Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyati




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/174
Sana09.01.2024
Hajmi2,41 Mb.
#132887
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

4.3. Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyati 
Agar buxgalteriya hisobining vatani Italiya hisoblansa, auditorlik 
faoliyatining vatani Angliya hisoblanadi. 1773 yildayoq Shotlandiyaning poytaxti 
– Edinburg shahrining adres kitobida etti nafar auditorning nomi qayd etilgan edi. 
Keyinchalik 1854 yilda mazkur shaharda “Buxgalterlar jamiyati” tashkil etilgan 
bo’lib, u o’z ichiga buxgalter-auditorlarni qamrab olgan edi. Bu holat ayrim 
mualliflarga g’arb mamlakatlarida audit XIX asrda Shotlandiyada vujudga keldi, 
degan xulosaga kelishga asos yaratdi. Mulkdorlar va ular bilan ish munosabatlari 
orqali bog’liq shaxslar manfaatlari yo’lida hisob yozuvlarining qonuniy tartibi 
paydo bo’ldi. Eng salmoqli qonuniy hujjat Savarining tijorat kodeksi hisoblanadi 
(1673 yil). Bundan tashqari ham me’yoriy hujjatlar mavjud edi. Xususan, 
Kastiliyada XIII asrda qonuniy hujjat qabul qilingan bo’lib, uning to’ldirilgan 
tahriri 1549 yilda nashr etildi. Bu hujjatlar kreditorlarning huquqlarini aniq 


65 
belgilab bergan edi. XIX asrning o’rtalaridan boshlab aktsionerlik jamiyatlarining 
keng tarqalishi va soliqqa tortishdagi o’zgarishlar soliq qonunchiligi mavqeining 
keskin o’sishiga olib keldi, auditorlarning roli oshib bordi (Angliyada auditorlar 
instituti 1299 yildayoq paydo bo’lgan edi, ammo uning zamonaviy shakllari 1854 
yilda Edinburgda vujudga kelgan). 
Audit ushbu so’zning hozirgi ma’nosida 200 yildan buyon mavjud. Uning 
paydo bo’lish ildizlari korxonani bevosita boshqarish bilan shug’ullanayotganlar 
va uning faoliyatiga pul kiritayotganlar o’rtasidagi manfaatlar bo’lingan vaqtlarga 
borib taqaladi. Aynan shu vaqtlarda aktsionerlik jamiyatlari shakllana boshlagan va 
auditor (revizor) tashqi hisobotning jamoatchi nazoratchisi sifatida markaziy 
o’ringa ega bo’lgan.
XVIII asrning oxirlarida Shotlandiyada ayrim mansabdor shaxslarga 
“Shahar auditori sifatida xizmat ko’rsatishni ta’qiqlash to’g’risida”gi qonun qabul 
qilingan. Aynan shu bilan G’arb dunyosida auditor mustaqilligining zamonaviy 
tushunchasi kiritilgan. Auditning yanada rivojlanishiga 1862 yilda qabul qilingan 
Britaniya kompaniyalari to’g’risidagi qonun kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ushbu qonunda 
kompaniyalar hisobvaraqalari va hisobotlarini majburiy tarzda bir yilda kamida bir 
marta tekshirishdan o’tkazish belgilab qo’yilgan edi. Temir yo’l transporti Buyuk 
Britaniyadagi ichki auditni yo’lga qo’ygan birinchi tarmoqlardan hisoblanadi. XIX 
asrning oxirlarida ingliz ko’chma auditorlari ma’muriyatning mulk va hisobot 
tizimi uchun mas’uliyat darajasiga baho berish vazifasini bajarish uchun butun 
mamlakat bo’ylab yoyilib ketgan transport agentliklariga tashrif buyurdilar. Bu, 
eng avvalo, korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvoli va uning muayyan davrdagi 
xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarni olish orqali 
aktsionerlik jamiyatlari hisobotlarini ob’ektiv ravishda baholash zaruriyatidan 
kelib chiqqan edi. Korxonalarning o’zlariga to’liq ishonishi muayyan 
tavakkalchilikni keltirib chiqarar edi, chunki o’sha paytda korxonalarning 
bankrotlikka uchrashi tez-tez uchrab turar, buning natijasida esa aktsionerlar, 
paychilar yoki kreditorlar o’z kapitallaridan mahrum bo’lar edilar. Natijada bir 
tomondan, aktsionerlar va kreditorlar, ikkinchi tomondan soliqchilar tomonidan 


66 
buxgalteriya 
balanslarining 
haqiqiyligiga 
va 
daromadlar 
to’g’risidagi 
hisobotlarning to’g’riligiga bildirilgan ishonchsizlik auditorlarning paydo 
bo’lishiga olib keldi. Bu auditorlarning asosiy vazifasi aktsionerlik jamiyatlarining 
hisobotlarini o’rganish va tahlil qilish hamda ularning ishonchliligi to’g’risida 
malakali xulosa berishdan iborat edi.
Aktsionerlarning umumiy yig’ilishida jamiyatning yillik hisobotini 
muhokama qilishda eng avvalo, auditorlarning xulosasi tinglanar va faqat shundan 
keyin hisobot tasdiqlanar (tasdiqlanmas) va jamiyat boshqaruvi faoliyatiga baho 
berilar edi. Boshqacha qilib aytganda, auditor kasbi birinchi marta aktsionerlik 
kompaniyalarida paydo bo’ldi. Bu vaqtda aktsionerlar, kreditorlar va soliq xizmati 
korxonaning moliyaviy holati to’g’risida ob’ektiv baho beradigan mustaqil 
mutaxassisni izlashga majbur bo’lgan edilar.
Angliyalik mashhur olim Loursen Diksi audit va taftish texnikasi 
quyidagilarni aniqlashini ta’kidlagan edi: 
1) almashtirishlar; 
2) tasodifiy xatolar; 
3) hisobni tashkil etishdagi kamchiliklar. 
Taftish kassadan boshlanib, balans tahliliga turli manfaatdor shaxslar 
manfaatlari nuqtai nazaridan qaralar edi.
Audit nazariyasi va amaliyoti to’g’risida fikr yuritilganda A.T.Vatsonni 
alohida ajratib ko’rsatish zarur. U hisob yuritishdagi uchta soxtalashtirishni ajratib 
ko’rsatdi. Unda: 
1. Vaziyat shuni ko’rsatadiki, moddiy javobgar shaxslar talon-tarojlikni 
amalga oshirganlar. U mulkdor ham, boshqa moddiy javobgar shaxs ham, begona 
shaxs ham bo’lishi mumkin. Bu holat yashirish deb ataladi; 
2. Vaziyat haqiqiy holatni bo’rttirib ko’rsatish maqsadida yuzaga keladi 
(masalan, aktsiya kursini ko’tarish istagida). Bu holat xaspo’shlash deb ataladi.
3. Vaziyat shuni ko’rsatadiki, haqiqiy holat balansda aks ettirilganidan 
yaxshiroq (masalan, soliq to’lovlari miqdorini o’zgartirish istagi). Bu holat ham 
xaspo’shlash deb ataladi. 


67 
Har qanday soxtalashtirish kengroq tushuncha sifatida angliyalik auditorlar 
tomonidan ko’rib chiqilgan va tahlil qilingan. Soxtalashtirishni aniqlash uchun, 
Vatson fikricha, quyidagi shartlar zarur: 
1) firma rahbarining ko’magi, u eng yaxshi holatda yashirishni ochishga 
tayyor, ammo hech qachon xaspo’shlashdan voz kechmaydi; 
2) soxtalashtirishning u yoki bu hisob varaqasi qanday maqsadda ochilishi 
to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish (taftishchi uchun hisob varaqalarining 
maxsus tasnifi lozim); 
3) potentsial kamomadchining ruhiyatini, uning istagi va “atrofidagi holatni 
o’z foydasiga jalb etish” qobiliyatini bilish; 
4) taftish qilinayotgan korxona xodimlarining o’zaro munosabatlarini tahlil 
qilish; 
5) ishning uzoqligi “jinoyatchini kamroq ehtiyotkor qiladi”; 
6) har bir kishining xarakterida mavjud bo’lgan u yoki bu darajadagi 
ambitsiya ruhiy jihatdan barqaror va ochko’z kishini uyaltirib qo’yishi mumkin; 
7) yozuvlardagi ehtiyotsizlik; 
8) qarovsizlik, xo’jalik hayotida yuz bergan dalillarning buxgalteriya 
yozuvidan orqada qolishi; hisob yuritishda qanchalik orqada qolinsa, suiste’mol 
vujudga kelish ehtimoli shunchalik ko’payadi; 
9) o’zini himoyalash bo’yicha lavozimga tayinlanish – hisob yuritishning 
eng katta dushmanlaridan biri. 
Yuqorida keltirilgan holat shunday xulosaga olib keladiki, audit va 
taftishning, pirovard natijada buxgalteriya hisobining predmeti xo’jalikda band 
bo’lgan shaxslarning ruhiyati, xodimlarning huquq va majburiyatlari, ularning 
harakat motivlari hisoblanadi. Xo’jalikni boshqarish - bu unda band bo’lgan 
kishilarning hohish-istaklarini boshqarishdir. Buxgalterlarning o’zi ham inson va 
ular o’zlari tekshirayotgan kishilardan ustun emaslar.
Goddard o’zining hamkasblari va zamondoshlarining bunday baholaridan 
kelib chiqqan holda talon-tarojlik va o’g’rilikning o’ntadan to’qqiztasi 
buxgalterlarning aybi bilan yuz berishini ta’kidlaydi. Vatson esa kishilar 


68 
ruhiyatining beqarorligini ta’kidlar ekan, ushbu kasb egalari tomonidan sodir 
etiladigan eng tipik jinoyat turlarini ajratib ko’rsatadi: 
- boyliklar, ayniqsa, pullik boyliklar kirim qilinmaydi; 
- hujjatlar boshqa kun bilan rasmiylashtiriladi; 
- pul (kassa) va moddiy hisob varaqalari bo’yicha qoldiqlar sun’iy ravishda 
ko’paytirib ko’rsatiladi; 
- to’lov qaydnomalarining natijalari oshiriladi; 
- buxgalterlar "do’stlari"ning ish haqlari oshirilib ko’rsatiladi; 
- pul soxta shaxslarga yoziladi ("o’lik jonlar"); 
- kassa hisob varaqasi qalbaki kreditlanadi yoki qalbaki kreditorlik qarzlari 
aks ettiriladi; 
- oshirib ko’rsatilgan komission to’lovlar to’lanadi va uni oluvchilar bilan 
bo’lib olinadi; 
- hujjatlar, odatda cheklar soxtalashtiriladi; 
- bir hujjatga (yoki uning bir nechta nusxalariga) bir necha marta haq 
to’lanadi. 
Albatta, o’sha zamonning tijorat amaliyoti boshqa jinoyat turlarini ham bilar 
edi. Soxtalashtirish vositasi sifatida operatsion hisob varaqalari (xarajatlar, kelgusi 
davr xarajatlari va h.k.), soxtalashtirilgan, to’g’rilangan, tozalangan va boshqa 
hujjatlar, shuningdek, bitta o’zi uchun va bitta tashqarida foydalanish uchun "ikkita 
kitob yuritish" (bittasi qora, ammo haqiqiy, ikkinchisi oq, ammo soxta) va 
boshqalar qatnashar edi. Soxtalashtirishga qarshi kurash vositasi sifatida 
quyidagilar tavsiya etilgan edi: 3 oydan 6 oygacha muddatda taftish o’tkazib 
turish; firmaning barcha omborxonalarini bir vaqtning o’zida bir yo’lakay 
inventarizatsiya qilish; moddiy javobgar shaxslarni bir omborxonadan ikkinchisiga 
tez-tez almashtirib turish; debitor va kreditor qarzlarni inventarizatsiya qilish 
(shartnoma tuzganlarga huquq va talablar ro’yxati bilan xat yuboriladi, xatni 
olganlar ularni tasdiqlashi lozim); hisob-kitob hujjatlarini, odatda, xodimlarning 
hisob-kitob daftarchalarini to’satdan tekshirish (buxgalter shaxsiy hisob varaqasida 
hisob-kitob daftarchasiga nisbatan ko’proq ko’rsatishi mumkin). 


69 
Taftish jarayonida barcha tekshirilgan hujjatlarga taftishchining shaxsiy 
muhri qo’yilgan. Shu narsa tan olingan ediki, nazoratchi, bir tomondan, barchaga 
shubha bilan qarashi, ikkinchi tomondan, juda xushmuomala bo’lgan holda buni 
birorta ham tekshirilayotgan shaxsga bildirmasligi lozim edi.
Taftish o’tkazish tartibi bo’yicha turli qarashlar mavjud edi. Masalan, 
Vatson va Chedvik eng avvalo kassani, keyinchalik, boshqalarni taftishchi 
tanlagan tartib bilan tekshirishni zarur deb hisoblagan bo’lsalar, Goddard eng 
avvalo Bosh kitobni tekshirishni zarur deb hisoblar edi. Tekshirish taftishchi 
tomonidan o’rnatilgan hisobvaraqalar tartibida amalga oshirilishi lozim edi.
Buxgalteriya ekspertizasi bo’yicha yirik asarlar L.Diksi va F. Pikeley 
tomonidan yozilgan. Angliyalik taftishchilar texnikasi boshqa mamlakatlarda katta 
qiziqish uyg’otar edi. 1908 yilda A.I. Gulyaev Peterburgda ish olib borgan ikki 
angliyalik taftishchilar to’g’risida yozgan edi. Ular 150 ta savolni o’z ichiga olgan 
anketa-yo’riqnoma asosida ish olib borar edilar. Javoblar sifatida raqamlar qo’yilar 
edi va "kompaniyadagi ahvol to’g’risida aniq va to’liq manzara namoyon bo’lar 
edi".
Buyuk Britaniyada Angliya va Uels maslahatchi buxgalterlar Instituti (1880 
yil), diplomga ega va korporativ buxgalterlar Uyushmasi tashkil etilgan bo’lib, bu 
Uyushmaga nafaqat Britaniya orolida yashovchilar, balki Britaniya koloniyasi va 
mandat bilan idora qilinadigan hududi vakillari ham a’zo bo’lishlari mumkin edi. 
Keyinchalik milliy-ozodlik harakatlarining rivojlanishi va ushbu mamlakatlar 
tomonidan mustaqillikning qo’lga kiritilishi bilan ularda auditorlik kasbi vakillarini 
o’zida birlashtirgan milliy tashkilotlar tuzila boshlandi. Angliyada auditning 
vujudga kelishi masalasini buxgalteriya hisobining tarixi, paydo bo’lishi va 
shakllanishidan ajratib qo’yish mumkin emas. Angliyalik olim V.T. Bakster 
buxgalteriya hisobi va audit rivojlanishini to’rtta bosqichga ajratadi:
1) qadimgi dunyo va o’rta asrlar bozorlari tarixini o’z ichiga olgan klassik 
bosqich; 


70 
2) 1200 yildan 1850 yilgacha bo’lgan davr. Sanoqning pozitsion tizimi 
vujudga keldi. Uning qo’llanilishi ikki yoqlama yozuvni barpo etish va hisob 
usullari bilan moliyaviy natijalarni hisoblashni ta’minlash imkoniyatini berdi. 
3) 1850 yildan 1950 yilgacha bo’lgan davr. Bu davrda iqtisodiy hayotning 
keskin murakkablashuvi, xarajatlar hisobi va tannarxni hisoblashning keng 
tarqalishi, ommaviy hisobot va auditorlik faoliyatining vujudga kelishi kuzatiladi. 
4) 1950 yildan boshlab hisob va audit tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi. 
U elektron-hisoblash texnikasining keng tarqalishi, hisob jarayonlarini 
mutanosiblashtirish uchun inflyatsiya jarayonlarini hisobga olish zaruriyati bilan 
bog’liq bo’lib, hisob va auditorlik standartlarining ishlab chiqilganligida o’z aksini 
topadi.

Download 2,41 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyati

Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish