunasosaninduktivmetodqo’llaniladi
Auditning 
respublikamizda vujudga kelishi hamda keng tarqalishiga sabab, avvalo turli xil 
mulkchillikka asoslangan hamda tashkiliy-huquqiy shakllari turlicha bo’lgan 
korxonalarning paydo bo’lishidir. Ko’p ukladli iqtisodiyot sharoitida har bir 
mulkdor, har bir investor o’z mablag’larining qay holatda ekanligini va ulardan 
qanchalik daromad topayotganligini aniqlash maqsadida auditorning xizmatiga 
ehtiyoj sezadi. Shu boisdan auditorlik faoliyati bozor iqtisodiyotining eng muhim 
qismlaridan biridir. 
 
1.3. Auditning vujudga kelishi 
Auditorlik kasbining rivojlanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimgi 
Misr 
hamda 
Qadimgi 
Rim 
davlatlarida 
soliqlarning 
qay 
darajada 
undirilayotganligini tekshiruvchi maxsus mutaxassislar bo’lgan. O’rta asrlarda, 
feodalizm davrida Evropada feodallar fermerlarning qancha miqdorda daromad 
olayotganligini tekshirish maqsadida mustaqil taftishchi (auditor)larni yollashgan.
Mustaqil auditorlik kasbi 19-asrda Evropaning aktsioner jamiyatlarida yuzaga 
kelgan. Bu aktsiyadorlik jamiyatlarning hisobotlarini ob’ektiv baholash va 
korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati haqida ishonchli ma’lumot olish 
zaruriyatidan kelib chiqqan.
Buxgalter-auditor Buyuk Britaniyada 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan. 
1862 yilda Angliyada majburiy audit to’g’risida qonun qabul qilingan, Frantsiyada 
1867 yilda, AQShda 1937 yilda Buyuk depressiyadan so’ng ushbu turdagi 
qonunlar qabul qilingan. 
Rossiyada auditorlik kasbi Petr I davrida vujudga keldi. Bu davlatda 
auditorlik kasbi, eng avval armiya sohasida paydo bo’lgan. Auditor armiyada 
mulkiy masalalarni hal qilish uchun kerak bo’lgan. Ilk auditorlik firmalari 
Rossiyada 1987 yilda tuzilgan. 
Turli mamlakatlarda auditorlik kasbi turlicha nomlangan. Masalan: AQShda 
audit bilan shug’ullanadigan professional-jamoatchi buxgalterlar (public 


21 
accountant), Frantsiyada buxgalter-ekspert (expert comptable) yoki schetlar 
bo’yicha komissarlar (commissaire aux comptes), Germaniyada esa xo’jalik 
nazoratchilari (Wirtschaftsprufer) deb nomlangan. 
Auditorlik faoliyatining keyingi rivojiga 1929-1933 yillardagi iqtisodiy 
inqiroz kuchli turtki berdi. Aktsiyadorlik jamiyatlarining bankrotga uchrashi ular 
faoliyatini nazorat qilish, tuzgan hisobotlarining mustaqil professionallar 
tomonidan tekshirilishi va tasdiqlash tartibini qat’iylashtirishni talab qildi. 
Masalan, Germaniyada 1931 yilda aktsiyadorlik jamiyatlarining hisobot va 
balanslarini majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul 
qilindi. AQShda 1934 yilda qimmatli qog’ozlar va birja muomalalari bo’yicha 
komissiya tuzildi va ushbu komissiya AQSh kompaniyalari buxgalteriya hisobi va 
hisobotlarini muvofiqlashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu 
vaqtdan boshlab birjada ro’yxatdan o’tgan barcha aktsiyadorlik jamiyatlari hisobot 
yili tugagach, 3 oy mobaynida o’z hisobotlarini auditor tasdiqlaganidan keyin 
nashr etishgan. 
Auditorlik ishlarining rivojlanishi tufayli yirik transmilliy kompaniyalar va 
firmalar vujudga keldi. Ularning bir qancha davlatlarda o’z filiallari mavjud. 
O’zbekistonda auditorlik amali xonliklar davridayoq mavjud bo’lgan. U 
paytda auditorlik vazifasi o’z ichiga maslahatchi, tanobchi va ish yurituvchi 
kabilarni olgan. Shuni ta’kidlash lozimki, u vaqtdagi audit tushunchasi hozirgi 
auditorlik faoliyati mohiyatidan tubdan farq qilgan. 
O’zbekistonda zamonaviy auditorlik kasbi 1990 yildan keyin boshlandi. 
Bozor munosabatlari rivojlanishi bozor infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida 
auditning vujudga kelishiga olib keldi. Auditorlik faoliyatining O’zbekistondagi 
hozirgi holati rivojlanish sari dadil odimlayotganidan dalolat bermoqda. 
Germaniyada auditorlik faoliyati «Auditorlarning professional ustavi 
to’g’risida»gi qonunga (24.07.1961 y) muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga 
muvofiq, auditor deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan 
va tegishli imtihonni topshirish orqali o’zining shaxsiy va professional layoqatini 
tasdiqlagan shaxs tan olinadi. 


22 
Auditor professional faoliyatining mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik 
tekshiruvlarini amalga oshirish; kafolat berish, soliq masalalari bo’yicha konsalting 
xizmati ko’rsatish; ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashi 
va vasiylik faoliyatidan iborat. 
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish bilan 
bog’liq savollar majmui puxta ishlab chiqilgan. Malaka imtihonlarini o’tkazish 
uchun Federal erlar oliy ma’muriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha 
komissiya a’zolari e’tiroz bildirmasa, da’vogarlarni imtihonga qo’yish haqida rais 
qaror qabul qiladi. 
Auditorlik faoliyatini professional boshqarish uchun Auditorlar Palatasi 
tashkil etilgan. Auditorlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Frantsiyada auditorlik faoliyati 12 avgust 1969 yilda qabul qilingan dekret va 
24 yanvar 1994 yildagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu 
yo’nalishdagi asosiy ishlar professional tashkilot – schetlar bo’yicha 
komissarlarning milliy kompaniyasi tomonidan bajariladi. 
Kompaniyaning asosiy maqsadi – auditorlarning o’z professional faoliyatini 
amalga oshirishlari ustidan nazorat o’rnatish, a’zolarining obro’-e’tiborini va 
mustaqilligini himoya qilishdan iborat. Kompaniya auditorlarni ikki darajada 
birlashtiradi. Mintaqaviy darajada professionallik faoliyatini tashkil etish va 
tartibga solish bilan mintaqaviy kompaniyalar shug’ullanadilar. Ular auditorlarni 
ro’yxatga oladigan mintaqaviy komissiyalar va mintaqaviy sud-intizom Palatalari 
bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Milliy darajada esa, Kompaniya ro’yxatga 
olish bo’yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi. 
Xorijda mustaqil auditorlar yakka holda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. 
Ammo ular ko’p hollarda firmalar va tashkilotlarga birlashib (bu samaraliroq 
bo’lganligi uchun), ular har xil nomlanadi. Masalan, xalqaro amaliyotda va 
zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda diplomli buxgalterlar firmalari (Angliyada CA 
firms) yoki diplomli jamoatchi buxgalterlarning firmalari (AQShda CPA firms) va 
boshqalar to’g’risida ma’lumotlar uchraydi. 


23 
G’arb mamlakatlarida o’n minglab auditorlik firmalari (faqat AQShning 
o’zida qirq besh mingdan ko’p) faoliyat ko’rsatadilar. Bular xilma-xil bo’lib, bir 
kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar 
90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va 
xalqaro audit amaliyotida hal qiluvchi rol o’ynaydigan, yirik auditorlik firmalari 
ham mavjud. G’arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati 
bozorida 
hukmronlik 
o’rnatilishi va o’tgan XX asrda kapitalning 
baynalminallashishi ham auditorlik firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi 
transmilliy auditorlik korporatsiyalari, monopolistlar vujudga keldi va kuchli 
mavqega ega bo’ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin). Bunga misol 
«katta sakkizlik» bo’lib, u keyinchalik tegishli o’zgarish (transformatsiya)lardan 
so’ng, avval «oltilik»ka aylangan va 2000 yildan boshlab esa «katta to’rtlik» deb 
atalmoqda. Ko’plab mamlakatlarning obro’li professional va ishchan nashrlari 
vaqti-vaqti bilan etakchi auditorlik-konsultatsion firmalarning (milliy hamda 
transmilliy) ro’yxatini e’lon qilib turadilar. Ushbu ro’yxatlarning ko’pchiligi 
ularning faoliyati to’g’risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu 
ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi. 
Bunday nashrlar ko’p hollarda ularning mualliflariga auditorlik-konsultatsion 
firmalarni ma’lum ko’rsatkichlar bo’yicha tabaqalashtirishga imkon beradi. 
Ko’pincha auditorlik firmalarini bunday tabaqalashtirish yillik daromad hajmi yoki 
auditorlar soni va h.k. bo’yicha amalga oshiriladi. Hozirda etakchi auditorlik-
konsultatsion firmalarga aylangan, transmilliy korporatsiyalar bo’yicha, bunday 
ro’yxatlarda, odatda, ular faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlar soni ham 
ko’rsatiladi. Albatta, ushbu ko’rsatkichlar ko’pincha na-faqat statikani, balki 
shunga o’xshash reyting ko’rsatkichlarida kel-tiriladigan dinamikani ham 
tavsiflaydi. 

Download 2,41 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   174




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov

Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish