74
Bizning fikrimizcha, kitobning bunday nomlanishi asosli, chunki buxgalteriya
hisobini auditdan ajratish noto’g’ri bo’lgan bo’lur edi. Chunonchi, ushbu kitobning
"O’zing yuritayotgan yoki birovga ishonib topshirgan
magazin hisobini yuritish
tartibi va usullari, bu hisob alohida xo’jayinning asosiy kitobi va magazin
kitoblarida qanday yuritilishi haqida" nomli 23-bobida magazin deganda ichki
firma hisob-kitoblari yuritiladigan savdo firmasining filiali tushunilishi
ta’kidlanadi. Hisob varaqalari tizimi (rejasi) to’g’risida fikr yuritar ekan,
muallif
hisob varaqalari kuzatish maqsadidan kelib chiqishini va shu sababli maqsad
o’zgarishi bilan hisob varaqalari ham o’zgarishini uqtiradi. 1494 yilda L.Pacholi
o’z kitobida shunday deydi: “Hisob varaqalari – bu savdogarning o’zi tomonidan
o’rnatilgan tartibga amal qilishni ko’zda tutuvchi mohiyatdan boshqa narsa emas.
Undan muvaffaqiyatli foydalanish natijasida savdogar o’zining barcha ishlari
to’g’risida va ishlarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ketayotganligi
to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi”. U o’z fikrini davom ettirar ekan shunday
ta’kidlaydi: “Zaruriyatga qarab ushbu vosita, ya’ni
hisob varaqalari tuzishga
murojaat qilgin va doimo esda tut: bu hisob varaqalarini ko’paytirish yoki
kamaytirish mumkin”. Shunday qilib, XV asrning oxirlariga keliboq, xo’jalik
boyliklari dunyosida hisob varaqalari ustidan nazorat yuritish ayrim shartlarga
amal qilishni taqozo etishi anglab etildi.
Italyan olimi D.Massa (1850-1978 yillar) fikricha, uning uchun buxgalteriya
hisobi nafaqat boshqarish, balki odamlarni boshqarish to’g’risidagi fan
hisoblanadi. “Xo’jalik faoliyati natijalarini aniqlash, ushbu xo’jalik
faoliyatining
boshqaruv
organi
topshiriqlariga
muvofiq
kelishini
ta’minlash uchun
bajarilayotgan xo’jalikning barcha ishini nazorat qilish hisobchilikning maqsadi va
vazifalariga kiradi”, - deb ta’kidlaydi Massa. Italyan olimi nazorat organi –
buxgalteriyaning ma’muriyatdan to’liq mustaqil bo’lishi to’g’risida batafsil
to’xtalib o’tgan. “... nazorat, - deb yozadi u, - bir tomondan, har bir hujjat
to’g’risida ma’lumotga,
ikkinchi tomondan, erkin harakat qilish uchun zaruriy
mustaqillikka ega bo’lgan organga sodiq bo’lish uchun zarur. Agar nazorat
ma’muriyat o’z bosimini o’tkaza oladigan yoki yanada yomonrog’i salbiy ta’sir
75
o’tkaza oladigan kishilarga sodiq bo’lsa, u holda nazoratning mo’’tadil ishlashiga
hech qanday kafolat yo’q”. Mantiqan qaraganda, “mustaqil nazorat” deganda
Massa auditorlikni nazarda tutayapti. 1874 yilda D.Massa Italiyada birinchi
buxgalteriyaga oid jurnalni chop eta boshladi. Bu jurnal keyingi 30
yil davomida
nashr etilib turdi.
Boshqa italiyalik olim Fabio Besa (1845-1923 yillar) fikricha, hisobning
maqsadi – baho berish, uning predmeti - boyliklar, buxgalteriya hisobining o’zi esa
nazorat to’g’risidagi fandir. Xo’jalik jamiyatning bir qismi va u xo’jalikda band
bo’lgan kishilar manfaatlari asosida bo’lib olingan. Har bir xo’jalikda F.Besta uch
turdagi vazifani ajratib ko’rsatadi. “Xo’jalik nazorati korxonada ishlayotgan har bir
ishchini o’z ixtiyoriga qarshi bo’lsa-da, halol bo’lishga majbur qilishi lozim.
Hisobchilik xo’jalik nazorati to’g’risidagi fan bo’lishi lozim”. Buxgalteriya hisobi
va xo’jalik nazoratini o’zaro tenglashtirar ekan, u uch xil nazoratni ajratib
ko’rsatadi: dastlabki, joriy va keyingi.
Garchi italiyalik olimlar asosan buxgalteriya hisobini rivojlantirish bilan
shug’ullangan bo’lsalar-da, ammo ularning mulohazalarida
auditni rivojlantirish
bo’yicha ham fikrlar mavjud. Shaharlar, fabrikalarning rivojlanishi, shuningdek,
savdo munosabatlarining kengayishi bilan tavsiflanuvchi 1600-1800 yillardagi
iqtisodiy o’zgarishlar hisobga nisbatan yangi talablarni yuzaga chiqardi. Bu
o’zgarishlar mulkka bo’lgan egalik huquqi va iqtisodiy ma’noda foyda va
zararlarni aniqlashni asosiy masalaga aylantirdi. Audit
ham eshitish jarayonidan
yozma hujjatlarning batafsil tahliliga va tasdiq etuvchi guvohnomalar tadqiqotiga
aylanib bordi.