139
qondirish uchun mo’ljallangan. Aksariyat foydalanuvchilar
moliyaviy hisobotga
ma’lumot olishning asosiy manbasi sifatida qaraydilar, zero ular aniq ma’lumot
olish talablariga javob beradigan qo’shimcha ma’lumot olish vakolatiga ega emas.
Moliyaviy hisobot quyida qayd etilgan bir yoki bir
necha nizomlarga muvofiq
tayyorlanishi lozim:
(a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
(b) Buxgalteriya hisobining milliy standartlari;
(v) qo’llash uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisobotda qayd etilgan
moliyaviy hisobotni taqdim etishning nufuzli va
keng qamrovli kontseptual
asoslari.
Audit va kasbga doir xizmatlarning kontseptual asosi audit va kasbga doir
xizmatlar o’rtasidagi farqlarni belgilab beradi. Kasbga
doir xizmatlarga sharhlar,
kelishilgan muolajalar va kompilyatsiya kiradi. Quyidagi chizmada, yuqorida qayd
etilganidek, audit va sharh auditor tomonidan tegishli ravishda yuqori va o’rta
ishonchlilikni ta’minlaydi; ushbu atamalar ularning solishtirma turkumlanishini
belgilash uchun qo’llaniladi.