11. Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga
qo’yiladigan malakaviy talablar qaysi hujjatda belgilangan?
А. 8-direktivada
B. 6-direktivada
С. 3-direktivada
D. 2-direktivada
Tayanch tushunchalar
Xalqaro auditorlik tashkilotlari, xalqaro auditorlik kompaniyalari, xalqaro
buxgalterlar federatsiyasi, Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi,
Mustaqil auditorlarning xalqaro tashkilotlari, Xalqaro auditorlik tashkilotlarining
«Katta to’rtlik» guruhi, “PriceWaterhousCoopers” auditorlik kompaniyasi,
“Deloitte and Touch” auditorlik kompaniyasi, “Ernst and Young” auditorlik
kompaniyasi, “KPMG” auditorlik kompaniyasi.
57
IV BOB. AQSH VA EVROPA DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI
4.1. AQShda auditorlik faoliyati
Auditning rivojlanish tarixini quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin:
audit paydo bo’lishining ilk bosqichlari, auditning G’arbiy Evropada vujudga
kelishi va rivojlanishi, AQShda auditning rivojlanish tarixi, Osiyo va Sharqiy
Evropa mamlakatlarida auditning shakllanishi, MDH mamlakatlarida auditning
holati va h.k.
1631 yilda Gollandiyadan AQShning Massachusets shtati Plimut shahriga
koloniya qarzlarining tobora o’sib borayotganligi sababini aniqlash uchun
buxgalter yuborildi. Bu Amerikadagi birinchi auditorlik tekshiruvi hisoblanadi.
Ammo auditning vatani Buyuk Britaniya hisoblanadi. Auditorlik faoliyati birinchi
marta ushbu mamlakatda qonuniy kuchga ega bo’lgan. Bu erda 1844 yildan
boshlab kompaniyalar to’g’risida qonunlar e’lon qilingan bo’lib, ushbu qonunlarga
muvofiq kompaniyalar bir yilda kamida bir marta buxgalteriya hisobvaraqalar va
foyda to’g’risidagi hisobotni tekshirtirish uchun maxsus professional mutaxassisni
taklif qilishga majbur edilar. Bu hisobot ma’lumotlari esa keyinchalik aktsionerlar
umumiy yig’ilishida o’qib eshittirilgan.
Ichki auditorlar xizmatini tashkil etgan Amerika Qo’shma Shtatlaridagi eng
birinchi tarmoq - Temir yo’l transporti hisoblanadi. XIX asrning oxirida ingliz
ko’chma auditorlari ma’muriyatning mulk va hisobot tizimi uchun mas’uliyat
darajasiga baho berish vazifasini bajarish uchun butun mamlakat bo’ylab yoyilib
ketgan transport agentliklariga tashrif buyurdilar. XX asr boshlariga qadar AQShda
mustaqil audit ingliz modeli asosida faoliyat yuritdi. Bu model balansga tegishli
ma’lumotlarni har tomonlama chuqur tadqiq etishni ko’zda tutar edi. Jahonda
mashhur amerikalik olim Robert Xayster Montgomeri (1872-1953 yillar) o’zining
"Audit" nomli kitobining birinchi nashrida bu ilk bosqichdagi Amerika auditini
"hisob-kitob auditi" deb atadi. Olim fikricha, bu davrda auditor ish vaqtining
to’rtdan uch qismi hisob-kitoblar va buxgalteriya kitoblarini tuzishga sarflangan.
Amerikada auditga qonun tomonidan o’rnatilgan talablarning bo’lmaganligi
va tekshirishlarni ko’p hollarda ingliz investorlari tomonidan Qo’shma Shtatlar
58
firmalariga yuborilgan auditorlar amalga oshirganliklari tufayli dastlab bu kasb
juda sekinlik bilan rivojlandi. AQShda auditorlik ishi Britaniya audit amaliyotining
bevosita ta’sirida 1887 yilda auditorlar uyushmasining tashkil topishi bilan
vujudga keldi.
1896 yilda esa Nyu-York shtatining qonunchilik organlari tomonidan
buxgalterlarning auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul
qilindi. Shu munosabat bilan R.Montgomeri shunday degan edi: "Biz AQShda
yangi kasb erasi bo’sag’asida turibmiz". 1900 yilga qadar AQShda audit masalalari
bo’yicha juda kam ishlar nashr etildi. 1905 yilda va keyinchalik 1909 yilda
Montgomeri AQShda Lorens R.Diksining Angliyada yozilgan "Audit: auditorlar
uchun amaliy qo’llanma" kitobini chop etdi. 1912 yilga kelib esa Amerika
amaliyotining Britaniya amaliyotidan farq qilishini ko’rgan Montgomeri auditorlik
to’g’risidagi Amerikada birinchi kitobni ("Audit: nazariya va amaliyot".
Keyinchalik bu kitob "Montgomeri auditi" nomini oldi) yozdi.
Asta-sekinlik bilan amerikancha audit "test auditi"ga aylanib bordi. Bu audit
yuqori sur’atlarda kengayib borayotgan amerikancha biznesga tezda moslashish
imkonini berdi. Ushbu audit tarafdorlari fikricha, hisob-kitoblarni Britaniya usulida
tekshirish juda ko’p vaqt va mablag’larni talab qiladi. Auditorlik faoliyatida tobora
katta o’rin egallay boshlagan test usulidan tashqari auditorlar operatsiyalarni
tekshirish uchun biznes bo’yicha hamkorlaridan firmalar faoliyati to’g’risidagi
ma’lumotlarni yig’ishni ham amaliyotda qo’llay boshladilar. Investorlar
manfaatlarini hisobga olgan holda ular aktivlar va passivlarni baholashga katta
e’tibor qarata boshladilar. Bu barcha yangiliklar audit vazifalarining
kengayotganligini o’zida aks ettirar edi. Endilikda audit yuqori aniqlikda tekshirish
bilan cheklanmay qoldi.
AQShda amalda bo’lgan qonunchilikka ko’ra ko’plab xususiy korxonalar va
hukumat idoralari har yili auditorlik firmalari tomonidan o’tkaziladigan moliyaviy
tekshirishlarni amalga oshirishlari lozim. Tekshirish to’g’risidagi hisobot firma
egalariga, korxonaning kreditorlariga taqdim etiladi. Bu hisobotda buxgalteriya
hisobi jarayonlarining to’g’riligi va asoslanganligi, shuningdek, uni yuritish
59
shakllari va usullarini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar o’z aksini topadi. Amerika
Qo’shma Shtatlarida mustaqil audit zamonaviy ma’noda rivojlandi: uning
rivojlanishi ko’p jihatdan kreditorlar, ayniqsa, banklarning ishonchli moliyaviy
axborotga bo’lgan talablari tufayli yuz berdi. Banklar ushbu axborotlar asosida
kredit taqdim etish to’g’risida qaror qabul qildilar.
XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan
korxonalar balansni kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy
ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda
asosiy e’tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo bo’yicha Federal komissiya
iltimosiga ko’ra Amerika buxgalter-ekspertlar instituti (bu institut bugungi kunda
Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan
tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917 yilda chop etilgan
bo’lib, “balanslar auditi”ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan
nashri 1929 yilda e’lon qilinib, “Moliyaviy hisobotlarni tekshirish” nomini oldi.
Garchi ushbu risolada asosiy e’tibor hali ham balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da,
unda foyda va zararlar hisoboti to’g’risida batafsil fikr yuritilgan edi. Bu esa
xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar edi.
1929 yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning
muhimligi to’g’risida so’z bordi.
1936 yilda “Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni
tekshirish” deb nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmuniga so’nggi
yillarda yuz bergan ko’plab voqealar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida
eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan
AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo’lga
qo’yilishi, shuningdek, 1933 yilda qabul qilingan qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi
va 1934 yilda qabul qilingan birjalar to’g’risidagi Qonunlarning kuchga kiritilishi
bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy hisobotning
tegishli shakllarini tuzishlarini talab qilar edi.
Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939 yildan boshlanadi.
Mazkur yilda AICPA auditorlik tekshirishlari bo’yicha Qo’mita ta’sis etdi va
60
auditorlik jarayonlari to’g’risida Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972 yilga qadar 54
qoida e’lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi nomga ega bo’ldi: auditorlik
standartlari bo’yicha Ijroiya qo’mita (keyinchalik bu qo’mita auditorlik standartlari
bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu qo’mita barcha Qoidalarni
kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF) №1 ga
birlashtirdi. Bu Qoida hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va 80-
yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari va majburiyatlari doirasiga qiziqishining
oshishi bilan tavsiflanadi.
Bu davr ko’plab muvaffaqiyatsiz tekshirishlar bilan bog’liq. Buning
natijasida Kongressda yig’ilish bo’lib o’tdi, auditorning roli va mas’uliyatini
aniqlash uchun maxsus komissiya tuzildi, jamiyat tasavvuridagi audit bilan
muayyan chegaralar bilan cheklangan auditning real jarayoni imkoniyatlari
o’rtasidagi nomuvofiqlik mavjudligi to’g’risida xulosalar chiqarildi, ushbu
nomutanosiblikni bartaraf etishga yo’naltirilgan auditorlik standartlari bo’yicha
Kengashning faolligi oshdi.
AQShda auditorlik firmalari 4 ta guruhga bo`linadi:
Bugungi kunda AQShda 45000 dan ortiq auditorlik firmalari mavjud.
|