• Annotatsiya
  • Kalit sozlar
  • Исследование в XXI веке январь, 2023 г 897 web freelance- internet orqali daromat olish




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.04.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #204332
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    Nazarova Oltinoy
    111111111111111111, 1-topshiriq Ingliz tili, Финансовый анализ Н.Н.Котова, talim-umundorligini-oshirishda-mobil-ilovalarning-orni, 17-maktab, ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI, Ma’ruza Obyektga mo\'ljallangan tahlil va loyihalash Reja


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 2 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г 
    897 
    WEB - FREELANCE- INTERNET ORQALI DAROMAT OLISH 
    Nazarova Oltinoy 
    Andijon davlat pedagogika insituti matematika va informatika
    yo'nalishi 2-bosqich talabasi
    Annotatsiya: Bu maqola orqali avvalo freelance haqidagi tushunchalarga freelance 
    faoliyati uning afzalliklari va kamchiliklari haqidagi bilimlarga ega bo'ldik. Hamda freelance 
    saytlaridan eng samaralisini tanlab olish haqida ham bir qancha tushunchalarga ega 
    bo'ldik. 
    Kalit so'zlar: Web- freelance, 3D model, Copyrighter (kopirayter) , Freelance web-
    saytlari,
     
    So'ngi paytlarda insonlarning ko'pchiligi erkin faoliyat yuritish , ish joyiga muqim 
    bog'lanib qolmaslik, qo'shimcha daromat topish kabi istaklar paydo bo'la boshladi. Erkin 
    faoliyat yuritish bu imkon qadar o'ziga mos grafikni o'zi tuzishi va o'ziga yoqqan 
    sharoitlarda ishlash demakdir. Oqibatda bugungi kunda rivojlangan mamlakat larda 
    freelancerlik ommalashib bormoqda. Internet tizimlari orqali daromat topishni xohlovchi 
    odam bu so'zni bir marotaba eshitgan. U holda, freelance so'zi nimani anglatadi? 
    O'rta asrlarda yollanma jangchi ( erkin nayzaboz) lar freelancer nomi bilan atalgan. 
    Ular yuk tashishgan, nufuzli odamlarni qo'riqlashgan, janglarda qatnashgan va bajargan 
    ishlari uchun mo'maygina haq olishgan. Bu atama ilk bor 1819-yilda Valter Skotting " 
    Ayvengo" asarida " o'rta asr yollanma jangchisi" ga nisbatan qo'llanilgan. Freelancer (ingl. 
    Free- erkin ; lancer- nayza) - erkin ishchi bo'lib , asosan , bir martalik yoki mavzumiy 
    xizmatlarni bajarish uchun yollangan , buyurtma asosida qandaydir ish yoki xizmatni 
    kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt davomida amalga oshirib beruvchi shaxs. 
    Freelancerlar , asosan norasmiy ravishda faoliyat yuritishadi va o'z xizmatlariga xaridorlarni 
    o'zlari izlab topishadi yoki buyurtmachilar taklifiga ko'ra mehnat qilishadi. Bir paytning 
    o'zida bir necha buyurtmachi bilan hamkorlik qilishi ham mumkun. Biror korxona 
    ro'yhatida rasman hisobda turmaydi. Freelancerlikning ustunlik jihati - bu dunyoning 
    istalgan joyidan turib istalgan mamlakatdagi loyiga bo'yicha haq evaziga xizmat ko'rsatish 
    imkoniyatining mavjudligidir. Bunda ish beruvchi uchun ishchining qayerda faoliyat 
    yurutishining mutlaqo ahamiyati yo'q. Turli shahar , mamlakat , hatto qit' alarda 
    yashayotgan odamlar ham hech bir monoliksuz mehnat munosabatlariga kirishishlari 
    mumkin.
    Internetning butun jahon bo'yicha keng rivojlanishi freelancerlik faoliyatining 
    ommalashishiga sababchi bo'ldi. Hozirda internet orqali masofadan turib ishlash bilan 
    daromat topadigan freelancerlarning barqaror qatlami paydo bo'ldi. Ularga oddiy ishlardan 
    tortib yuksak bilim, malaka talab etiladigan ishlar bo'yicha talab va ehtiyoj ortib bormoqda. 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 2 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г 
    898 
    Bundan tashqari freelancerning bir qancha afzalliklari ham mavjud masalan : Mablag' 
    tejash yani offisni ijaraga olish, kunlik transport xarajatlari, ko'chada ovqatlanishga pul 
    sarflashning hojati yo'q, jamiyat hayotida ko'proq ishtirok etish imkoniyati, katta daromat 
    olish imkoniyati ya'ni ko'plab mijozlar , buyurtmachilar orttirgan freelencer barqaror 
    daromad manbayiga ega bo'ladi , unga korxona yopilishi , xodimlar soni qisqarishi va 
    boshqa shu singari omillar xavf solmaydi. Eng qulay sharoitlaridan biri shaxsiy ish joyi, 
    kiyim-kechak, harorat, oziq ovqat va boshqalar. Ish va oila o'rtasida eng maqbul 
    muvozanatni yaratish. Faqat o'ziga maqul bo'lgan buyurtmalar bilan ishlash, masalan , 
    mehnatga yuqori haq to'lanadigan davlatlardagi mijozlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek 
    qiziqmaydigan noqulay loyihalarni amalga oshirishdan bosh tortish. Faqat o'ziga yuklatilgan 
    vazifanigina bajarish va shu kabilardir. Har bir narsaning oq va qora tomoni bo'lganidek 
    internet orqali daromat olishnig ham kamchilik tomonlari yo'q emas. Quyida bularning bir 
    nechtasi bilan tanishib chiqsak: 
    - Yangi buyurtmalarni doimiy ravishda izlash, ularga vaqt sarflash , ba'zan freelance-
    sayt va reklamalari uchun pul sarflash. 
    -Doimo aloqada bo'lish va internet va mobil aloqaning uzluksiz ishlashini kuzatib 
    borish.
    -Daromatning beqarorligi ya'ni oy davomida katta hajmdagi ishni bajarish, keyinchalik 
    buyurtmalarning ozayishi tufayli daromadning kamayib ketishi.
    -O'z o'zini rag'batlantirish va vaqtni boshqarilardan iborat. 
    Freelancerlik faoliyatini boshlash ham 7 bosqichga bo'linadi va biz ularni quyida 
    keltirib o'tamiz. 
    1. Ish joyini tayyorlash. Masofadan turib ishlash uchun barcha vositalar muhayyo 
    bo'lishi zarur. Buning uchun kompyuter , buyurtmalarni vaqtida olish va topshirish uchun 
    yuqori tezlikda ishlaydigan internet, telefon zarur bo'ladi. So'nggi kunlarda noutbuk 
    yordamida ixtiyoriy joyda ishlash imkoniyati bo'lganligi sabali , freelancerlar kompyuterda 
    emas balki notubukda ishlashni maqul ko'rishmoqda. Ish haqini olish uchun elektron 
    hamyonlarni tayyorlash talab etiladi. 
    2. Aloqa vositalarini o'rnatish. Buyurmachilar bilan aloqa qilish hamda buyurtmalarni 
    bajarish uchun zarur barcha dasturiy vositalarni o'rnatish talab etiladi: alohida elektron 
    pochta manzili ochish, Skype kabi videoaloqa dasturlari , grafik dasturlar va hakazo 
    3. Xizmat turini tanlash. O'zi uchun qiziqarli hamda kerakli ko'nikma va malaka talab 
    qilinadigan faoliyat turini tanlash. 
    4. Xizmat narxini belgilash. Xizmat narxi buyurtmani olish yoki bajarishdan oldin 
    belgilanadi. Odatda yangi ish boshlaganlar uchun kam haq to'lanadi. Buning uchun faoliyat 
    yuritayotgan freelancerlar takliflari, narxlarini o'rganish, ular bilan o'z mahorat darajasini 
    taqqoslash va shular asosida o'z xizmatlari narxini belgilash kerak bo'ladi . Shunigdek 
    ishning murakkabligi va qanvha vaqt ketishi hisobga olinadi. O'zini kuchli jihatlarini aniqlab 
    , buyurtmachilar bilan muloqotda shularga urg'u berish lozim. 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 2 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г 
    899 
    5. Portfolioni yaratish. Buyurmachilar bilan hamkorlik qilish uchun bajara olishi 
    mumkin bo'lgan ishlar ro'yhati tayyorlanadi, shuningdek bazi buyurtmalar bepul va bazilari 
    esa arzon narxda ko'rsatiladi. Odatda kam haq talab etilsa mijoz topish muommo 
    bo'lmaydi. Bajarilgan ish soniga qarab xuzmat narxini oshirish mumkun. 
    6. Buyurmalarni qidirish. Freelancer bo'lib ishlashga qaror qilgan shaxs birinchi 
    buyurtmani tanishlar yoki maxsus birjalardan olgani ma'qul. Buning uchun o'zi haqidagi 
    zarur ma'lumotlar internetga joylanadi va xizmatlar taklif etiladi. Ish jarayonida foydali 
    aloqalar ro'yhati ortib boradi va freelancerlarni endi Buyurmachilarning o'zlaru yoki 
    tanishlari tavsiyalari asosida topadilar. Shuningdek bazi buyurmachilar takroran murojat 
    etishlari ham mumkin. Masofaviy ishlarni maxsus saytlardan ham topsa bo'ladi. Doimiy 
    buyurtmachilarni topish uchun freelancerlar birjasiga ro'yhatdan o'tish zarur. Ro'yhatdan 
    o'tish jarayonida ko'proq ma'lumot ko'rsatish va xatosiz yozish lozim, chunki buyurtmachi 
    buyurma berishdan avval shaxsiy anketa va portfoilionni ko'rib chiqadi. 
    7. Soliqlarni o'z vaqtida to'lash. Ma'lumki har qanday daromat soliqqa tortiladi. 
    Shuning uchun agar freelance usuli asosiy daromat topish manbai hisoblansa , soliq 
    organlarida ro'yhatdan o'tib, soliqlarni o'z vaqtida to'lab borish zarur. Shu bilan birga , 
    potensial buyurtmachilarni kengaytirish uchun to'lovlarni bank o'tkazmasi orqali ham olish 
    mumkun. Freelancerlik bu- shaxs ko'proq bo'sh vaqtga ega ekanligi anglatmaydi. Odatda, 
    freelancerlar doimiy buyurtmalarda ko'proq vaqt ishlashi ham mumkun. Shu sababli tartibli 
    va mas'ulyatli bo'lish lozim. 
    Freelance web-saytlar - ish qidirayotgan va ish beruvchi o'z takliflarini joylashtiradigan 
    platformalar. Ushbu web- saytlardan foydalanish mustaqil karyera yaratish uchun 
    mustahkam poydevor qo'yish birinchi mijozni topish va ish beruvchilar ishonchiga kirishga 
    yordam beradi. Shuningdek , freelancer har xil ish beruvchilardan turli loyihalarni olib o'z 
    mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi mumkun. Natijada, portfolio boyiydi va ish 
    bo'yicha tushgan takliflar ko'payadi.
    Internet freelancerlik bilan shug'ullanuvchi sohalarga dasturchilar, dizaynerlar , smm 
    marketingni yurutuvchi mutaxaslar , kontent menejerlar , web- dizaynerlar va 
    sahifalovchilar , administratorlar , matnlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar va 
    murabbiylarni misol tariqasida keltirishimiz mumkun 

    Download 0.73 Mb.
      1   2




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке январь, 2023 г 897 web freelance- internet orqali daromat olish

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish