• Tayanch tushunchalar
  • III BOB. XALQARO AUDITORLIK TASHKILOTLARI VA KOMPANIYALARI, ULARNING RIVOJLANISH TARIXI 3.1. Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari
  •  Quyidagi davlatlardan qaysi biri Britan-Amerika modeliga kirmaydi?




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    15. Quyidagi davlatlardan qaysi biri Britan-Amerika modeliga kirmaydi? 
    А. Braziliya
    B. Zambiya 
    С. Malayziya 
    D. Panama 
    16. Quyidagi davlatlardan qaysi birida milliy audit standartlari mavjud 
    emas? 
    А. Malayziya 
    B. Avstraliya 
    С. AQSh 
    D. Niderlandiya 


    40 
    Tayanch tushunchalar 
    Xorijda auditorlik faoliyati, xalqaro audit modellari, buxgalteriya hisobining 
    umumqabul qilingan tamoyillari, Britan-amerika modeli, kontinental model, 
    Janubiy amerika modeli. 


    41 
    III BOB. XALQARO AUDITORLIK TASHKILOTLARI VA 
    KOMPANIYALARI, ULARNING RIVOJLANISH TARIXI 
    3.1. Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari 
    Xalqaro auditni unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo, 
    buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob 
    va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda 
    Xalqaro tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning 
    buxgalter-auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya 
    davlatlarining maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning 
    ko’pgina davlatlarida tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi 
    tafovutlar xususida hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra 
    buxgalteriya hisobi va audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot 
    tuzishga qaror qilingan. Natijada xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab 
    chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro 
    buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan. 
    1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya
    Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar 
    tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi 
    xalqaro standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - 
    IASC) bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi 
    vaqtda uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda.
    Hozir auditga bo’lgan talablarni uyg’unlashtirish borasida ishlar xalqaro 
    darajada takomillashtirilmoqda. Turli tashkilotlar, shu jumladan, buxgalteriya 
    hisobi standartlari bo’yicha maxsus qo’mita (IASC), xalqaro buxgalterlar 
    federatsiyasi bu masala bo’yicha faol shug’ullanmoqda. Moliyaviy hisobotlarning 
    yagona xalqaro tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari asosida barpo 
    qilish va uni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, Xalqaro buxgalterlar 
    federatsiyasi tarkibida doimiy avtonom qo’mita huquqlariga ega bo’lgan auditorlik 
    amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tuzilgan. U Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi 
    kengashi nomidan audit standartlarini chop etadi, shuningdek, audit tekshirishlarini 


    42 
    o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro 
    standartlarni ishlab chiqadi. Bular buxgalter-auditorlik kasbining rivojlanishi va 
    imkoni boricha xalqaro miqyosda auditga yondashishning yagona tizimini 
    yaratishga mo’ljallangan. Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) 
    buxgal-teriya hisobi va auditning standartlarini ishlab chiqish va uni butun 
    dunyoga targ’ib qilish maqsadida tuzilgan. Boshqa xalqaro tashkilotlardan farqli 
    o’laroq Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita tarkibiga faqat 
    nohukumat tashkilotlar kiritiladi. Qo’mitaga rahbarlik qilish doimiy ishlovchi 
    kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyat tarkibiga 13 ta davlat va 4 ta 
    xalqaro tashkilotning vakillari kiritilgan.
    Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) 1977 yilda buxgalteriya kasbini 
    yuqori darajaga olib chiqish maqsadida tuzilgan bo’lib, uning bajaradigan 
    vazifalari IASCning vazifalari bilan mos tushadi. Jahonning 75 mamlakatining 
    professional hisob tashkilotlari IFACning a’zolari bo’lib hisoblanadi. 
    Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini standartlashtirish 
    muammolari bilan BMTning hisob va hisobotlarning xalqaro standartlari bo’yicha 
    ekspertlarning hukumatlararo ishchi guruhi (ISAR) shug’ullanadi.
    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) auditning xalqaro 
    standartlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashmaydi, balki ushbu tashkilot 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Quyidagi davlatlardan qaysi biri Britan-Amerika modeliga kirmaydi?

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish