|
xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalarining
|
bet | 6/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 128,84 Kb. | | #252460 |
Bog'liq Korxonalar faoliyatidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar h-kompy.infoxalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida bo‘lgan xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalari yo‘qolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa.
Har qanday manfaatdor shaxs to‘lovchi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqli.
Tarif preferentsiyalari bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferentsial olib kirish yoki ushbu hududdan preferentsial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.
Bojxona to‘lovlarining turlari
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:
bojxona boji;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
Qonunchilikda boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
Xulosa
Xos stavka belgilangan tovar bo‘yicha bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga ko‘paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qo‘llanilgan, lekin to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam bo‘lmagan holda qo‘llanilgan taqdirda, bojxona to‘lovlarining summasi advalor va xos stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng ko‘piga tengdir.
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qo‘llanilgan taqdirda bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlarining advalor va xos stavkalari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan summa yig‘indisiga tengdir.
http://kompy.info
|
| |