19
Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil
ekspertiza va moliyaviy
hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar -
auditorlar (auditorlik tashkilotlari) bajaradi.
Fanning predmeti auditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi, xalqaro auditorlik
standartlarini ishlab chiqish va auditorlik faoliyatini unifikatsiyalash masalalarini
o’rganish hisoblanadi.
Fanning ob’ekti
xalqaro audit modellari, jahon mamlakatlarida auditorlik
faoliyatining rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari va
kompaniyalari faoliyati, xalqaro auditorlik standartlari bo’lib hisoblanadi.
“Xalqaro audit” fani “Amaliy audit”, “Ichki audit”, “Moliyaviy
hisobot
auditi” va “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanlari bilan bevosita
bog’liq. “Xalqaro audit” fanida ichki audit va moliyaviy hisobot auditining xorijiy
tajribalari o’rganilsa, amaliy auditda qo’llaniladigan auditning milliy standartlarini
xalqaro standartlar bilan taqqoslash imkoniyati tug’iladi. Bundan tashqari “Xalqaro
audit” fani moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy
hisobotlarni tekshirish uslubiyatini ham yoritib beradi.