372
Questions for repetition . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
380
Tests on the themes ........................................................................................ 3
381
Key Concepts .................................................................................................
3
385
The list of the used literature ....................................................................... 152
386
Appendex . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
388
16
Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari,
demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu
bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun va kategoriyalari
talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining
integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek,
jamiyat hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy
foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor
yo’nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va
auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari
talablaridan kelib chiqqan holda ko’rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy,
huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan
auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning
tarkibiy qismi ekanligi ko’zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini
yaratishdan iboratdir.
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita
qonuniy-me’yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini
tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me’yoriy asoslarga muhim e’tibor
qaratish lozim.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida
auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u ushbu kasb bilan shug’ullanishning
muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda
auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Auditning
milliy
standartlarini
ishlab
chiqishda
xalqaro
standartlarga
17
tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari,
avvalo, O’zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish
uslubiga mos kelishi lozim.
Ushbu darslik 5A230902 - «Audit» magistratura mutaxassisligi talabalariga
mo’ljallangan. Darslikda xorijiy davlatlarda xalqaro auditorlik faoliyati, xalqaro
auditorlik standartlarining mazmuni va ulardan foydalanish tartiblari, xalqaro
standartlarning milliy standartlar bilan bog’liqligi va boshqa masalalarga
bag’ishlangan mavzular ko’rib o’tilgan.
|