|
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar
|
bet | 1/2 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 25,28 Kb. | | #108927 |
Bog'liq Tovarlar va
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) avtotransport vositasida xalqaro tashish chog‘ida:
a) avtotransport vositasiga taalluqli quyidagi hujjatlarni:
Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet el avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududidan chiqishi va tranzit tarzida o‘tishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi;
yuklar xalqaro yo‘llarda tashish (bundan buyon matnda XYT deb yuritiladi) daftarchasini qo‘llagan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) talablariga muvofiq avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
tez buziladigan mahsulotlar tashilayotganda, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
xavfli yuklar tashilayotganda, xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
b) tovarga taalluqli quyidagi hujjatlarni:
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yuk xati;
yuklar XYT daftarchasi qo‘llanilgan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq XYT daftarchasi;
tijorat hujjatlari;
xalqaro pochta jo‘natmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
v) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni:
tashuvchining nomi va pochta manzili;
tashish uchun tovar qabul qilinadigan joy (mamlakat) va yetkazib berilishi mo‘ljallangan joy (mamlakat);
tovarlar jo‘natgan mamlakatning va tovarlar kelib tushadigan mamlakatning nomi;
tovarlarni jo‘natuvchining va oluvchining nomi hamda pochta manzili;
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno;
tovarning har bir ko‘rsatilgan kodi bo‘yicha tovarlarning brutto og‘irligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
yuk joylarining soni;
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari;
2) suv transportida xalqaro tashish chog‘ida:
a) quyidagilarni:
umumiy deklaratsiya;
tovarlarning deklaratsiyasi;
kema ashyo-anjomlari to‘g‘risidagi deklaratsiya;
kema ekipajining shaxsiy buyumlari to‘g‘risidagi deklaratsiya;
kema xizmatchilarining ro‘yxati;
yo‘lovchilar ro‘yxati;
transport hujjatlari;
tijorat hujjatlari;
xalqaro pochta jo‘natmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni:
kemaning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami va milliy mansubligi;
kemaning nomi;
kapitanning familiyasi;
kema agentining familiyasi va manzili;
kemadagi yo‘lovchilarning soni, familiyasi, ismi, fuqaroligi (mansubligi), tug‘ilgan sanasi va joyi, chiqish va tushish porti;
ekipaj a’zolarining soni va tarkibi;
kema jo‘naydigan portning va kiradigan portning nomi;
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno;
tovarning har bir ko‘rsatilgan kodi bo‘yicha tovarlarning brutto og‘irligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
yuk joylarining soni;
tovarlar yuklangan portning va tushiriladigan portning nomi;
konosamentlarning yoki ushbu portda tushirilishi lozim bo‘lgan tovarlarga doir dengiz (daryo) orqali tashish shartnomasi mavjudligini va uning mazmunini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning raqamlari;
bortda qoladigan tovarlar tushiriladigan portlarning nomi;
kema ashyo-anjomlarining miqdori ko‘rsatilgan holda ularning nomi;
tovarlarni kemada joylashtirish tavsifi;
3) havo transportida xalqaro tashish chog‘ida:
a) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga (Chikago, 1944-yil 7-dekabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni:
bosh deklaratsiya;
yuk qaydnomasi;
avia yuk xati;
avia yuk xatiga ilova qilinadigan tijorat hujjatlari. Tovar turkumlab tashilgan taqdirda mazkur hujjatlar tovarning birinchi turkumiga taqdim etiladi;
xalqaro pochta jo‘natmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni:
havo kemasining milliy mansubligi belgilarini va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik belgilarini ko‘rsatish;
havo kemasining reys raqami, parvoz yo‘nalishini, uchish punktini, yetib borish punktini ko‘rsatish;
havo kemasi ekspluatantining nomi;
ekipaj a’zolarining soni;
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno;
avia yuk xatining raqami, avia yuk xati va tovar turkumi bo‘yicha o‘rinlarning soni;
tovar jo‘natiladigan va yetib boradigan punktlarning nomi;
parvoz qiladigan havo kemasining bortiga yuklanadigan bort ashyo-anjomlarining soni (har bir tovarning soni va nomi);
havo kemasi bortida xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining mavjudligi;
tovarning har bir ko‘rsatilgan kodi bo‘yicha tovarlarning brutto og‘irligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
4) temir yo‘l transportida xalqaro tashish chog‘ida:
a) Xalqaro temir yo‘l yuk yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni:
tovarning kuzatuv hujjatlari;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi;
xalqaro pochta jo‘natmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni:
tovarni jo‘natuvchining nomi va pochta manzili;
tovarni oluvchining nomi va pochta manzili;
tovar jo‘natiladigan stansiyaning va yetib boradigan stansiyaning nomi;
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno;
tovarning har bir ko‘rsatilgan kodi bo‘yicha tovarlarning brutto og‘irligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
yuk joylarining soni;
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar bojxona organlariga davlat tilida yoki xalqaro tashishlarda qo‘llaniladigan boshqa tillarda taqdim etiladi. Xalqaro tashishlarda qo‘llaniladigan boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, davlat tiliga tarjima qilinib, tashuvchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar olinishini talab etadigan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan bojxona organi bunday hujjatning bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligini mustaqil ravishda tekshiradi.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishga haqli emas.
|
| |