71
Frantsuz ilmiy g’oyalarining haqiqiy gullab-yashnashi ikki muallif asarlari bilan
bog’liq. E.Leste va A. Gilbo hisobning uch funktsiyasi doktrinasini ilgari surdilar:
- maxsus mantiqni ishlab chiqish, ob’ektlarni tasniflashtirish va hokazolar
bilan bog’liq hisobchilik funktsiyasi;
- sinfiy manfaatlarni qiyoslovchi ijtimoiy funktsiyasi;
- hisob axborotlari yordamida xo’jalik jarayonlarini boshqarish imkoniyatini
beradigan iqtisodiy funktsiyasi.
Bu funktsiyalar "boshlang’ich hisobchi"
nomli maxsus konstruktsiya
yordamida amalga oshiriladi. "Boshlang’ich hisobchi" deganda ular "o’ziga xos
bo’lgan majburiyatlar natijasida o’zining mulki va xo’jalik operatsiyalari ta’sirida
mulkning o’zgarishi to’g’risida hisobchilik ishlarini yurituvchi shaxs"ni
tushunadilar.
1867 yilda Angliyada majburiy audit o’rnatilganidan besh yil keyin xuddi
shunday qonun Frantsiyada ham qabul qilindi. Mazkur qonunda "hisoblar bo’yicha
komissarlar" nomli maxsus taftishchilar tomonidan aktsioner jamiyatlar balanslari
majburiy tekshirilishi va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor-
kapitalistlar tobora kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan
shug’ullana boshladilar. Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar
yoki
qandaydir
jamiyatning
aktsiyalari
yoki
obligatsiyalariga
egalik
qilganliklaridan oladigan daromadlari evaziga yashovchi rantelarga aylanib
bordilar. Qimmatli qog’oz egalari uchun aktsioner jamiyatlarda hisob va hisobotni
taftish qiluvchi buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning
faoliyatidan olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning
kafolati
bo’lib hisoblanar edilar.
Frantsiyada ko’zga ko’ringan buxgalter-taftishchilardan biri Eduard Minno
edi. Barcha jihatlarni qat’iy belgilash istagi Frantsiyada buxgalteriya kodeksini va
shundan kelib chiqqan holda buxgalteriya huquqining yangi tarmog’ini yaratishda
o’z ifodasini topdi. Lui Rashu va J.Oktor fikricha, kodeksda kasbning yuridik
ta’rifi va tomonlarning (buxgalter va yollovchi) majburiyatlari o’z aksini topishi,
ya’ni bu AQShdagi buxgalterning etik kodeksidek bo’lishi lozim edi. Ikkinchi
72
jahon urushidan keyin qator Evropa mamlakatlarida (GFR,
Frantsiya, Shvetsiya,
Belgiya, Daniya Lyuksemburg) buxgalteriya hisobi, shu jumladan auditning qat’iy
va batafsil tartibga solish tizimi kiritildi. Shu sababli yaqin kelajakda huquqning
maxsus tarmog’i - buxgalteriya huquqining barpo etilishini kutish mumkin edi.
Hisobning qat’iy tartibga solish tizimining joriy etilishidan ko’zda tutilgan asosiy
maqsad - transmilliy korporatsiyalarning manfaatlarini ta’minlashdan iborat edi.
1942 yilda Frantsiyada buxgalter-ekspertlar va attestatsiyaga ega buxgalterlar
Palatasi barpo etildi (ikkinchi toifa buxgalterlar buxgalter-ekspertlar ega bo’lgan
barcha huquqlarga ega emas edilar). Uch yildan so’ng buxgalter-ekspertlar Palatasi
faoliyati hukumat dekreti bilan tartibga solindi. Bu palata iqtisodiyot va moliya
vazirligi
himoyasi
ostida
faoliyat
ko’rsatadi.
Auditorlik
faoliyatini
takomillashtirish bo’yicha boshqa milliy buxgalter-auditorlar jamiyatlari ham katta
ishlarni amalga oshirdilar. Xususan, 1945 yilda tashkil etilgan buxgalter-ekspertlar
va attestatsiyadan o’tgan buxgalterlar frantsuz jamiyati o’z oldiga quyidagi
vazifalarni qo’ydi: davlat oldida ijtimoiy
manfaatlarni himoya qilish,
majburiyatlarni vijdonan va malakali tarzda bajarish, kasbning manfaatlarini
himoya qilish, hisob, taftish, nazorat va audit ixtisosliklari bo’yicha kadrlar
tayyorlash.
Bu jamiyat muntazam ravishda se’zdlar chaqirdi va bu s’ezdlarda
mutaxassislar uchun katta qiziqish uyg’otadigan eng muhim muammolar
muhokama qilindi, s’ezd materiallari asosida hisob,
huquqiy masalalar, auditorlik
tekshirishlarini o’tkazish uslubiyati bo’yicha tavsiyalarni o’zida jamlagan
hisobotlar nashr etildi. S’ezd materiallaridan buxgalter-taftishchilar o’zlarining
amaliy faoliyatlarida foydalanar edilar. Buxgalter-ekspertlar va attestatsiyadan
o’tgan buxgalterlar frantsuz jamiyati organlari tomonidan ikki darajada - milliy va
mintaqaviy darajada boshqarilar edi. Frantsiyada auditorlik faoliyatini tartibga
soluvchi va o’z tarkibiga mintaqalardagi auditorlar va auditorlik firmalarini
birlashtirigan
"Frantsiya
hisob
varaqalari
bo’yicha
komissarlar milliy
Kompaniyasi" barpo etildi. Frantsiya auditorlari va auditorlik firmalari o’z a’zolik
badallarini mintaqaviy bo’linmalarga, mintaqaviy bo’linmalar esa hisob varaqalari
73
bo’yicha Komissarlar Milliy Kompaniyasiga o’tkazib beradilar. Bu va boshqa
barcha talablar Frantsiyada qonun bilan mustahkamlangan va ularni bajarish
majburiy hisoblanadi.
O’z tarkibiga 24 kishi va 8 nafar o’rinbosarlarni jam qilgan Oliy Kengashni
yashirin ovoz berish yo’li bilan bir yil muddatga Prezident saylaydi. Bundan
tashqari milliy darajada auditorlik majburiyatlarini bajarishga ruxsat berilgan
shaxslar ro’yxatini yuritish bilan shug’ullanuvchi qo’mita, Oliy Kengash faoliyati
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi intizom palatasi va nazorat organlari faoliyat
ko’rsatadi. Mintaqaviy darajada
departament Kengashlari, departament
Kengashlari faoliyati ustidan nazorat yurituvchi departament intizom qo’mitalari
va nazorat organlari tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nazorat
organlari tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayinlangan hukumat
komissiyalari ham kiradi.