|
Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar
|
bet | 5/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 128,84 Kb. | | #252460 |
Bog'liq Korxonalar faoliyatidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar h-kompy.infoBojxona to‘lovlari Bojxona toʻlovlari — mamlakat chegarasi orqali oʻtkaziladigan (olib kiriladigan va chiqariladigan) tovarmoddiy boyliklar uchun toʻlanadigan haq. Bojxona toʻlovlari ning toʻlash shartlari va meʼyorlari boj tariflarida belgilanadi. Bojxona toʻlovlari meʼyori har qaysi davlat bojxona tizimi qonunqoidalariga muvofiq turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda Bojxona toʻlovlari ning bo" toʻlovi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksizlar; bojxona organlari bergan litsenziya uchun va litsenziyani yangilash uchun yigʻim; bojxonaning rasmiylashtirish boʻyicha mutaxassis malaka attestati uchun yigʻim; bojxonada yuklarni rasmiylashtirish uchun boj yigʻish; tovarlarni saqlaganlik uchun boj yigʻimi; tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazgani uchun boj yigʻimlari; axborot va maslahat uchun toʻlov; oldindan qaror qabul qilganligi uchun toʻlov; bojxona auksionlarida ishtirok etganligi uchun toʻlov kabi turlari mavjud. Bojxona toʻlovlari ni toʻlashdan qisman yoki toʻla ozod etish, tarif imtiyozlari berish har bir mamlakatning bojxona kodeksita asosan amalga oshiriladi.
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va boshqa hollarda bojxona to‘lovlari to‘lanadi.
Bojxona to‘lovlari turlari:
bojxona boji;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aktsiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.
Bojxona to‘lovlarini to‘lovchi quyidagilardan iborat:
deklarant;
bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan bo‘lsa;
bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo do‘konining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qo‘llanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;
|
| |