Germaniyada auditorlik faoliyati




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/174
Sana09.01.2024
Hajmi2,41 Mb.
#132887
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

 
4.2. Germaniyada auditorlik faoliyati 
Germaniyada auditorlik faoliyati 1961 yil 27 iyulda qabul qilingan 
“Auditorlarning professional Nizomi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq amalga 


61 
oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq auditor deganda ushbu kasbni ochiq tarzda ijro 
etadigan va o’zining shaxsiy hamda kasbiy layoqatliligini tegishli imtihonni 
topshirish yo’li bilan tasdiqlagan shaxs tushuniladi.
Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik 
tekshirishlarini amalga oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini 
ko’rsatishda, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z 
aksini topadi. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq majburiy tekshirilishi 
lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirishda keng 
tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar ham 
o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan, kreditorlarga) 
hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda auditorlarni o’zlarining yillik 
balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning hisoboti va ish 
yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning maxsus 
uslublarini qo’llash natijasida auditor hisobot ham shakl nuqtai nazaridan, ham 
mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi mumkinligiga 
ishonch hosil qilishi lozim. 
Tekshirishning eng muhim natijalarini auditor o’z hisobotida keltiradi va 
unda tekshirilayotgan korxonani o’zining xulosalari bilan tanishtiradi. 
Auditor iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha sohalarida 
malakali maslahatchi bo’lishi lozim. U korxonaga keng ma’noda maslahat beradi 
va shu bilan birga iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va huquqiy xarakterdagi 
muammolarni ko’ra olishi va ularni hal etishning eng oqilona yo’llarini izlab topa 
olishi lozim.
Soliq masalalari bo’yicha mutaxassis sifatida faoliyat ko’rsatar ekan, auditor 
moliyaviy organlar va moliyaviy sud oldida soliq ishlari bo’yicha o’z mijozlarining 
manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. U advokat bilan birga soliq 
qonunbuzarliklari to’g’risidagi jinoiy ishlar bo’yicha sudda himoyachi sifatida 
qatnashishi mumkin. 


62 
Vasiylik faoliyati ham auditor faoliyatining sohasi hisoblanadi. Unga, 
xususan, ishonch bildirgan kishining topshirig’iga binoan begona mulkni 
boshqarish, kredit kafolatlariga xizmat ko’rsatish va xalqaro bitimlar topshiriqlari 
bo’yicha kompaniyalarda paylarni boshqarish kiradi. Bundan tashqari, u meroslar 
bo’yicha ijrochi, merosni boshqaruvchi va vasiy, shuningdek, ishlab chiqarish 
bo’yicha boshqaruvchi, qarzdor ishlari bo’yicha boshqaruvchi, likvidator 
(tugatuvchi) va meros vasiysi sifatida ham qatnashishi mumkin. 
Auditor ko’p hollarda korxonaning xo’jalik faoliyati masalalari va soliq 
qonunchiligi, masalan, korxonaning qiymatiga va ulush asosida qatnashishga baho 
berish, sanatsiya va korxonaning to’lovga qobiliyatliligini tekshirish, bir martalik 
kompensatsiya va zarar miqdorini aniqlash, shuningdek, ajralish yuz berayotgan 
holatda nikohda birgalikda yashagan davrda er va xotindan biri tomonidan 
to’plangan mulkni kompensatsiya qilish bo’yicha xulosa beruvchi ekspert sifatida 
faoliyat yuritadi. 
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish bilan 
bog’liq masalalar kompleksi batafsil ishlab chiqilgan. Federal erlarda malakaviy 
imtihonlarni o’tkazish uchun maxsus komissiyalar tuziladi (uch yil muddatga). Bu 
komissiyalarning raislari etib erlarning oliy ma’muriyati vakillari tayinlanadilar. 
Da’vogarlarni imtihonlarga kiritish to’g’risidagi qaror komissiyaning barcha 
a’zolari tomonidan qarshilik bo’lmagan sharoitda rais tomonidan qabul qilinadi.
Auditor malakasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsatnoma da’vogarda 
tugallangan oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik ma’lumot bo’lgan, shuningdek, 
etarli darajada amaliy ish staji mavjud bo’lgan sharoitda beriladi. Da’vogar 
iqtisodiyot sohasida minimal amaliy ish staji (besh yillik) mavjudligini, shundan 
kamida to’rt yili audit sohasidagi staj ekanligini tasdiqlashi lozim. 15 yildan kam 
bo’lmagan muddat davomida soliq masalalari bo’yicha maslahatchi yoki taftishchi 
bo’lib ishlagan da’vogarlar uchun audit sohasida amaliy ish stajini hujjat bilan 
tasdiqlash talab etilmaydi. 10 yilgacha soliq inspektori bo’lib ishlash amaliy ish 
staji sifatida qabul qilinadi. 


63 
Sud qaroriga ko’ra ijtimoiy lavozimlarni egallash huquqiga ega bo’lmagan, 
ruhiy kasal, qiyin moliyaviy ahvolda bo’lgan shaxslar imtihonlarga qo’yilmaydilar.
Imtihonlar yozma va og’zaki shakllarda o’tkaziladi. Imtihonlarga qo’yilgan 
da’vogarlar oliy er idoralari qoshida faoliyat ko’rsatayotgan vakolatli imtihon 
komissiyalariga imtihonlarni topshiradilar. Imtihon ettita yozma ishdan iborat: ular 
bir kunda bitta topshiriqdan imtihon oluvchilar nazoratida bajariladi: ikkita ish 
audit sohasidan, ikkitasi – iqtisodiyot hamda ishlab chiqarish va iqtisodiyotni 
tashkil etishdan, bittasi – xo’jalik huquqidan, ikkitasi – soliq qonunchiligidan. 
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan so’ng da’vogarga oliy federal er 
idorasi tomonidan berilgan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya 
taqdim etiladi. Unga qadar da’vogar o’z auditorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi 
bo’lgan federal er hududidagi oliy idora oldida qasamyod qabul qilishi lozim. Agar 
imtihon topshirilgandan so’ng besh yil davomida litsenziya olish uchun ariza 
topshirilmagan bo’lsa, u holda imtihonga ruxsat berish bo’yicha komissiya 
da’vogardan takror imtihon topshirishni talab qilishi mumkin.
Har yili Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish 
uchun taxminan 200-250 nafar kishi litsenziyaga ega bo’ladilar.
Auditorlar o’z faoliyatlarini alohida tartibda, ya’ni xususiy idorada ham
kompanonlar bilan, shu jumladan, taftishchilar, soliq masalalari bo’yicha 
maslahatchilar va advokatlar bilan ham amalga oshirishlari mumkin. Ular 
shuningdek, auditorning xususiy idorasida yoki auditorlik firmasida, taftishchilik 
faoliyati bilan shug’ullanuvchi kooperativ uyushmalarda, omonat kassalarining 
taftishchilik xizmatlarida yoki davlat korporatsiyalari va muassasalari uchun 
markaziy taftishchilik xizmatlarida qonun bo’yicha tayinlangan vakil sifatida ham 
ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, auditorlik kasbi doirasidan tashqari boshqa 
har qanday faoliyat turi, shuningdek, yollanib ishlashga doir yondosh ish bilan 
shug’ullanishga yo’l qo’yilmaydi.
Germaniyada auditorlik firmalari aktsionerlik jamiyatlari, kommandit 
aktsionerlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, ochiq savdo o’rtoqlik 
firmalari va kommandit o’rtoqlik firmalari shaklida tashkil etilishi mumkin. 


64 
Tashkilotning auditor jamiyat sifatida tan olinishi jarayoni uning markaziy idorasi 
joylashgan federal er hududidagi oliy ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi. 
Auditorlarning kasbiy o’zini-o’zi boshqarish vazifalarini hal etish uchun 
Auditorlar Palatasi tashkil etilgan. Bu jamoat tashkiloti barcha auditorlar
taftishchilar, auditorlik firmalari va taftishlar bo’yicha jamiyatlarning kasbiy 
manfaatlarini himoya qiladi, shuningdek, ular tomonidan kasbiy majburiyatlarning 
bajarilishini nazorat qiladi. Auditorlar Palatasiga nafaqat uning a’zolari, balki 
buyurtmachilar, qonun chiqaruvchilar, idoralar va sud vakillari murojaat qilishlari 
mumkin. Auditorlar Palatasi mazkur kasbning barcha vakillarini auditorlik 
faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq turli masalalar bo’yicha maslahatlar va 
tavsiyalar bilan qo’llab-quvvatlaydi. 
Auditorlar faoliyati ustidan nazorat funktsiyasi Palata va sud organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Palata rahbarlari qarorlariga ko’ra tushuntirish va 
hayfsan e’lon qilinishi mumkin. Sud qaroriga ko’ra ogohlantirish berilishi, hayfsan 
e’lon qilinishi, 100 ming evro miqdorigacha pul jarimasi joriy etilishi va kasbiy 
qatlamdan chiqarilib yuborilishi mumkin. 

Download 2,41 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish