|
Ta'lim umundorligini oshirishda mobil ilovalarning o'rni madina
|
bet | 1/4 | Sana | 30.07.2023 | Hajmi | 3.95 Mb. | | #77652 |
Bog'liq talim-umundorligini-oshirishda-mobil-ilovalarning-orni 111111111111111111, 1-topshiriq Ingliz tili, Финансовый анализ Н.Н.Котова
TA'LIM UMUNDORLIGINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARNING O'RNI
Madina A'zamovna Farmonova
Buxoro davlat universiteti tayanach doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada hozirgi kunda ta’lim tizimida o’qitish jarayonini, uni unumdorligini
oshirishda mobil ilovalarning o’rini, ta’lim muassasi talabalariga turli fanlar boʻyicha
bilimlarni oʻzlashtirishdagi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’z: iPhone, Android, planshet, interfaol usul, empirik metod, Apple
Store, eksperimental natija.
THE ROLE OF MOBILE APPLICATIONS IN IMPROVING THE
EFFICIENCY OF EDUCATION
Madina Azamovna Farmonova
Doctoral Student, Bukhara State University
ABSTRACT
The article discusses the role of mobile applications in improving the
efficiency of the teaching process in the education system today, the role of students
in the acquisition of knowledge in various disciplines.
Keywords: iPhone, Android, tablet, interactive method, empirical method,
Apple Store, experimental result.
KIRISH
Hozirgi kunda iPhone dan tortib, Android gadjetlargacha turmush tarzimizda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deloitte tadqiqot markazining ma’lum qilishicha,
smartfon foydalanuvchisi kun davomida o’rtacha 50 marotaba “aqlli telefon”iga
nazar solar ekan. Ushbu jarayonni Respublikamizda ham kuzatish mumkin. Chunki
hozirgi kunda aholi qatlamining barchasida: maktab oʻquvchilaridan tortib katta
yoshgacha bo’lgan mobil operatorlar foydalanuvchilarida aqlli telefon va
planshetlardan foydalanayotganligini guvohi bo’lyapmiz. Shu bilan bir qatorda
“aqlli” qurilmalaridan ta’lim olishda va masofaviy ta’lim tizimlarida foydalanish
imkoniyatlari kengayib bormoqda.
Ammo Respublikamiz oliy ta’lim muassasasi talabalarining “aqlli” qurilmalari
uchun milliy tilimizda turli bilim sohalari boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish
imkoniyatlarini beruvchi dasturlarni kamligi koʻrishimiz mumkin.
Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasi talabalariga turli fanlar boʻyicha
bilimlarni oʻzlashtirishga yordam beradigan bepul mobil ilovalarni yaratish bugungi
kunning dolzarb vazifalardan biri.
Oliy ta’lim muassasalarida “Botanika” fanini oʻqitishni takomillashtirish, fanni
oʻrganishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, noan’anaviy va
interfaol usullaridan keng foydalanish orqali ta’lim samarodorligini oshirish ijobiy
ahamiyat kasb etadi. Shu sababli oʻqitish mazmuniga mos oʻquv-metodik materiallar,
ayniqsa, oʻyinlar tarzida oʻquv-metodik materiallar majmuasini ishlab chiqish va
oʻquv jarayoniga tadbiq etish yoshlarga ta’lim tarbiya berishdagi dolzarb masalalar
qatoriga kiritish uchun asos boʻladi.
|
| |